mahsulotdir. U milliy iqtisodiyotning bir yil mobaynidagi ishlab
chiqarish faoliyatini to‘laligicha ifodalaydi. Yalpi milliy mahsulot
nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohasining, balki noishlab chiqarish
sohasi, maishiy xizmatlarning ham ish natijasidan iborat bo‘ladi.
Sof mahsulot ko‘rsatkichi yalpi milliy mahsulotning bir qismi
bo‘lib, u milliy iqtisodiyotda ma’lum bir vaqt mobaynida butunlay,
yangitdan yaratilgan mahsulotdir. U sarf qilingan jonli mahsulotning
moddiylashgan ifodasi yoki yangitdan yaratilgan mahsulot
hisoblanadi.
6.Nominal va real yalpi ichki mahsulot. Narx indeksi
YaIM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmi qiymat o‘lchovida hisobga olinadi. YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarlarning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning qiymati ortib ketishi mumkin. Shuning uchun yalpi ichki mahsulot hajmiga baho berishda nominal va real ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Uning joriy bozor narxlarida hisoblangan hajmi nominal, o‘zgarmas narxlarda hisoblangani esa real mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflatsiya (narx darajasining o‘sishi) yoki deflatsiya (narx darajasining kamayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi
Narx indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini, ularning bazis davrdagi narxlar summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri "bazis yil" deyiladi. Agar aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
Narx indeksi= *100 joriy yildagi tovarlarning narxi bazis yildagi tovarlarning narxi
Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to‘plami yoki iste’mol savatining narx indeksi hisoblanadi. G‘arb mamlakatlari va xususan AQSHda bu indekslar ichida eng keng qo‘llaniladigani 331
iste’molchilik tovarlari savati narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida odatda shahar aholisi sotib oladigan, iste’molchilik tovar va xizmatlarning 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YaIM narx indeksidan foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste’molchilik tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda ayribosh qilingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaIM narx indeksi, nominal YaIM ni real YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi.
Nominal YaIM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
7.Xufyona iqtisodiyot, uning o’lchamlari va namoyon bo’lish shakllari. Milliy mahsulot (YaIM)ni ko’paytirish omillari va yo’llari
Yashirin iqtisodiyot – ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar to’lanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab bo’lmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol jarayonlari – iqtisodiy munosabatlar bo’lib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud.
YaIM hajmining ortishi o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi. U natijaviy xususiyatga ega. Ya‘ni iqtisodiyotda, avvalo, moliyaviy tarmoqning, xususan, pul aylanmasi va uning qiymati barqarorligi, iqtisodiy tuzilmalarning o’zaro muvofiqligi, ijtimoiy sohadagi maqsadli yo’nalishning ta‘minlangani hamda tashqi resurslarning o’z vaqtida, samarali o’zlashtirilgani mazkur ko’rsatkich hajmi ortishiga asos bo’ladi. Shu bilan birga, YaIMning barqaror o’sishi mamlakatdagi iqtisodiy munosabatlarning o’zaro muvofiqligi va ularning taraqqiyotini anglatadi.
8.Milliy hisoblar tizimi
MHT - bu iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd
etish va tahlil qilish uchun foydalanadigan o‘zaro bog‘liq
ko‘rsatkichlar, klassifikatsiyalar va schyotlar tizimidir.
Ichki iqtisodiyot va «tashqi dunyo»ni qamrab oluvchi milliy
schyotlar tizimini tuzish metodologiyasi «MHT» kursining
o‘rganish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bu metodologiya
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: schyotlarni tuzish tamoyillari va
usullari, ularning mazmuni, MHT ko‘rsatkichlar tizimi, ular
o‘rtasidagi bog‘liqliklar va ularni hisoblash usullari;
umumiqtisodiy schyotlar tizimi va undagi har bir schyotning
iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiyotni, tashqi iqtisodiy faoliyat,
hamda tarmoqlararo balansni tahlil etishdagi roli va boshqalar.
9YaIM ni hisoblashga qo'shilgan qiymatlar bo'yicha yondashuv. TaIM ni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv
YaIMni daromadlar bo‘yicha hisoblashda uy xo‘jaliklari, kor-xona va davlat muassasalarining dastlabki daromadlarini mehnat haqi va yalpi foyda (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.)ga ajratish mumkin. YaMM (YaIM)ni mazkur usul bo‘yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga joriy yilda iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar miqdori ham qo‘shiladi.
YaMM (YaIM) uch hil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |