Mehnat nizolarini mehnat nizolari komissiyasida ko`rish tartibi
Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o`rtasidagi kelishuvda mehnat nizolari komissiyasini tuzish nazarda tutilishi mumkin.
Mehnat nizolari komissiyasi ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan tenglik asosida tuziladi.
Komissiyaga kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan ajratilgan a`zolar tegishli organning qarori bilan, ish beruvchining vakili esa uning buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Mehnat nizolari komissiyasining har bir majlisida raislik vazifasini ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining vakillari navbatma-navbat bajaradi. Qoidaga ko`ra bir majlisning o`zida raislik va kotiblik vazifasini bir tarafning vakillari bajarishi mumkin emas.
Komissiyaning har bir majlisida taraflar tomonidan keyingi majlisning raisi va kotibi tayinlanib, ularga majlisni tayyorlash va chaqirish vazifasi yuklatiladi.
Mehnat nizolari komissiyasining miqdoriy tarkibi va vakolat muddati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining o`zaro kelishuviga binoan belgilanadi.
Basharti xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo`mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish beruvchi bilan bevosita olib borgan muzokaralarida mavjud kelishmovchilikni hal eta olmagan bo`lsa, nizo mehnat komissiyasida ko`rib chiqiladi. Mehnat nizolarini ko`rib chiqishning o`zgacha tartibi (269, 276-moddalar) bundan mustasno.
Mehnat nizolari komissiyasi ariza berilgan kundan e`tiboran 10 kun muddat ichida mehnat nizosini ko`rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan xodimning ishtirokida ko`riladi. Xodimning yozma arizasi bo`lgandagina nizo uning ishtirokisiz ko`rib chiqilishi mumkin. Basharti xodim uzrsiz sabab bilan komissiya majlisiga kelmasa, mazkur arizani ko`rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash haqida qaror qabul qilinishini mumkin, bu esa xodimni takroran ariza bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi. Xodim kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi mehnat nizosi ko`rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif qilish huquqiga ega.
Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirtirish, mutaxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va hujjatlar takdim etishni talab qilish huquqiga ega.
Har bir majlisda ish beruvchining va kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining teng mikdordagi a`zolari ishtirok etishlari kerak.
Mehnat nizolari komissiyasining majlisida bayonnoma yuritiladi.
Mehnat nizolari komissiyasining qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo`mitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining vakillari o`rtasida kelishuvga binoan qabul qilinadi.
Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlanib, mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo`lishi kerak.
Komissiyaning pul undirish talabiga oid qarorida xodimga te-gishli mablag’ aniq ko`rsatilishi lozim.Qaror majlis raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. U majburiy kuchga ega bo`lib, biron bir tarzda tasdiqlanmaydi.
Komissiya qarorining nusxasi qaror qabul qilingan kundan e`tiboran uch kun ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo`mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organiga topshiriladi.
Qonunda mehnat nizolari komissiyasining qarorini bajarish ta`minlangan.
Muayyan qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan o`n kun-lik muddat o`tgandap keyin uch kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak.
Basharti, ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo`lgan guvohnoma beriladi. Agar xodim yoki ish beruvchi belgilangap muddat ichida tuman (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish to`g’risidagi ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi.
Mehnat nizolari komissiyasi bergan va olinganidan keyin ko`pi bilan uch oy ichida tuman (shahar) sudiga taqdim etilgan guvohnoma asosida sud ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy tarzda ijro ettiradi.
Mazkur qonunga muvofiq, mehnat nizolari komissiyasining qarorlari ijro etilishi shart bo`lgan sud hujjatlari qatorida sanaladi. Mehnat nizolari komissiyasi o`z qarorlari asosida beriladigan guvohnoma ham ijro xujjati hisoblanadi.
Xodim belgilangan uch oylik muddatni uzrli sabablarga ko`ra o`tkazib yuborgan taqdirda, guvohnomani bergan mehnat nizolari komissiyasi muddatni tiklashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |