1. Mikroskopik tadqiqot usullari. Sitokimyoviy tadqiqot usullari. Radioavtografiya usuli


Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko‘rish



Download 38,5 Kb.
bet3/6
Sana08.02.2023
Hajmi38,5 Kb.
#909305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SITOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI

Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko‘rish. Bu mikroskop linzalari kvarsdan yasalgan bo‘lib, u faqat ultrabinafsha nurlarini o‘tkazadi. Bu mikroskopda kvarsdan yasalgan buyum oynasi va yopqich oynalar ishlatiladi. Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko‘rish hujayrani chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.
Polyarizasion mikroskopda ko‘rish. Bu usul hujayra va to‘qimalarning anizatrop yoki ikki xil nur sindiruvchi tuzilmalarini o‘rganish uchun ishlatiladi. Bu mikroskop bilan tuzilmalardagi molekulalarning joylanishini o‘rganish mumkin. Bu mikroskop hujayra bo‘linishi, xromosomalar va organoidlar tuzilinishini o‘rganishda ham qo‘l keladi.
Elektron mikroskopda ko‘rish. Sitologik preparatlarni elektron mikroskopda o‘rganish hozirgi vaqtda keng tarqalgan usul bo‘lib, uning yordamida hujayralarning nozik tuzilmalari, organoid va hujayra kiritmalarning tuzilishi hamda ularda sodir bo‘ladigan nozik o‘zgarishlar kuzatiladi. Elektron mikroskop 1000000 marta va undan ham ortiq kattalashtiradi: Chunki elektron mikroskopda yorug‘lik mikroskop kabi uzun to‘lqinli nurdan emas, balki qisqa to‘lqinli elektronlar nuridan foydalaniladi. Binobarin kuzatmoqchi bo‘lgan obekt tasviri elektron nuri yordamida ko‘rsatilsa, bunday pribor elektron mikroskop deyiladi. Demak qisqacha ta’riflaydigan bo‘lsak, elektron mikroskopda ko‘rish bu-obekt orqali o‘tkazilgan elektronlar tutamani elektromagnitli linzalar bilan fokuslash orqali preparat tasvirini olib o‘rganishdir.Oddiy mikroskopda hayvonlar to‘qimasining mikroskopik tuzilishini o‘rganish uchun kesmalarning (preparatlarning) qalinligi taxminan 3-5 mikron (mk) bo‘lishi kerak. Bundan qalin bo‘lsa, hujayralar qavati ortib ketib, obektning tasviri aniq ko‘rinmaydi, ularni ko‘rish yana qiyinlashadi. Elektron mikroskopning afzalligi shundaki, to‘qimalardan olinadigan kesma ancha yupqa (0,02mk) bo‘ladi.
Albatta, bunday kesmalar, odatda, ultramikrotomdan foydalanib tayyorlanadi. Buning uchun esa mikrotom stolga qimirlamaydigan qilib o‘rnatiladi, pichoqlari alohida shishadan yasaladi. Kesmaning qalinligini metall sterjenning kengayishi ta’minlaydi. Oddiy mikroskopda obektning qalinligi, ya’ni hujayra yoki yadrolarning yirik-maydaligi, ularning diametri “mikron” o‘lchansa, elektron mikroskopda “nanometr” bilan aksari hollarda esa “angstrem” (A) bilan o‘lchanadi. Xozirgi vaqtda elektron mikroskopining yangi-yangi turlari yaratilmoqda. Masalan, hajmiy (rastalovchi) elektron mikroskop shular jumlasidandir. Uning yordamida preparatlarning hajmiy tuzilishi o‘rganiladi.

Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish