Application Framework – yuqori sathdagi Java sinf va paketlar jamlanmasidir. Bunda tayyor xizmatlardan foydalanish mumkin (Broadcast Receivers, Content Providers, Camera Control va h.k. lar)
Applications – bu foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan ilovalar sathi hisoblanadi (Contacts Books, Browser, Games).
Android ilovalarida foydalanuvchi interfeysini yaratishda MVC (Model View Controller) texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda model ilova uchun kerakli ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasi yoki boshqa manbadan olib beradi va kontroller orqali ilova ma’lumotlari foydalanuvchi interfeysiga yuboriladi.
|
1.2.2 – rasm: Android GUI arxitekturasi
| 1.3. Mobil qurilmalar, operatsion tizimlar rivojlantirish bosqichlari
Hozirgi kunda AKT sohasi tez o‘sib bormoqda. Bu o‘sib borish operatsion tizimlarga ham ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymagan. Mobil operatsion tizimlar ham bundan mustasno emas. Mobil OT eng yoshi Android operatsion tizimi hisoblanadi. Misol sifatida bu tizimning 1 versiyasi 2008 yil 23 sentyabrda ommaning e’tiboriga havola etilgan. Quyida Android operatsion tizimining versiyalari keltirilgan jadval bilan tanishib o‘tamiz.
Versiyaning nomi
|
Versiya
|
Linux kernel
versiyasi
|
Tanishtirilgan sanasi
|
API raqami
|
(Nom berilmagan)
|
1.0
|
?
|
Sentyabr 23, 2008
|
1
|
Petit Four
|
1.1
|
2.6.X
|
Fevral 9, 2009
|
2
|
Cupcake
|
1.5
|
2.6.27
|
Aprel 27, 2009
|
3
|
Donut
|
1.6
|
2.6.29
|
Sentyabr 15, 2009
|
4
|
Eclair
|
2.0 – 2.1
|
2.6.29
|
Oktyabr 26, 2009
|
5 – 7
|
Froyo
|
2.2 – 2.2.3
|
2.6.32
|
May 20, 2010
|
8
|
Gingerbread
|
2.3 – 2.3.7
|
2.6.35
|
Dekabr 6, 2010
|
9 – 10
|
Honeycomb
|
3.0 – 3.2.6
|
2.6.36
|
Fevral 22, 2011
|
11 – 13
|
Ice Cream Sandwich
|
4.0 – 4.0.4
|
3.0.1
|
Oktyabr 18, 2011
|
14 – 15
|
Jelly Bean
|
4.1 – 4.3.1
|
3.0.31 dan 3.4.39 gacha
|
Iyul 9, 2012
|
16 – 18
|
KitKat
|
4.4 – 4.4.4
|
3.10
|
Oktyabr 31, 2013
|
19 – 20
|
Lollipop
|
5.0 – 5.1.1
|
3.16.1
|
Noyabr 12, 2014
|
21 – 22
|
Marshmallow
|
6.0 – 6.0.1
|
3.18.10
|
Oktyabr 5, 2015
|
23
|
Nougat
|
7.0 – 7.1.2
|
4.4.1
|
Avgust 22, 2016
|
24 – 25
|
Oreo
|
8.0 – 8.1
|
4.10
|
Avgust 21, 2017
|
26 – 27
|
Pie
|
9.0
|
4.4.107, 4.9.84, va 4.14.42
|
Avgust 6, 2018
|
28
|
Q
|
10.0
|
|
Sentyabr 3, 2019
|
29
|
2011 yil fevral oyida Android 3.0 keng ekranli qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydigan planshet versiyasini taqdim etdi.
Android 3.0 dagi asosiy o‘zgarishlar quyidagilar hisoblanadi.
Planshetlar uchun optimallashtirilgan yangi foydalanuvchi interfeysi;
3D vidjetlar bilan ishlay oluvchi ish stoli;
Ko‘p vazifalarni qo‘llab-quvvatlaydi;
Veb brauzerning yangi xususiyatlari;
Ko‘p yadroli protsessorlarni qo‘llab–quvvatlash.
Android 3.0 versiyasidan oldin yozilgan ilovalar Android 3.0 qurilmalarida modifikatsiyalarsiz ishlaydi. Android 3.0 da mavjud bo‘lgan yangi xususiyatlardan eski qurilmalarda ishlay olmaydi.
2011 yil oktyabr oyida Google yangilangan Android 4.0 versiyasini taqdim etdi. Bu versiya oldingi Android 3.0 versiyagada taqdim etilgan barcha xususiyatlardan tashqari yuzni tanish orqali qulflangan telefonlarni ochish, ma’lumotlardan foydalanishni monitoring qilish, Near Field Communication (NFC) “yaqin masofadagi aloqa” va shu kabi yangi xususiyatlar bilan ta’minlangan.
Nazorat savollari:
Mobil operatsion tizim nima?
Mobil operatsion tizimlar nechta platfrmadan iborat va ularning nomlarini ayting?
Mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan qanday platformalar (OT) mavjud (kamida 8 tasini sanang)?
Zamonaviy mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari (10 tasini sanang)?
Android nima?
Android qachon ishlab chiqarilgan va uning oxirgi versiyasi qaysi?
Do'stlaringiz bilan baham: |