Aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellari
Aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellarida ham generatorlarnikiga o‘xshash parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlari o‘rnatilgan. Bu chulg‘amlar o‘zaro mos va qarama-qarshi ulanishi mumkin. Aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatelining ketma–ket qo‘zg‘atish chulg‘amini magnit oqimi parallel qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimiga qarama–qarshi yo‘nalgan sxema bo‘yicha ulanganda, valdagi yuklama ortganda, havo bo‘shlig‘idagi magnit oqim F- kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |