Ka’bamsan, she’riyat, ezgu ehromim,
Og’u ham bol to’liq bebaho jomim.
Amalim va ishqim, umidu armon,
Uyqusiz tunlarim — jindak ilhomim…
Kerakmas inju ham sensiz, haqiq ham,
Kerakmas shaddod ham sensiz, daqiq ham,
Hayot ham men uchun sensiz bema’ni,
Sensiz o’tmasin-da hatto daqiqam.
Roziman, rizoman, o’la-o’lguncha Xalqim deb o’ldim. Xalqim nima bo’lsa, men o’sha bo’ldim, Yuragim, bo’g’ilma, o’rtanma buncha! Xalqimga xiyonat o’ylagani yo’q. Mening yuragimni teshib o’tdilar Xalqimga otilgan talay-talay o’q. Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard. Faryod solar chog’da jim bo’la oldim, Xalqim dardi edi dil o’rtagan dard. Xalq bilan kuldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |