237-modda. Yolg‘on xabar berish
Yolg‘on xabar berish, ya’ni jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(237-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda;
b) g‘arazgo‘ylik niyatlarida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
g) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(237-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
238-modda. Yolg‘on guvohlik berish
Oldingi tahrirga qarang.
Yolg‘on guvohlik berish, ya’ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chog‘ida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishi —
(238-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og‘dirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(238-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 48-moddasining ikkinchi qismi, 53-moddasining to‘rtinchi qismi, 55-moddasining ikkinchi qismi, 57-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 59-moddasining ikkinchi qismi, 61-moddasining ikkinchi, uchinchi qismi, 63-moddasining ikkinchi qismi, 66-moddasining ikkinchi, to‘rtinchi qismlari, 661-moddasining beshinchi qismi, 68-moddasining ikkinchi, to‘rtinchi qismlari, 72-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 7-son “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |