3. Mehmonxona umumiy strukturasi, boshqaruv organlari, bo’limlari, ularning vazifalari, xuquqlari va majburiyalari bilan tanishish
O'zbekiston Respublikasi, Termiz, st. Alpomish, 23 yosh.
Joylashuvi: mehmonxona shahar markazidan 1 km uzoqlikda joylashgan. Masofa: Aeroport - 7 km, temir yo'l stantsiyasi - 2 km
Xonalar soni: 50ta
Joylashuvi: "Asson" mehmonxonasi shahar markazidan 1 km, aeroportdan 7 km, temir yo'l stantsiyasidan 2 km, shaharlararo avtovokzaldan 2 km, bozor (bozor) dan 1 km, chegaradan 9 km uzoqlikda joylashgan. Tojikiston bilan ...
Mehmonxona tavsifi: "Asson mehmonxonasining qurilishi 2005yil sentyabr oyida boshlangan. 2005 yil sentyabr oyida Asson mehmonxonasi birinchi sayohatchilarni kutib, o'z eshiklarini ochdi.
Xonalar soni: 50 ta xona (16 ta yakka, 28 ta er-xotin va 6 ta) xonalar tavsifi: Barcha xonalarda hammom, telefon, sun'iy yo'ldosh televidenie, fen, stol, konditsioner, minibar mavjud bo'lgan hammom mavjud.
Turagent taklif qilayotgan turmahsulotlar narxi odatda turoperatornikidan yuqori bo‘lmaydi, negaki, turagent turoperatorning turini u taklif qilgan narxda, ba’zan undan kamroqqa ham sotadi. Shu tariqa u oladigan komission mukofotini qurbon qilib bo‘lsa ham, mijozlarni ko‘proq jalb etishga intiladi. Turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatida ko‘pincha turoperator va turagent vazifasini bitta turistik tashkilot bajarayotgani uchraydi. Misol uchun, turistik firma Ispaniya bo‘ylab uning turini shakllantirishni taklif etganda, turoperator sifatida chiqadi. Xuddi o‘sha paytda u boshqa turoperator tomonidan shakllantirilgan turni Finlyandiyaga sotadi. Bunda u turagent sifatida chiqadi. Nisbatan yirik turoperatorlar xususiy mijozlar bilan ishlamaydi, o‘z turlarini agentlik tarmog‘i orqali sotishni amalga oshiradi. Reklama bo‘yicha turfirma operatormi, yo agentmi, aniqlash juda qiyin. “Biz 10 yildan buyon turoperatormiz” deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan reklamaga ishonmaslik kerak.
Agentlik tarmog‘iga ega operatorlar reklamasida odatda agentlik litsenziyasi, telefoni raqamlari, joylashgan manzili haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Turagent turoperator bilan hamkorlikda reklamada ishtirok etmasligi mumkin. Lekin uning turlarini sotadi. Turoperatorlar hamma yo‘nalishlar bo‘yicha universal bo‘la olmaydilar.
Nufuzli turoperator yangi yo‘nalishga chiqishdan oldin bir necha yil ma’lum yo‘nalishga ixtisoslashadi. Turist o‘ziga turni tanlab olar ekan, ushbu marshrut operatori kim, u tanlagan yo‘nalishda uzoq vaqtdan buyon ishlayaptimi, aniqlab olishi lozim. Bozorda takliflar to‘lib-toshib yotibdi, ayniqsa mashhur yo‘nalishlarga. Shuning uchun tanlaganda faqat tur tarkibi va narxiga emas, marshrutni taklif qilgan turoperator ishonchligiga ham e’tibor berish kerak.
Afsuski, hozirgi zamon bozor sistemasida o‘z oldiga mijozlarni aldashni maqsad qilib qo‘ygan turfirmalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuning uchun nufuzli haridorga bunday ko‘ngilsizliklardan qochish imkonini beruvchi qoidalar mavjud. Hammaga ma’lum, tur uchun pul to‘lanayotganda turfirma turist bilan shartnoma tuzishi shart. Uni albatta, diqqat bilan o‘qib chiqish kerak. Chunki firma kutilmagan har qanday tasodiflar va e’tirozlardan o‘zini olib qochish uchun mijoz haqida emas, avvalo o‘zi haqida qayg‘uradi.
Turist turistik agentlik xodimi e’tiborini shartnomadagi shubhali punktlarga tortishi, ularni aniqlab berishni talab qilishga haqli. Agar qandaydir sabablarga ko‘ra, turist bilan yozma shartnoma tuzish rad etilsa, bu ko‘p uchrab turadi, yaxshisi boshqa turmahsulot yetkazib beruvchini tanlagan ma’qul.
Konferentsiya xizmatlari: Ikkinchi qavatda davra suhbati va barcha zamonaviy yig'ilish imkoniyatlari bilan 30 kishiga mo'ljallangan, konferents-zal. 200 kishilik ziyofat zali ham ikkinchi qavatda joylashgan.
Restoran, bar, oshxona:
2-qavatda alohida nonushta xonasi
Ikkinchi qavatdagi "Welcome" restoran va bar (30 o'rin)
Ikkinchi qavatdagi restoran (170 o'ringa qadar)
Uyingizda bar (6-qavat) (mavsumga qarab 180 o'rinli / ochiq)
Mehmonxona jihozlari:
Biznes Markazi
avtoturargoh
lift
mehmonxonada xavfsiz
Mehmonxona xizmatlari:
kir yuvish
valyuta ayirboshlash
yuklar uchun laganda
xizmat 24 soat
Xalqaro biznes markazi seysmik xususiyatlar, shaharning arxitektura qiyofasi, Markaziy Osiyo shaharsozlik anʼanalaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan hamohanglikda barpo etiladi.
Biznes ofis, mehmonxona va apartamentlar uchun moʻljallangan, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha bunyod etiladigan binolarning balandligi 40 qavatdan oshmaydi, turarjoylarning balandligi esa 12 qavatgacha boʻladi.
O'zbekistonda bo’limidagi kompaniyalar egalari va xizmatchilariga alohida murojaat etmoqchimiz. Agarda siz ishingiz rivojlanishini va yo’naltirilgan ta’sirga ega bo’lgan bepul reklama qilishni istasangiz Yellowpages.uz ma’lumotnomasi sizni tengi yo’q yo’rdamchingizga aylanadi. Sizda reklama roliklari, banner va biznes rivojlanishida kerakli bo’lgan boshqa yordamchi vositalarni buyurtma qilishingiz uchun ko’p miqdorda mablag’ sarflashingizga zarurat qolmaydi. Katalogimizning туристические агентства bo’limida ma’lumotlarni joylashtirish uchun shuncha-ki sizda bunga bo’lgan xohish va kerakli ma’lumotlarni yetkazish kerak bo’ladi. Biz esa o’z navbatda hamkorligimiz har bir tomonga foyda keltirishi uchun qo’limizdan keladigan barchasini qilamiz. Hozirni o’zida «MS Word» (xajmi 111 Kb) formatida Anketani yuklab o’lib «Туристические агентства» bo’limiga o’z tashkilotingizni kiriting
Turizm bugungi kunda jahondagi eng ko‘p foyda keltiruvchi sohaga aylandi. So‘nggi yillarda uning jahondagi tovarlar va xizmatlar savdosining 10 % to‘g‘ri kelmoqda. Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham turizmni rivojlantirishga davlat darajasida qarab, barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishning barcha imkoniyatlariga ega. Birinchi navbatda, turistik resurslarga boyligi buning tasdig‘idir.Albatta turizmni shakllanishi va rivojlanishi turistik resurslarning salohiyatiga bog‘liqdir. Mamlakat qanchalik turli-tuman turistik resurslarga ega bo‘lsa, turizmni rivojlanishi shuncha oson kechadi. Turistik resurslarning turizmdagi ahamiyati uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunidan kelib chiqadi. Turizm ijtimoiy sohaning bir qismi bo‘lib, uning asosiy faoliyatlarida iste’molchiga iste’mol jarayonida moddiy va nomoddiy muhitni yaratish uchun xizmatlar qilish, dam olish va faoliyat ishlarini o‘zgartirish, almashtirish uchun sharoitlar yaratish, sog‘liqni muhofaza qilishni ta’minlash, shuningdek, aholining umumiy ma’lumoti va madaniy-texnik darajasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda turistik resurslar orqali dam olishni tashkil qilish, insonning hayotiy kuchlarini tiklash, bo‘sh vaqtdan unumli, to‘g‘ri foydalanish ta’minlanadi.
Shuningdek, turistik resurslar shaxsning rivojlanishida, barkamolligida, sayohatchining intellektual darajasini oshirishda, asabiy holatini yaxshilashda, shaxs sifatida tavsifini berishda xalqaro, davlatlararo va shaharlararo munosabatlariga ijobiy ta’sir qiladi. Undan tashqari turistik resurslar turizmni ijtimoiy samaradorligini ta’minlaydi. Bu soha bevosita aholining ijtimoiy sohaga muhtoj qatlamini, ya’ni maktab o‘quvchilarini, nafaqaxo‘rlarni, talaba – yoshlarni, nogironlarni, keksa nuroniylari kabi aholining shunday toifasini sayohat qildirish tushuniladi. Eng muhimi ushbu sohaga qo‘yilgan investesiya foyda uchun emas, balki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Aholining salomatligi va atrof-muhit sifati o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqalar mavjud. Masalan, Jahon sog‘liqni saqlash tashilotining ma’lumotlariga ko‘ra, aholi salomatligi 40-50% ularning iqtisodiy ta’minoti va yashash tarzi, 18-20 % atrof muhitning holatiga, 20-30% tibbiiy xizmat darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Havoning ifloslanishi aholi salomatligining 43-45 % yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Zamonaviy gigiyena fani atrof-muhitning ifloslanishi aholi kasallanishining o‘rtacha darajasi 20% ga oshishini aniqlagan. Bunday vaziyatda rekreatsiya faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning muhim tarmog‘iga aylangan bo‘lib, u aholining ishdan bo‘sh vaqtidan foydalanishni yaxshilashga va dam olishini tashkil etishga xizmat qiladi.
Rekreatsiya inson tamonidan yuqori baholanadigan va ijtimoiy natija beradigan keng yo‘nalishni qamrab oladi. Unda dam olish va sog‘lomlashtirish, bilish va ijod, odamlar va tabiat bilan tanishish, ta’lim va tarbiyani takomillashtirish va boshqalar birgalikda o‘z ifodasini topadi. Bunday ehtiyojlarni qondirish, sog‘lomlashtirish, umrni o‘zaytirish, insonning jismoniy va ma’naviy darajasini oshirish, shaxsni barkomallashtirish, bilim va malakalarni oshirish va boshqa qator ijtimoiy natijalarga erishishga imkon beradi.
Tabiiy omillarga asoslangan rekreatsiya faoliyati (turizm ) shahar va qishloq aholisi orasida keng tarqalgan kasalliklarning ommaviy profilaktik vositasi hisoblanadi. U faqatgina ish qobiliyatini tiklashni va mehnat unumdorligini oshirishnigina ta’minlab qolmay, balki 20-50 % ga yurak-tomir, asab, nafas olish, oshqozon, suyak kasalliklari patologiyasi paydo bo‘lishining oldini olishni ta’minlaydi.O‘zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va o‘ziga xos landshaftini inobatga olganda sport va ekologik turizmning rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjud. Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyati ajoyib tog‘ tizimlari, gullagan vodiylar va ajoyib tog‘ daryolariga boy. Tog‘ning toza havosi, yil davomida quyoshli kunlarning ko‘pligi, ajoyib tog‘ manzaralari nafaqat O‘zbekiston fuqarolarining, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi qo‘shni mamlakatlarning aholisi ham tashrif buyuruvchi turizm obektlariga aylanishiga imkon beradi.
O‘zbekiston hududida mineral suvlarning turli xil turlari keng tarqalgan, mamlakatdagi 300 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suv manbalariga ko‘plab odam tashrif buyuradi. Hozirgi kunda bu manbalardan 121 tasi faoliyat yuritmoqda. Chimyon va To‘rtko‘l kabi tog‘-chang‘i sportini rivojlantirish
mumkin bo‘lgan bir qancha tog‘ maskanlari mavjud. Baland qorli tog‘lar alpinizm, speleoturizm, daryo turizmi kabi turli tog‘ turizmi turlarini amalga oshirish imkonini beradi. Shifobaxsh giyohlarning ko‘pligi turli xil ekologik turlar, turli giyohlar va o‘simliklar yig‘ish uchun turlarni tashkil etishga ikmoniyat yaratadi. Bu esa ko‘plab chet ellik turistlar orasida qiziqish uyg‘otadi
Barqaror (o‘zgarmaydigan) omillar
Shular ichidan geografik omillarni tahlil etadigan bo‘lsak, bu omillar sayyohlik marshrutlarini to‘g‘ri tanlash, trasportning qulayligi, rekreatsiya resurslarining bahosi, turizmni mavsumga qarab rivojlantirish kabi jihatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.O‘z navbatida, geografik omillarni ikki guruhga bo‘lish keng tus olgan..
Geografik omillar Mintaqalarda xalqaro turizmni rivojlanishiga tabiiy sharoitning katta ta’siri bor. Hozirgi jamiyatimizning o‘ta sanoatlashib borishi tufayli, insonlarning yovvoyi tabiatga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
Iqlim, turizmni davriyligiga ta’sir ko‘rsatib, ayrim sohil bo‘yi dam olish joylari yil bo‘yi issiq iqlimga ega ekanligi (misol tariqasida Mavrikiy orollarini ko‘rsatish mumkin) tufayli, uzluksiz turistlar bilan gavjum bo‘lishiga olib kelgan. Tabiiy iqlim sharoiti turizm harakatini mavsumiy harakterga aylantiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar oqimining keskin kamayishiga sababchi bo‘ladi. Shu sababli turizmning eng rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim zonalariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, O‘rtayer dengizi, Qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiq dengizi, Yapon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oqlarida joylashgan mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega.
O‘zbekistonning turistik salohiyati katta ekanligi bilan birga, ularning ayrim turistik mintaqalari o‘ta diqqatga sazovordir. Masalan, turistlarning ko‘rishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni bo‘yicha Xiva shahari birinchi o‘rinda turadi. Unda 310 ta ob’ekt, ikkinchi o‘rinda Buxoro shahri boTib, unda 221 ta ob’ekt, Toshkent shaharida 144 ta va Samarqandda 118 ta ob’ekt mavjud. Ushbu mavjud turistik ob’ektlardan tashqari yana bir qancha ob’ektlarni birpo qilish mumkin. Birgina Samarqand viloyatini oladigan bo‘lsak, uning Urgut, Omon-qo‘ton, Ohalik, Mironqul kabi manzarali tog‘-daralari borki, bu joylarga piyoda marshrutlarni tashkil qilish mumkin.Albatta yoz fasllarida shu daralarda odamlar juda gavjum bo‘ladi. Lekin bular o‘z ixtiyori bilan borgan dam oluvchilardir. Tashkiliy tarzda bu tog‘ manzaralariga sayohatlar uyushtirish hamon yo‘lga qo‘yilmagan.
Bunday ob’ektlar Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin, Forish tumanlarida, vodiy viloyatlarida, Toshkent viloyatining ko‘plab manzaralari tumanlarida ham mavjuddir. Gap ularni ishga solib, aholi va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun foydalanishda.Mintaqalarining asosiy belgilarini hamda 0‘zbekiston Respublikasi hududidagi ma’muriy chegaralarni hisobga olgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘rtta: Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro, Xorazm va kelajakda rejalashtirilayotgan uchta Jizzax, Qarshi-Termiz, O‘rta-Qoraqalpoq turizm rayonini ajratib ko‘rsatish mumkin. Farg‘ona turizm rayoni respublikaning Namangan,
Andijon va Farg‘ona viloyatlarini qamrab oluvchi sharqiy qismida joylashgan. Tabiiy-iqlimiy sharoitlarning turli-tumanligi ko‘plab turizm ob’ektlari bilan birgalikda bu mintaqadan o‘quv-sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish maqsadida foydalanish imkoniyatini beradi. Arxeologik va me’morchilik yodgorliklar, sanoat komplekslari va xalq xunarmandchiligi Farg‘ona hududida turizm kompleksini shakllantiruvchi asosiy turizm ob’ektlaridir.
Tumanda Sux daryosi yoqasidagi Sariqurg‘onda, Oydinko‘l ko‘lida, Andijonning janubiy-sharqida «Bog‘ishamol», Karkidon suv omborida tabiiy dam olish hududlari tashkil qilingan. G‘oyatda qulay tabiiy imkoniyatlar, daryolar, ko‘llar va suv omborlarining ko‘pligi tog‘- iqlim sharoitlari bilan birgalikda tumanni katta maydondagi yagona turizm hududiga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |