Endi esa Qanday qilib 7 kun ichida ingliz tilida erkin suhbatlashishni boshlash mumkinligi haqida o'rganamiz @Genius_Vector
5Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
7Abdulla, 20:03
Qanday qilib 7 kun ichida ingliz tilida erkin suhbatlashishni boshlash mumkin? Barchasi ushbu qo'llanmada
pdf
7 kun ichida Speaking .pdf
10.11 MB
Forwarded from Online English | Group 2
IELTS 9 strategiyasi Ko'plab insonlar hozirda IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'rishadi. Qanday qilib maksimal ball olish imkoniyati mavjud? Kitobning shu qismigacha biz ko'nikmalarimizni “Intermediate” darajasigacha chiqardik. Ushbu daraja Ingliz tilining asosiy bazasi hisoblanadi. Endilikda biz bemalol IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'rishimiz mumkin. Quyida berilgan strategiya bo'yicha harakatlansangiz, bemalol 3 oy ichida IELTSdan eng yuqori ballni qo'lga kiritib chiqishingiz mumkin. IELTS sari harakatlanish 6ta asosiy bosqichdan iborat bo'lib, har bir bosqich o'ziga yarasha qiyinchiliklariga ega. Eng qiziq tomoni, siz qaysi ko'nikmadan boshlashingizning ahamiyati yo'q. Qaysi bir ko'nikma rivojlansa, qolganlari ham unga qo'shilib avtomatik tarzda rivojlanadi. Marhamat strategiya bilan tanishib chiqing.
4Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
Lug`at Avvalambor, yuqori ball olish uchun, yetarlicha aktiv so'z boyligiga ega bo'lishimiz shart. Biz maksimal ballga intilmoqdamiz, shu sabab biz maksimal so'z yodlashimiz shart. 9 ball olish uchun, 7000ta so'z boyligimiz bo'lishi shart. Bizning “5000 words in 2 weeks” nomli innovasion lug'atimiz orqali siz 2 hafta ichida so'z boyligingizni to'ldirib olishingiz mumkin. Ushbu lug'atda 4000ga yaqin IELTSda qo'llaniladigan eng muhim akademik so'zlar assosiasiyalar bilan birgalikda berib qo'yilgan. Ushbu so'zlarni o'zi sizga juda katta potensial yaratib beradi. Demak, 2 hafta ichida 5000ta so'z boyligiga ega bo'lamiz. Qolgan 2000ta so'zni Listening hamda Reading ko'nikmalari bilan ishlayotganda yodlab olamiz.
5Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
Grammar Agar grammatika yoddan chiqqan bo'lsa, kitobning boshiga qaytib, butun Grammatik mavzularni boshqatdan qaytarib chiqishni maslahat beramiz. Agarda barcha Grammatik qoidalar yodingizda bo'lsa, quyida berilgan barcha patternlarni ishlab chiqing. Ushbu patternlar “Upper Intermediate” hamda “Advanced” darajasi uchun ishlab chiqilgan. Ushbu patternlar sizning “Writing” hamda “Speaking” ko'nikmalaringizga baza yaratib beradi.
5Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
11Abdulla, 20:03
IELTS 9 strategiyasi Grammatikasining barcha patternlari ushbu PDF faylda jamlangan @Genius_Vector
pdf
IELTS 9 Strategy .pdf
2.23 MB
Forwarded from Online English | Group 2
Speaking Endilikda Speakingni qanday qilib 9 ballga olib chiqish haqida suhbatlashamiz. Speakingda sizdan nima talab qilishadi? Keng fikrlash, Grammatik xatolarning bo'lmasligi, iloji boricha qiyin Grammatik strukturalar yordamida gap tuzib gapirish, akademik so'zlardan foydalanish, to'xtab qolmasdan gapirish, qolaversa aksent hamda intonasiyani to'g'rilash. Bu talablarning barchasini alohida-alohida ishlab chiqib, ko'nikmaga aylantirsak, hech qanday muammo qolmaydi. Quyida ushbu ko'nikmalarni ishlab chiqish bo'yicha algoritm taqdim etamiz.
7Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
1. Qiyin Grammatik strukturalar yordamida gap tuzib gapirish, akademik so'zlardan foydalanish bo'yicha ko'nikma. Ushbu ikki ko'nikmani rivojlantirish uchun quyidagicha uslubdan foydalanishga to'g'ri keladi. Ushbu 6ta mavzuga: 1) Perfect tenses, 2) Passive voice, 3) Gerund, 4) Infinitive, 5) Conditionals, 6) Relative clauses – ushbu 6 talikni biz “Luck 6 formulasi” deb atay qolamiz. Ushbu 6 mavzuga og'zaki ravishda 300 tadan gap tuzamiz. Ya'ni har biriga 300 tadan gap tuzamiz, faqat sharti bor – og'zaki ravishda. Sababi, biz Speaking chiqaryapmiz, Writing emas, Speakingda eng muhimi gapirish, agar tilni ushbu mavzularda gapirtirishga o'rgatsak, qolgani oson bo'ladi. Endi yana bir sharti bor. 5000talik lug'atda 891chi so'zdan “IELTS” uchun kerakli bo'lgan akademik so'zlar boshlanadi. O'sha so'zlar qatnashgan holatda gaplar tuzamiz. Misol uchun, birinchi so'z “keen” so'zi bo'lsa, ushbu so'zga perfect zamonda gap tuzamiz. So'ng, keyingi so'zga, ya'ni “abandon” so'ziga perfect zamonda gap tuzamiz. Shu holatda, 1800ta gap tuzadigan bo'lsak, sizda juda ham kuchli poydevor yaraladi; 2. Keng fikrlash. Buning yagona yechimi – Ritorika mashqi. Kim Ritorika mashqini bajarmagan bo'lsa, ushbu mashqni bajarsin; 3. Amaliyot. Diskda alohida Cambridge IELTSlar berilgan 1dan 12gacha. Ushbu IELTS kitoblardagi barcha Speakingda tushadigan savollariga javob berasiz. Buni qanday qilgan qulay? Bilasizki, har bir testda 3 ta bo'lim bo'ladi. 3 ta bo'limning savoliga umumiy 15 daqiqa davomida gapirishingiz shart, buni diktofonga yozib olasiz, so'ng diktofondan eshitgan holatda, xatolaringizni aniqlaysiz. Xatolarni tuzatib, yana boshqatdan gapirasiz. Xatolar qolmagach, keyingi testga o'tasiz. 12ta Cambridge IELTS kitobida imtihon savollarini o'rtacha 4 ta deb olsak, sababi 8dan boshlab testlar soni ko'payib boradi. 48ta test bo'ladi, 48 testni 15 daqiqaga ko'paytirsangiz, 720 daqiqa, ya'ni 12 soat bo'ladi. Agar ushbu algoritm bo'yicha to'liq hamda aniq ishlasangiz, tez orada Speakingizda hech qanday xato chiqmaydi va u maksimal rivojlangan bo'ladi. Keyinchalik, IELTSdan Mock imtihon topshirish imkoniga ham ega bo'lasiz. Qolaversa, aksent hamda intonasiya bilan ishlash uchun Youtubedan videolar tomosha qiling.
8Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
Listening Listening ko'nikmasi ham o'ziga yarasha qiyinchiliklarga ega. Uni turli xil uslublar bilan kuchaytirish mumkin. Ulardan ba'zilarini ko'rsatib o'tamiz. Ushbu uslublardan qaysi biri sizga qulay bo'lsa, shundan foydalaning. O'sha uslub orqali maksimal 9 ballgacha olib chiqing. Qaysi uslubda sizda o'sish bo'lsa, o'sha uslub orqali ketganingiz ma'qul.
8Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
1. Ko'pincha, xato shundan iborat bo'ladiki, Listening savollarini o'qish jarayonida, imtihon topshiruvchi eshitib tushunishga ham harakat qiladi, ammo bu xato. Sababi, miyamiz bittada 2ta ish bilan shug'ullanadigan bo'lsa, ikkisini ham chala qiladi, qolaversa konsentrasiya joyida turmaydi. Shu bois, oldiniga savollarni o'qib oling, so'ng ko'zingizni yumib, audioni eshitgancha, tushunishga hamda bo'layotgan jarayonni tasavvur qilishga harakat qiling, so'ng tekshirishga yoki javoblarni yozib olishga vaqt berganida siz tezda javoblarni yozib chiqing. Bu uslubning qulayligi shundan iboratki, savollarni o'qib olgach, miyangiz o'ziga zaprosni qabul qiladi, so'ng audioni eshitish jarayonida xuddi Google kabi o'xshash ma'lumotlarni ushlab qolishga harakat qiladi va ularni yig'ib oladi. Bu uslub juda ham samarali;
9Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
2. Biroq ba'zi insonlarda boshqacha usullar o'xshaydi. Ya'ni boshqa insonlar boshqacharoq fikrlashadi, hamma har xil bo'lgach, aniq bitta universal uslub yoki qoida mavjud emas. Shu bois, turli xil uslublarni sizga taklif qilmoqdamiz. Agar sizga yuqoridagi uslub noqulay bo'lsa, ushbu uslubdan foydalanishingiz mumkin. Savollarni o'qimagan holatda, shunchaki o'tirib eshiting hamda jarayonni tasavvur qilib, barcha ma'lumotni ushlab qolishga urinib ko'ring, so'ng savollarni o'qib, ularga javob bering. Bu uncha samarali uslub emas, lekin ba'zi insonlarga foyda keltiradi;
9Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
3. Yana bir uslub mavjud, u juda ham qiyin, lekin uddasidan chiqqan inson bittada listeningini 7 barobar rivojlantirib yuborishi mumkin. Audioni qo'yib olingda, diktor bilan birgalikda har bir gapini orqasidan takrorlashga harakat qiling. To'g'ri boshida uncha o'xshamaydi, juda tez gapirib yuborishi mumkin, lekin biroz vaqt o'tgach, diktor bilan bir xilda gapira boshlaysiz, bu sizda speaking hamda listeningni bittada o'stirib yuboradi. Lekin bu uslub juda qiyin, shu sabab o'ylab ko'ring;
10Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
4. Ushbu uslub eski listening ko'nikmasini oshirish uslubini eslatadi. Avvalo, kitob oxiridagi ssenariyni olamiz, undagi notanish so'zlarni o'chirib chiqamiz, so'ng ularni tezkor lug'at yodlash uslubi orqali yodlab chiqamiz. So'ng audioni eshitamiz. Ushbu uslub orqali 40tadan 40ta yecha oladigan natijaga chiqa olsangiz, so'ng ssenariyni o'qimasdan yechib ko'rishga o'tsangiz bo'ladi, biroz mashq qilib, bunda ham 40dan 40 chiqara boshlaysiz;
10Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
5. Bu uslub ham ancha samarali. Mohiyat shundan iboratki, siz audioni eshitasiz, savollarga javob yozib chiqasiz. So'ng kimdir sizga tekshirib beradi. Deylik, natija 40/30 chiqdi. Bu sizni qoniqtirmaydi. So'ng yana boshqatdan shu audioni ishlab yana yechasiz. Yana kimdir tekshirib beradi, endi natija 40/36 chiqdi. So'ng, yana audioni eshitasiz, toki 40dan 40 chiqmaguncha. Bu jarayonda, miyamiz o'zi qilayotgan xato tushunib yeta boshlaydi, so'ng o'zida ko'nikma hosil qiladi. Bu uslub ham ancha samarali, ayniqsa endi boshlayotganlar uchun.
11Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
Writing Yozish ko'nikmasini ham rivojlantirish xuddi Speakingni rivojlantirishga o'xshaydi. Agar speakingni yaxshi rivojlantirgan bo'lsangiz, writing sizga uncha katta muammo bo'lmaydi.
11Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
1. Avvalo, 6ta mavzu: Perfect, Passive voice, Conditionals, Infinitive, Gerund, Relative clauses mavzulariga 300tadan akademik so'zlardan foydalangan holatda gap tuzib chiqing. Bu qiyin Grammatik strukturalar orqali gap tuzish hamda akademik so'zlardan foydalanib yozish ko'nikmangizni kuchaytiradi;
12Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
2. So'ng, disk ichidagi writing deb nomlangan papkani oching. U yerda ikkita kitob bor: “Improve your IELTS writing skills” hamda “Advantage writing skills”. Ushbu kitoblarni to'liq o'rganib, ulardagi barcha mashqlarni bajarib chiqing. Ularning har birida 9 tadan unitlar bor, demak 18 ta unit bajarishingizga to'g'ri keladi. Ular uncha qiyin emas, qolaversa qoidalarni to'liq hamda chiroyli tushuntirib berishgan. Hech qancha o'tmay, to'liq ko'nikmalarni egallab olasiz;
13Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
3. Struktura hamda qoidalar to'liq egallab olingach esa, endi eng muhimi amaliyot. Yaxshilab mashq qiling. Cambridge IELTSni 1dan 12 gacha barcha Writinglarini ishlab chiqing;
14Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
4. Agar writingda yanada kattaroq kuchayishga ega bo'lishni istasangiz va bunga qisqaroq vaqt sarflashni istasangiz, shablon uslubidan foydalanishingiz mumkin. Tayyor writinglarni barchasini oling, ularni o'zbek tiliga tarjima qilib chiqing, so'ng ularni o'zbek tilidan qayta Ingliz tiliga tarjima qilib chiqing. Ana shu holatda, xotirada ko'plab strukturalar qolib ketadi. Lekin, bu uslubni 9 ball olish niyatida yurganlarga tavsiya etmayman.
Reading Reading chiqarishning ham turli xil uslublari mavjud. Siz istaganidan foydalangan holatda maksimal darajaga olib chiqishingiz mumkin. O'zingizga qulay va sizga eng samaralisini tanlab oling.
14Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
1. Birinchi uslub – bu so'zlar orqali ketish. Avvalo matnda berilgan sizga notanish bo'lgan so'zlarni yodlab oling, so'ng matnni o'qib, savollarga javob bering, ana shunda matnni to'liq tushunasiz;
12Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
2. Ba'zi bir insonlarning diqqati yaxshi bo'lmagani hamda juda ko'p ma'lumotni miya ushlab tura olmagani sabab, readingda turli xil haklar qilishga harakat qilishadi. Oldin savolni o'qib, so'ng javobni matndan qidirishadi, bu juda katta vaqtni olib qo'yadi va o'ta samarasiz ekanini vaqtning o'zi isbotlab qo'ydi. Agar bu uslub sizga qulay bo'lsa, ishlab ko'ravering, lekin uncha katta samara bera olmaydi. Sizga yanada kuchliroq uslub taqdim etamiz. Avvalo bitta abzas o'qingda, uni tushunib oling, so'ng savollarni ochib, toki birinchi abzas bo'yicha savollar tugaguncha yeching, so'ng ikkinchi abzasni o'qib, unga oid savollar tugaguncha yeching. Xuddi shu ko'rinishda butun boshli matnni ishlab chiqing. Bu eng samarali uslub. Istasangiz, bitta abzas emas, ikkita abzas o'qib, savollarga javob bering. Agar bu ham qulay bo'lmasa 3 ta abzas o'qing, xullas o'zingizga qulayini tanlab oling. Bu uslubning afzalligi shundaki, miyamiz yangi olingan bitta abzaslik ma'lumotni to'liq o'zida ushlab tura oladi va unga oid savollarga javob berishga tayyor turadi. Ushbu uslub orqali 9 ballga chiqishingiz mumkin;
12Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
3. Uchinchi uslub tez o'qish san'ati bilan bog'liq. Ushbu texnikani “Genius club” nomli kursimizda o'rganib olishingiz mumkin. Ushbu texnika sizga 1 daqiqada 3200 ta so'z o'qish imkoniyatini hadya etadi. Ushbu texnika orqali siz matnni tezda o'qib chiqasiz, uni tushunib olasiz, so'ng savollarga javob bera boshlaysiz. @Daholar_Klubi
12Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
Diqqat Hurmatli o'quvchilar.... Agar siz ushbu @Daholar_Klubi da bo'lib o'tgan vebinarni kuzatgan bo'lsangiz sizlarga yanada yaxshi hushxabarim bor. Faqatgina sizlar uchun ya'ni shu Meta Ta‘lim | Ingliz tili kursimiz a'zolari uchun chegirma narxidan yana 20% chegirma qilaman ya'ni jami 70% chegirma bilan kursni qo'lga kiritishingiz mumkin. Chegirma faqat Robot va Genius tariflarida amal qiladi...
12Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
Barchangizni kirib kelgan yangi yil bilan muborakbod etamiz Yangi 2020-yil oilangiznga baxt va quvonch olib kelsin Eski yillarda yetisholmagan ozru-niyatlaringizga 2020-yilda yetishingizni tilab qolamiz. Yana bir bor barchaga bayram muborak Hurmat bilan @Genius_Vector
12Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
Hurmatli o'quvchilar...!!!! Yuqoridagi IELTS 9 strategiyasida aytib o'tilgan diskni bu yerga joylashni deyarli iloji yo'q hajmi ham 6-7 Gigabayt atrofida. Diskni o'zi ham menda mavjud emas, uni faqatgina joyidan sotib olish mumkin. Narxi ham yetarlicha qimmat Shuning uchun Diskdagi barcha ma'lumotlar bo'lgan web sahifalarni joylayman va ushbu saytlardan siz IELTS materiallarini bepul yuklab olishingiz mumkin IELTS material 1 IELTS material 2 IELTS material 3 Barcha materiallarni ushbu 3 ta link orqali yuklab olishingiz mumkin
IELTSMaterial.com
IELTS Advantage : Writing Skills (eBook)
"IELTS Advantage: Writing Skills" by Richard Brown is designed for IELTS learners who want to achieve a 7.0 or higher in Academic IELTS test.
14Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
Cambridge IELTS 9 Test 4 - LISTENING TEST WITH ANSWERS из Snaptube https://getsnap.link/BFhJqxf95ks
14Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
Файл Read_IELTS_vk_com_bastau.pdf Файл PDF, 28.5 МБ https://uc.xyz/1D5RLl?pub=link Посмотри!
14Abdulla, 20:03
Forwarded from Online English | Group 2
English Books Daily https://uc.xyz/1D5RVZ?pub=link [English Books Daily]: Посмотри!
Do'stlaringiz bilan baham: |