Reja:
1.Mikroprotsessorlar haqida asosiy tushunchalar.
2.Mikroprotsessorlar tarixi va uning turlari.
3.Mikroprotsessorning tuzilishi.
4.Boshqa ma’lumotlar .
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mikroprotsessorlar yoki markaziy protsessorlar shaxsiy kompyuterlarning
“miyasini” tashkil qiladi.
CPU (Central Processing Unit). Mikroprotsessor hisoblashlar va
ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradi (soprotsessorga ega bo‘lgan
kompyuterlarda amalga oshiriluvchi ba’zi bir matematik operatsiyalardan tashqari)
va kompyuterning eng qimmat mikrosxemasi hisoblanadi.
Barcha PC-moslashuvchi kompyuterlarda Intel mikrosxemalarining oilasi
bilan moslashuvchi bo‘lgan protsessorlardan foydalaniladi, lekin ular faqat Intel
firmasi tomonidangina emas, AMD, Cyrix, IDTva Rise Technomanies
kompaniyalari tomonidan ham chiqariladi va loyihalashtiriladi
Hozirgi vaqtda Intel protsessorlar bozorida boshchilik qilmoqda. Biroq 70-
yillar oxirida bu bozorda Ziman (Z-80 rusum) va MOS Technomany (6502 rusum)
firmalari etakchilik qilar edi.
Z-80 protsessori Intel 8080 protsessorining yaxshilangan va qimmat
bo‘lmagan nusxasi edi.1981 -yili IBM o‘zining birinchi Intel 8088 (4,77 MGts) protsessorli va 1.0talqinli Microsoft Disk Operating System (DOS) operatsion tizimli IBM PCshaxsiy kompyuterini chiqargandan so‘ng Intel va Microsoft firmalari eng yo‘qori cho‘qqini egalladi. Shu vaqtdan boshlab, barcha shaxsiy kompyuterlarga Intel firmasining protsessorlari va Microsoft firmasining operatsion tizimlari o‘rnatiladigan bo‘ldi.
Tezlik — bu protsessorning hususiyatlaridan biri bo‘lib, uni ko‘p hollarda
turlicha talqin qilinadi. Ushbu bo‘limda, umuman, protsessorlarning tezligi va,
hususan, Intel protsessorlari xaqida ma’lumot olasiz. Ko‘pincha, kompyuterning
tezligi, odatda, megagerslarda o‘lchanuvchi takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi.
U uncha katta bo‘lmagan qalaydan yasalgan konteynerida joylashgan, kvars
kristali bo‘lgan, kvars rezonatorining parametrlari orqali aniqlanadi. Elektr
kuchlanishi natijasida kvars kristalida, kristalning shakli va o‘lchami orqali
aniqlanuvchi chastotali elektr tokining tebranishlari hosil bo‘ladi. Shu o‘zgaruvchi
tokning chastotasini takt chastotasi deb ataladi.
Protsessorlarning nisbiy samaradorligini taqqoslay turib, 1 000 MGts takt
chastotasida ishlovchi Pentium III protsessorining unumdorligi, nazariy, 1 500
MGts chastotada ishlovchi Pentium protsessorining unumdorligiga teng, u esa o‘z
navbatida 3 000 MGts takt chastotasida ishlovchi 486 protsessorining
unumdorligiga, u esa 6 000 MGts chastotada ishlovchi 386 yoki 286
protsessorlarining, yoki 12000 MGts takt chastotasida ishlovchi 8088
protsessorining unumdorligiga teng ekanligiga ishonch hosil qilamiz.Agar 8088
protsessorli dastlabki PC 4,77 MGts ga teng bo‘lgan takt chastotasida
ishlaganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, hozirgi kompyuterlar ular bilan
taqqoslaganda 1,5 mingdan tezroq ishlaydi. Shuning uchun, kompyuterlarning
samaradorligini takt chastotasiga asoslanib taqqoslash mumkin emas; tizimning
unumdorligiga boshqa faktorlar ham ta’sir ko‘rsatishini e’tiborga olish zarurdir.
1971-yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar muhandisi
tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan
dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor
tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib, soniyada bor-yo‘g‘i 60 000 ta hisoblash
operatsiyalarini bajargan xolos. Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab mahsulot bo‘lib, o‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgantadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |