1. Mеrkаntеlizm vujudgа kеlishining ijtimoiy-iqtisodiy аsoslаri. Mеrkаntеlizm iqtisodiy tа’limotining mohiyati. Ilk mеrkаntеlizm tа’limoti nаmoyondаlаri



Download 94,19 Kb.
bet7/20
Sana28.12.2022
Hajmi94,19 Kb.
#896707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
ITT ma\'ruza yangi

Nаzorаt vа mulohаzа uchun sаvollаr.
1. Mеrkаntilizm tа’limotining mаzmuni vа uning bosqichlаri, umumiylik vа fаrqlаri nimаdаn iborаt?
2. Bu tа’limot vujudgа kеlishining ijtimoiy-iqtisodiy shаrt-shаroitlаri.
3. Mеrkаntilizm bo’yichа boylikning аsosi nimа?
4. Bu tа’limotning аyrim mаmlаkаtlаrdаgi milliy ko’rinishlаri o’rtаsidаgi o’xshаshlik vа fаrqlаrni аytib bеring.
5. Mаmlаkаtdа qimmаtbаho mеtаllаr miqdorini ko’pаytirish uchun qаndаy chorаlаr ko’rilgаn?
6. «Аktiv sаvdo», «sаvdo sаldosi» iborаlаri nimаni аnglаtаdi?
7. Mеrkаntilizm tа’limotining tаniqli nаmoyondаlаri kimlаr?
8. «Kаpitаlning dаstlаbki jаmg’аrilishi» nimаni аnglаtаdi, uning аsosiy mаnbаlаri nimа? Sаnаb bеring.
9. Jon Lo tizimining mohiyati, аhаmiyati, inqirozining sаbаblаri.
10. Аksionеr jаmiyatlаrining moliya tizimidа «Pirаmidа» usulining mohiyati.

MAVZU-18: IQTISODIY TA’LIMOTLARDA SOTSIALISTIK YO‘NALISH.


1.A.Sen-Simon, Sh.Fure, R.Ouenlarning sotsialistik o‘zgartirish rejalari.
2.Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari.
3.K.Marksning «Kapital» asari.
4.Markscha iqtisodiy g‘oyalarning tarixiy taqdiri.

G‘arbiy Yevropa xayoliy sotsialistlarining iqtisodiy ta’limoti.


Sotsialistik jamiyat qurish g‘oyasi XVI asrda T.Mor va T. Kompanella tomonidan kapitalning dastlabki jamg‘arilishi davrida vujudga keldi. Ular xususiy mulkni inkor etishgan, 4-6 soatli ish kuni joriy etishni taklif qilgan. Sanoat to‘ntarilishi davrida fransuz olimlari Sen-Simon va Fure hamda ingliz R.Ouenlar bu masalaga qaytdilar.
Anri Klod de Rebrua Sen Simon (1760-1825)Fransiya hayoliy sotsializmining namoyondasi bo‘lib, 1789-1794 yillardagi fransuz revolyutsiyasi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan kelib chiqib quyidagi mashhur asarlarning muallifidir: « Sanoat sistemasi haqida « , «Inson haqidagi fan ocherklari» , «Sanoat yoki siyosiy, ma’naviy va falsafiy mulohazalar», «Yangi xristianlik» va boshqalar.
Sen-Simonning bo‘lajak adolatli jamiyati «industrial sistema» deb nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi asosida rivojlanadi, sanoat – alohida reja asosida, boshqaruv esa – yagona industrial markaz orqali amalga oshiriladi, deb hisoblagan edi.
Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda,sanoatda hokimyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslikka va reja asosidagi markaziy boshqaruvni taklif qiladi.
Shu bilan birga Sen-Simonning yangi industrial sistemasida xususiy mulkchilik, kapital jamg‘arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi..
Sen-Simon asarlarining asosida kapitalizmni tanqid qilish yotadi. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasi qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli ahvoldaligini kapitalizm illati deb hisoblaydi.
Fransuz hayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyondosi Fransua Mari Sharl Furedir (1772-1837). Sh.Fure o‘zining «To‘g‘ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi», «Umumiy birlik nazariyasi», «Savdo qallobligi haqida», «Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo» nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi.Uning tasvirlashicha, inson o‘zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o‘rnatish kerakki, bu tuzum inson kamol topishiga, ehtiroslarini to‘liq namoyon qilishga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. Birgalashib ovqatlanish, bolalarni tarbiyalashda jamiyatning roli beqiyos deb hisoblaydi.
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishn Robert Ouen (1771-1858) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liqdir. U Shimoliy Uelsda hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabni tugatgach, o‘zi mustaqil shug‘ullangan, yoshlik yillaridayoq mehnatkashligi, tadbirkorligi bilan ajralib turgan. R.Ouen 1800 yildan boshlab, yigiruv korxonasida boshqaruvchi bo‘lgan. U o‘sha yillarda insoniyatni qutqarishni maqsad qilgan, va islohotchilik g‘oyalari shakllangan. Ammo keyinroq (1820 yildan boshlab) hayoliy sotsializmga xos bo‘lgan fikrlar va tashviqotga asosiy e’tiborni qaratdi. R.Ouenning «Jamiyatga yangicha qarash yoki harakterni shakllantirish haqida tajribalar», «Yangi ahloqiy dunyo kitobi», «Adolatni almashuv bozori», «Ulug‘ milliy hunar ittifoqi» asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan.
R.Ouen iqtisodiy qarashlarining harakterli xususiyati shundan iboratki, u fransuz hayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‘z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. qiymatning asosiy manbai deb mehnatni hisobladi. Xususiy mulkka qarshi chiqadi.
R.Ouen qiymatning so‘nggi o‘lchovi bo‘lmish puldan voz kechib, mehnat harajatlarining ekvivalenti sifatida – «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib, «ishlab chiqarish uyushmalarini» tashkil etishga harakat qildi.
R.Ouen birinchilar sifatida T.Maltusning «aholi nufusi» qonuniga qarshi chiqdi. U mehnatkashlarning og‘ir ahvolga tushib qolishlariga aholi soni ortib borishi emas, balki mavjud mahsulotlarning adolatsiz taqsimlanishini sabab deb hisoblaydi.
R.Ouen hayoliy sotsializmi va uning islohotchilik faoliyati qarama-qarshi harakterdadir. U ishchilarning manfaatlarini himoya qilib, boylik mehnatda yaratiladi deb ko‘rsatish bilan birga, ayni vaqtda ishchilarga e’tiborsiz passiv rol belgilaydi, kapitalistlarni esa asosiy kamchiligi qoniqarsiz tarbiyada deb, ularni oqlashga harakat qildi.
K. Marks va uning «Kapital asari». Karl Marks (1818-1883) iqtisodiy ta’limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. Uning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo‘lib, unda asosiy iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi.
Uning tadqiqot predmetida iqtisodiyotda ishlab chiqarish sohalari muammolarining tahlili ustuvordir. Kapitalizm tizimi o‘tkinchi deb qaraladi.
Bazis (ishlab chiqarish munosabatlarining yig‘indisi) va ustqurma (huquq, ideologiya, siyosat, din va b.) to‘g‘risidagi konsepsiya olim uslubiyotida markaziy o‘rinni egallaydi. Unga ko‘ra ishlab chiqarish yetakchi hisoblanadi, formatsiyalar to‘g‘risidagi fikrda esa kapitalistik jamiyatning o‘tkinchiligi ko‘rsatiladi, bunga asosiy sabab ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulk va bozor anarxiyasidir. Yangi jamiyat sotsializm va kommunizm bo‘lib, unda ishlab chiqarish vositalari xususiy o‘zlashtirish ob’ekti bo‘lmaydi.
Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi
K.Marks o‘z ta’limotida ijtimoiy taraqqiyotning 3ta bosqichini ko‘rsatib berdi:

  • 1) arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo‘lgan jamoa.

  • 2) iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish usuli.

  • 3) Kommunistik formatsiya: sinfsiz jamiyat, ya’ni kommunistik jamiyat.

K.Marksning mashhur «Kapital» asari uning hayoti mazmunini tashkil etdi. U 4 tomdan iborat bo‘lib, 1chi tomi 1867 yili nashr etildi, 2chi (1885y.) va 3chi (1894y.) tomlari K.Marks o‘limidan keyin F.Engels tomonidan Chop etildi. 4chi tom tugatilmay qoldi va chop qilinmadi.


«Kapital»ning birinchi va uchinchi tomi – kapital ishlab chiqarish jarayoniga bag‘ishlangan edi;
ikkinchi tomi – kapitalning muomala jarayoni tadqiq etildi;
to‘rtinchi tom – («Qo‘shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag‘ishlangan edi.
Qiymat nazariyasi
Marks ta’limotiga binoan, har bir tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy zarur ish vaqti normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va intensivligining darajasi o‘rtacha bo‘lgan sharoitda Biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir.

Qo‘shimcha qiymat nazariyasi


Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma’lum bosqichida pul kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T, ya’ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir. Kapitalning umumiy formulasi P-T-P1 , ya’ni sotish uchun tovarni sotib olishdir, maqsad foyda olish hisoblanadi. Bu yerda T – bu ishchi kuchidir. Xo‘sh, bu o‘sish qayerdan keladi?
Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida («zarur ish vaqtida») o‘z qiymatiga teng qiymat yaratadi, keyingi 5 soat mobaynida («qo‘shimcha ish vaqtida») qo‘shimcha mahsulot, qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo‘shimcha qiymatni haq to‘lamasdan o‘zlashtirib oladi. K.Marks bo‘yicha, kapitalist tomonidan qo‘shimcha qiymatning o‘zlashtirib olinishi mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. Shuning uchun, kapitalist qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirishga harakat qiladi. Unga ikki yo‘l orqali erishadi:
A) zaruriy ish vaqtini qisqartirib, qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirish ; («qo‘shimcha qiymat»).(yoki mehnat unumdorligini oshirish orqali: mashinalashtirish, avtomatika, telemexanikani kiritish);
B) ish kunini mutlaq uzaytish. («absolyut qo‘shimcha qiymat»).
Kapitalist o‘z maqsadiga erishish uchun, o‘z foydasini ko‘paytirish uchun Fan va texnika yutuqlaridan ishlab chiqarishda ko‘proq foydalanishga harakat qiladi.

Download 94,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish