Oksidlar va gidrooksidlar. Bu guruhga kirgan minerallaming soni 200 ga yaqin va Yer po'sti massasining 17% ini tashkil qiladi. Ularda kvars guruhi minerallari (Si02) temir oksidlari va gidrooksidlari — gematit (Fe203), magnetit (FeO • Fe203), limonit(Fe205• pH20). alu- miniy oksidlari va gidrooksidlari — korund (A1203), boksit (A1203• 2H,0)lar eng ko‘p tarqalgan. Kvars va oksid guruhiga kiradigan boshqa minerallar tog‘ jinsini hosil qiluvchi minerallarga kiradi.
Karbonatlar. Bu guruhdagi minerallaming soni 80 ga yaqin bo'lib. Yer po‘stining 1,7 foizini tashkil qiladi. Bu sinidagi mineraiiar uglerud kislotasining tuzlari hisoblanadi. Karbonatlar odatda och ranglarga bo'yalgan, qattiqligi va solishtirma og‘irligi kichik bo‘ladi. Kalsit (CaC03), dolomit (CaMg(C03))2 va siderit (FeC03)lar karbonat minerallaming keng tarqalgan xilidir.
Sulfatlar. Sulfatlarga 260 ga yaqin minerallar kiradi va Yer po‘sti- ning 0,1 foizini tashkil qiladi. Ulaming hosil boiishi yer yuzi suvlari- dan cho‘kmaga tushish jarayoni bilan hamda sulfidlarning oksidlanishi bilan bog‘liq. Bu sinfdagi minerallarga barit (BaC04), angidrit (CaC04), gips (CaC04 ■ 2N20), mirabilit (Na2C04 ■ 10N2O) va boshqalar kiradi. Ko'pgina sulfatlar tog' jinsi hosil qiluvchi mineral- la rdir.
Fosfatlar. Fosfor kislotasining (N3R04) tuzlari tabiatda keng tarqalgan va Yer po‘stining 1 foiz massasini tashkil qiladi. Fosfatlarga xos bo‘lgan namunasiga apatit va fosforitlar kiradi.
Silikatlar. Bu sinfga 800 ga yaqin minerallar kiradi va yer po'stidagi minerallaming 75-85 foizini tashkil qiladi. Silikatlaming hosil bo‘lishi soviyotgan magmatik eritmaning kristallanishi bilan bog‘liq.
Silikatlarga olivin, granat, avgit, shox aldamchisi, talk, kaolinit. muskovit, biotit, xlorit, dala shpati minerallari kiradi. Silikatlar asosiyjins hosil qiluvchi mineiallar hisoblanadi va keng tarqalgan tog‘ jinsla- rining asosiy tarkibini hosil qiladi.
Organik birikmalar hosil bo‘lish sharoiti bo‘yicha yer yuzasida o'simlik va hayvonot qoldiqlarining to'planishi va ulaming kislorod yetishmaydigan sharoitda qayta o‘zgarishi bilan bog‘liq. Organik mi- nerallarga ozokerit, yantar, asfaltit va boshqalar kiradi.
Gеologik protsеsslar natijasida hosil bo’lgan, ma’lum tarkib va tuzilishga ega bo’lgan minerallarning tabiiy birikmasi tog’ jinsi dеb ataladi. Tog’ jinsi bir xil mineraldan iborat bo’lsa monomineral (kvartsit, marmar) jinslar dеb ataladi va ular tabiatda kam uchraydi. Tog’ jinsi ko’p minerallardan tashkil topgan bo’lsa polimineral (kvarts,dala shpati, barit, dala aldamchisi, granit, siеnit v.b.) jinslar dеyiladi. .
Tog’ jinslari biri-biridan strukturasi va tеksturasi bilan ajralib turadi.
Struktura dеganda mineral agrеgatlarining o’lchami, shakli, soni va tog’ jinslarining ichki tuzilishi tushuniladi. Magmatik tog’ jinslarining strukturasi 4 ga bo’linadi:
-aniq kristall struktura (kristallar mikroskopsiz ko’rinadi)-granit.
- yashirin kristall struktura (kristallar mikroskopda ko’rinadi).
- porfirli struktura.
-oynasimon struktura.
Tеkstura dеganda tog’ jinsi xajmidagi tashkil etuvchi minerall donachalarining fazoda joylashishi tushuniladi va 4 ga bo’linadi:
- yaxlit tеkstura -minerallar tartibli, zich, joylashgan bo’ladi.
- slantsovoy tеkstura - minerallar yo’l-yo’l joylashadi.
- bodomsimon tеkstura - rangli minerallar xol-xol bo’lib bir tekis joylashmagan bo’ladi. -flyudial tеkstura-kristallar tog’ jinslarining (magmaning) harakati tomon cho’zilgan bo’ladi, oqimni eslatadi.
Nazorat savollari.
1. Litosferani tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
2. Mineral tushunchasi va ularni hosil bo’lish jarayonlari.
3. Minerallarni fizik xossalari.
4. Minerallarni kimyoviy tasnifnomasi.
5. Minerallarni strukturasi va teksturasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |