49-modda. Intizomiy qismga jo‘natish
Oldingi tahrirga qarang.
Intizomiy qismga jo‘natish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum etishdir.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Intizomiy qismga jo‘natish jazosi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 26-bobi (“Intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazoni ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish
Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni asosida uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
Oldingi tahrirga qarang.
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib yoki o‘tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
(50-moddaning yettinchi qismi “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
(50-moddaning beshinchi qismi “a”, “b” va “v” bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
(50-moddaning yettinchi qismi “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi.
(50-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
(50-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining IV bo‘limi (“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 26 — 30-bandlari.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
LexUZ sharhi
Sud amaliyotiga karang
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |