2.Oqsillar va peptidlar. Oqsillarning fazoviy konformasiyalari. Peptid va oq- sillarning funksiyalari. Oqsillarning fizik-kimyoviy xossalari.
1. MILLON REAKSIYASI
Kerakli reaktiv va asboblar: 1.Oqsil eritmasi; 2. 0,1% li fenol eritmasi; 3. 1% li jelatina; 4. Millon reaktivi; 5. Probirkalar; 6. Pipetkalar; 7. Shtativ; 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka.
Fenol va uning hosilalarini, Millon reaktivi bilan qo'shib qizdirilganda, to'q qizil rangli simob birikmalari hosil bo'ladi. Bu reaksiya, o'z molekulasida fenol turkumi bo'lgan tirozinning Millon reaktivi bilan hosil qilgan nitrohosilaning simobli tuziga xosdir.
Shuning uchun ham tarkibida tirozin tutgan ko'pgina oqsillarni Millon reaktivi bilan qo'shib qizdirilganda to'q qizil rangli cho'kma hosil bo'ladi. Agar oqsil tarkibida tirozin bo'lmasa, Millon reaksiyasi kuzatilmaydi.
Tirozin
Ishning bajarilishi. Uchta probirka olib, ularning biriga 1 ml fenol eritmasidan, ikkinchisiga 1 ml oqsil eritmasidan va uchinchisiga asa 1 ml jelatina eritmasidan olib, ularning ustiga 4 - 5 tomchi Millon reaktividan qo'shiladi. Reaktivni solish bilan ikkinchi probirkada oqsil cho'kmaga tushadi. Probirkalar asta-sekin olovda qizdirilada. Natijada birinchi-ikkinchi probirkalarda qizil rang hosil bo'ladi. Uchinchi probirkada rang hosil bo'lmaydi.
Uchinchi probirkada rangning hosil bo'lmasligi, jelatana tarkibida aminokislotaning yo'qligidan dalolat beradi. Olingan natijalar daftarga yozib olinadi va ulardan tegishli xulosalar chiqariladi.
Kerakli reaktiv va jihozlar: Oqsil eritmasi, 5 % li trixlorsirka kislota eritmasi, sul’fosalisil kislotasining 20 % li eritmasi, probirkalar, pipetkalar.
2-tajiba: Ikkta probirka olib, ularga 2-3 ml dan oqsil eritmasidan quying. Birinchisiga 2-3 tomchi trixlorsirka kislota, ikkinchisiga 2-3 tomchi sul’fosalisil kislota eritmasidan qo’shing. Ikkala holda ham oqsil cho’kmasi hosil bo’ladi.
3-tajriba: Ikkta probirka olib, ularga 2-3 ml dan oqsil eritmasidan soling, so’ngira biriga teng hajimda fenol eritmasi, ikkinchisiga formalin eritmasi qo’shing. Natijada ikkala holda ham oqsil cho’kmasi hosil bo’ladi, ammo fenol ta’sir ettirilgan probirkada cho’kma tezroq hosil bo’ladi.

Do'stlaringiz bilan baham: |