1. Mexmonxona xaqida umumiy ma’lumotlar. Interer so‘zining ma’nosi jixozlash haqida tushuncha. Landshaft turlari xaqida umumiy ma’lumotlar



Download 66,81 Kb.
bet2/5
Sana13.04.2022
Hajmi66,81 Kb.
#547931
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mehmonxona intereri va landshafti fanining maqsadi va vazifalari

Birinchi razryadli mehmonxonaning yashash qismi oliy, birinchi, ikkinchi va uchinchi razryadli xonalardan iborat bo‘lib, ularning kamida 80% bir va ikki o‘rinli bo‘lishi kerak. Mehmonxonada birinchi toifali restoran, kafe, bar va to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi xonalar majmuasi faoliyat ko‘rsatadi. SHuningdek, kinomoslamali konferents-zal va shaxsiy avtomobillar uchun garajlarning mavjudligi maqsadga muvofiq.
Uchinchi razryadli mehmonxonaning yashash qismi ikkinchi va to‘rtinchi razryadli xonalardan tashqil etilib, ulardan va umumiy yashash xonalaridan iborat (yotoqxona). Mehmonxonada kafe yoki o‘z-o‘ziga xizmat qiladigan oshxona, bufet, umumiy vannaxona yoki dushlar bo‘limi zarur.
To‘rtinchi razryadli mehmonxonalarning yashash qismi uchinchi va to‘rtinchi razryadli hamda umumiy yashash xonalaridan iborat bo‘ladi. Bir va ikkinchi o‘rinli xonalarning soni cheklanmaydi.
Xonalarning tasniflanishi (klassifikatsiyasi)
1-jadval

Xonaning


qurilish razryadi

Xonadagi o‘rinlar soni

Xonalar ichkarisidagi qo‘shimcha xonalar soni

Xonaning
yashash maydoni,
M2 .

Xonadagi san-texnik jihozlar

Oliy
(luks)

1
2
2
2

1
1
2
3

12-14
14-20
22-40
50-60

Vanna, yuvinish mosl., unitaz, bide, sochiq, quritish moslamasi

I



1
2
2

1
1
2

9-12
12-14
22-25

Vanna, yuvinish mosl., unitaz, bide, sochik kuritish moslamasi

II

1
2
3
2

1
1
1
2

9
12-14
22
25

Dush, yuvinish mosl., unitaz

III

1
2
3

1
1
1

9
12-14
15-18

Dush, yuvinish mosl., unitaz

IV

1
2
3
3
4

1
1
1
1
1

9
12-14
15-18
18-20
23-24

Dush,
yuvinish mosl.,
unitaz
yuvinish mosl.

Interer va jihozlash fanining maqsadi talabalarga turar joy, jamoat, sanoat binolarining zamonaviy intererlari va jihozlarini loyihalash asoslarini o‘rgatish, ularga intererlarning ijtimoiy voqelik bilan bog‘liqligini ko‘rsatib berish va ushbu aspektda olib borilayotgan amaliy ijtimoiy izlanishlarning mazmun-mohiyati va metodlarini tushuntirib berishdan iborat. Intererlarning arxitekturaviy rejaviy echimlari asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan kursning yo‘nalishi zamonaviy turar joylar, jamoat va sanoat binolarini arxitekturaviy loyihalash sohalarining ijtimoiy dasturini ishlab chiqish va O‘rta Osiyo uchun xos bo‘lgan konkret sharoitlarda regional zamonaviy turar joy binolarini yaratish bo‘yicha bo‘lajak me’morlarning kelgusi faoliyati nimalardan iborat ekanligini tushuntirib berishni o‘z ichiga oladi.
Interer fransuzcha *intererius* so‘zidan olingan bo‘lib, ichki yoki ichkari degan ma’noni anglatadi. Arxitektura maqulroq va qulayroq bo‘lgan hayotiy muhitni yaratishga xizmat qiladi va shu bilan bir qatorda u insonlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Texnikaviy taraqqiyot hamda turmushda va madaniyat sohasida ro‘y berayotgan tezkor o‘zgarishlar insonlar jamiyat hayotida yangidan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. Bularning hammasi moddiy muhit sifatida arxitekturaga qo‘yiladigan talablarning sonini ham oshiryapti. Moddiy muhit yaratishda bino va inshootlarning ichki fazoviy kengligini tashkil etish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Interer tashkil etilgan kenglik sifatida insonning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, bolalarni tarbiyalash uchun eng yaxshi qulayliklar yaratishda, odamlarning ijtimoiy hayotini tashkil etishda o‘z aksini topadi. Interer inshootning tuzilishi (strukturasi), funksional va hajmiy fazoviy kompozitsiyasidan kelib chiqqan holda quriladi. Turar joylarning intereri ulardagi kvartiralarning rejaviy tuzilishi (strukturasi) va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Arxitektura va inson faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik odamlarning bino ichidagi shaxsiy va ijtimoiy hayotidagi ehtiyojlarini inobatga oluvchi ijtimoiy turmush jarayonida namoyon bo‘ladi. Bu o‘zaro bog‘liqlik shaharsozlik sharoitlarni,moddiy texnik imkoniyatlarni, iqtisodni, ideologiyani va estetikani o‘z ichiga oladi.
SHunday qilib, intererni loyihalashning maqsadi insonning xotirjam yashashi uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan va aniq funksiyalarni bajaradigan ichki fazoviy kenglikni loyihalashdir.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda loyixa-tadqiqot tashkilotlarida bino va inshootlar intererlarini loyihalashning zamonaviy va ilmiy asoslangan texnologik tartib usullari, intererlarni funksional–rejaviy, arxitekturaviy–badiiy, konstruktiv va iqtisodiy jihatdan kompleks loyihalash uslubiyatlari, shu bilan birga amaliyotga tadbiq qilish, nazorat olib borish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • talabalarga intererlarni loyihalashning asosiy tushunchalarini milliy va xorijiy tajribalar misolida etkazish;

  • O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoitlari, milliy odatlar va an’analarni turar joy va jamoat binolari loyihasi va qurilishida qo‘llash (ishlatish)ni tushuntirish;

  • intererlarni jamiyatning ijtimoiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda loyihalashni o‘rgatish;

  • xonalarning o‘zaro texnologik aloqalarini e’tiborga olgan holda loyihalashni o‘rgatish;

  • intererlar loyihasida fazoviy-kompozitsion masalalarni echish va konstruktiv echimlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatish;

  • insonlarning psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda intererlarning yorug‘lik va rang echimlarini topa olishni o‘rgatish;

  • intererlarda qurilish materiallarini xonalarga mos ravishda tanlay bilishni o‘rgatish;

  • me’yoriy hujjatlar (QMQ, SHNK) dan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga



Download 66,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish