Boshqaruv psixologiyasi fani:
Birinchidan, boshqaruvlik mahorati va etakchilik yuksak kasbiy kamolot, murabbiylik va pedagogik talant, innovatorlik, notiqlik qobiliyati, san’ati va muomala ko‘nikmalari hamda maromini o‘zlashtirish orqali uzluksiz jarayondagi munosabatlar majmuasini egallaydi.
Ikkinchidan, hozirgi zamon boshqaruv asosini tashkil etuvchi “inson munosabatlarining doktrinasi” iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi qiyinchiliklarni, ijtimoiy psixologik muammolarni echish, bartaraf etishni ishbilarmonlik ruhidagi yondashuv yordamida amalga oshiradi yoki ularning oldini oladi.
Uchinchidan, u sub’ektning faoliyati, jamoaviy munosabatidan kelib chiqqan holda boshqaruvning asosiy jarayonlarining tabaqalarini tadqiq etish usullari, qonuniyatlari va mexanizmlarini tadqiq etadi, o‘rganadi.
To‘rtinchidan, u har qanday, ya’ni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy munosabatlar sharoitida oqilona, odilona, omilkorlik bilan maqbul qarorni qabul qilish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish haqidagi nazariy va amaliy bilimlar majmuasidaniboratdir.
Boshqacha so‘z bilan qisqa va sodda qilib aytganda, Boshqaruv psixologiyasi fani - ob’ekt-sub’ekt munosabatlarining barcha jihatlarini boshqarishni egallash, shuningdek, samarali faoliyat negizidagi nazariy va amaliy bilimlarni majmuasini o‘rganishdan iboratdir.
Ushbu muammoni yoritishni har qanday ishlab chiqarishning xizmat ko‘rsatish negizini ob’ekt-sub’ekt munosabatlari tizimini tashkil etishga, ular esa uzluksiz ravishda o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishi ko‘lami muhitini qaror toptirishga, ishlab chiqish (xizmat ko‘rsatish) darajasida vujudga keluvchi menejer va mejenmentga oid tizimlar o‘rtasidagi aloqa doimiy ravishda muvofiqlashtirib turishni talab qilishga to‘xtalish maqsadga muovofiq.
Aynan mana shu muvofiqlashtirib turish boshqaruv funksiyasining asosiy tashkil etadi va unda u yoki bu ob’ekti idora qilishga oid aniq. vazifalarni boshqaruvlik bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Boshqaruv - bu jarayon sifatida o‘zining funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda “funksiya” - lotincha (ijro qilmoq, bajarmoq) so‘zidan olingan bo‘lib, biron kimsaga yoki narsaning ish faoliyat doirasi va vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
Boshqaruv faoliyat doirasida boshqaruv sub’ektining vazifasi psixologik, ijtimoiy psixologik nuqtai nazaridan muayyan ob’ektga nisbatan aniq ta’sir etish yo‘nalishlarini aks ettirishdan iboratdir.
Boshqaruv funksiyalari - ko‘p qirrali va murakkab tushuncha bo‘lib, ularni muhim belgilarga ko‘ra turkumlarga ajratib o‘rganish mazkur fanning vazifasi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tiladi.
Butun bir boshqaruv jarayonining samaradorligini oshirish uchun boshqaruvning psixologik funksiyalarining mohiyati, turkumlanishi va tizimini izchil ravishda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |