13.Maltus aholi o’sish to’g’risidagi konsepsiyasi
Maltus qashshoqlik, ochlik va dunyodagi barcha odamlarni boqish uchun etarli oziq-ovqat ishlab chiqarishning etishmasligini insoniyat tajribasining muqarrar qismi deb hisobladi. Uning hayoti davomida ilm-fanning dunyoviy bo'lmagan me'yorlariga muvofiq, u bu tartibni odamlarni dangasalikka yo'l qo'ymaslik uchun Xudo o'rnatgan deb hisoblagan.
Uning g'oyalari o'sha paytdagi hukmronlikka qarshi edi, ya'ni etarlicha qonunlar va tegishli ijtimoiy tuzilmalar bilan inson zukkoligi har qanday kasallik, ochlik, qashshoqlik va boshqalarni engib o'tishi mumkin edi.
Darhaqiqat, Maltus insoniyatga aholi sonining o'sish sur'atlariga (hech bo'lmaganda hozirgacha) hamroh bo'lishiga imkon beradigan texnologik yutuqlarni oldindan bila olmadi. Natijada, hech bo'lmaganda 21-asrning ikkinchi o'n yilligida Maltusning bashoratlari haqiqatda tasdiqlanmadi.
15.Sey qonun
«Sey qonuni». J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati va proteksionizmning har qanday ko’rinishiga yo’l qo’ymaslik tamoyillarini qo’llab-quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi. Agar bu tamoyillar qo’llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko’ra ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste‘mol qilmaslik ham bo’lmaydi, ya‘ni iqtisodiy inqirozlarning obyektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib, o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi. U ―Sey qonuni deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko’ra har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo’lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya‘ni o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).
Agarda hamma ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga yetkazish uchun yetarli sotuv kuchi vujudga keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan foydalanilishini nima kafolatlaydi? Sey qonunida quyidagi oddiy javob keltirilgan: taklif o’z talabini o’zi yaratadi. Bunda muammo bo’lmasligi mumkin, lekin taklif potensial talab yaratadi, biroq potensial talab bozorda haqiqiy talab sifatida qo’llanilish yoki qo’llanilmasligini hal qilish kerak. Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv qobiliyati iste‘molchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun talab sifatida bozorga qaytarilgan, degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar. Mantiqan olganda ular Smitning investitsiya kiritish qarorini saqlab qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to’plash imkoniyatini rad etdilar, ya‘ni hech kim oltinni qutida qulflab saqlolmaydi. Ularning tizimida pul faqatgina ayriboshlash vositasi bo’lgan, shunday qilib ular depressiya yoki turg’unlikning pulga oid sabablarining ehtimolini rad etganlar. Klassiklar izohiga ko’ra Sey qonunining kamchiliklari bor, Maltus hech qachon bu kamchiliklarni aniq namoyish etmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |