Zeebek effekti. 1821 yilda nemis fizigi T.Zeebek berk zanjirni tashkil elgan ikki xil metalning kavsharlangan qismlarini turli temperaturalarda ushlab turilsa, zanjir bo’ylab oquvchi elektr tokni qayd qiladi. Kavsharlangan nuqtalardagi temperaturalar farqining ishorasi o’zgartirilsa, tok yo’nalishi ham o’zgaradi. Termo EYuK hosil bo’lishining sababi shuki, kavsharlangan turli metallarning qizigan uchidagi yuqori energiyali elektronlar konsentratsiyasi sovuq uchiga nisbatan ko’proq bo’ladi va tez elektronlarning issiqroq uchidan sovuq uchiga qarab diffuzion oqimi vujudga keladi, o’tkazgichlarning issiq uchlari yaqinida esa elektronlarning kamayishi hisobiga ular musbat zaryadlanadilar. Sovuq uchlari manfiy zaryadlanadi, natijada o’tkazgichlarning uchlarida potentsiallar farqi vujudga keladi.
Berk zanjirlarda ko’pgina metallar jufti (masalan Cu-Bi, Ag-Cu, Au-Cu) uchun elektr yurituvchi kuch-kontakdagi temperaturalar farqiga to’g’ri proportsional bo’ladi:
bunda -termoelektr yurituvchi kuch deyiladi. T1>T2 hoi uchun tokning yo’nalishi strelka bilan ko’rsaatilgan (6.6-rasm).
6.6-rasm
Masalan, uchun temperaturalar farqi 100К bo’lgan mis-konstantin metallar jufti uchun termo EYuK bor-yo’g’i 4,25mV ni tashkil etadi.
Zeebek effekti termodinamikaning ikkinchi qonuniga zid emas, chunki bunda ichki energiya elektr energiyasiga aylanadi. Shu sababli, mazkur zanjirda doimiy tok bo’lishi uchun, doimo kontakdagi temperaturalar farqini ushlab turish, ya’ni kontaktning bir uchiga issiqlik berish, ikkinchisidan esa issiqlikni olib turish darkor.
Zeebek effektidan temperaturalarni o’lchash uchun foydalaniladi. Undan shuningdek elektr tokining generatsiyalash uchun ham foydalanish mumkin.
Pel’t’e effekti. Frantsuz fizigi J. Pel’t’e tomonidan 1834 yilda kashf etilgan. Bu effekt quyidagicha ta’riflanadi:
Turli metall yoki yarim о ‘tkazgichlar kontaktlaridan elektr toki о ‘tsa, tokning yo’nalishiga bog’liq ravishda shu konaktda issiqlik yutiladi va yoki ajraladi. Bu issiqlik miqdori quyidagi formula bilan ainqlanadi.
Q =П∙I∙t.
Bunda П-Pel’t’e koeffitsienti, I-tok kuchi va t-tokning o’tib turish vaqti. Pel’t’e hodisasi quyidagicha tushuntiriladi. Agar zaryad tashuvchilar ikki metall kontaktidan o’tib, kichik energiyali (chiqish ishi nisbatan katta) metallga tushsa, ortiqcha energiyani kristall panjaraga beradi, natijada kontakt qiziydi. Aks holda energiya yutiladi.
Pel’t’e effektidan foydalanib, xonalarni isitish yoki sovutish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |