226-modda. Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish
Ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxsning ma’muriy nazorat qoidalarini buzishi, mazkur shaxsga shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(226-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 206-moddasi.
Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish:
a) ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z istiqomat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish;
b) ma’muriy nazorat ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilish vaqtida shaxsga nisbatan o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘zi tanlagan yashash joyiga uzrli sabablarsiz muayyan muddatda yetib kelmasligi tufayli sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(226-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish
(227-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 8-sentabrdagi O‘RQ-215-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 402-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qat’iy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, xuddi shuningdek ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish, ularni yashirish g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa.
(227-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 8-sentabrdagi O‘RQ-215-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 402-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(227-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘sha harakatlar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
(227-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(227-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
(227-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |