1-Mavzu;Kirish. Yig’ish chizmalari,umumiy ko’rinishlar. Ish chizmalari



Download 23,88 Kb.
bet4/5
Sana04.04.2022
Hajmi23,88 Kb.
#528151
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu(2)

Chizma taxtasi. Chizma taxtalari GOST 6671-85 ga muvofiq chizma qog‘ozining A3, A2, A1 formatlariga mo‘ljallanib, yumshoq daraxt navlaridan tayyorlanadi.
Chizmani sifatli va unumli chizish uchun chizma qog‘ozini chizma taxtasiga mahkamlash zarur. Avval chizma qog‘ozining yuqoridagi chap burchagi bitta qadoq bilan mahkamlanadi. So‘ngra qog‘ozning yuqori chetiga reysshina qo‘yiladi. Chizma qog‘ozining yuqori chetki chizig‘i reysshinaning qirrasiga parallel bo‘lguncha buriladi va yuqoridagi o‘ng burchagi, keyin chap burchagiga qadoq qadaladi. Shundan so‘ng qog‘ozni tarang tortib pastki o‘ng burchagi, keyin chap burchagi ham qadoq yordamida mahkamlanadi. Ishlashga qulay bo‘lishi uchun chizma taxtasi stol ustida bir oz qiya joylashishi kerak. Buning uchun chizma taxtasining ustida biron narsa yoki taxtadan yasalgan maxsus og‘ma burchakli taglik qo‘yiladi.


Chizma stoli. Maxsus tayyorlangan chizma stoli yanada maqsadga muvofiqdir. Oddiy yog‘ochdan tayyorlangan chizma stollardan chizmachilik xonalarida keng qo‘llaniladi. Bu stollar oddiy, yetarli darajada pishiq va shu bilan birga balandligini, chizma taxtasining qiyaligini kerakli darajada o‘zgartirish mumkin bo‘lsin. Chizmalarni qo‘lda bajarish ko‘p mehnat va ko‘p vaqt talab qiladigan jarayondir. Chizma ishlarini mexanizatsiyalashtirish maqsadida zamon talablariga javob beradigan maxsus chizma stollari tayyorlangan. Bu stollarga uchburchaklik, reysshina va transportirlarning o‘rniga chizma asbobi kulman o‘rnatilgan. Ularni A1, A2 va A4 (maktablar uchun A3) formatdan katta bo‘lmagan chizmalarni bajarishga mo‘ljallangan turli turdagi moslamalar chiqarilgan. Ulardan biri koordinata sistemali va pantograf tipidagi, prujinali qilib yoki chizma doskasini baravarlashtirib turadigan yukni maxsus chizma stanogiga o‘rnatilan.
Bunday stollardan ishlab chiqarish korxonalarining konstruktorlik bo‘limlarida, ayrim o‘quv yurtlarining chizmachilik xonalarida foydalaniladi. Bunday chizma stollari chizmakashning mehnatini ancha yengillashtiradi va uning mehnat unumdorligini oshiradi.


Reysshina. Reysshina uzun chizg‘ichdan va unga to‘g‘ri burchak ostida ikki qavat qilib mahkamlangan 2 ta kalta plankalar (yupqa taxtachalar) dan iborat. Reysshinadan to‘g‘ri va unumli foydalanish uchun uning plankasi chap qo‘l bilan chizma taxtasining chap qirrasiga jipslanadi. O‘ng qo‘l bilan reysshinaning chizg‘ichi chizma qog‘oziga bosiladi, so‘ngra chap qo‘l bilan reysshinaning dastlabki vaziyatini saqlagan holda gorizontal (yoki og‘ma) chiziq o‘tkaziladi. O‘tkazilgan chiziqqa parallel chiziqlar yasash uchun reysshinaning plankasi chap qo‘l barmoqlari bilan chizma taxtasining chap qirrasiga jips bosilgan holda pastga yoki yuqoriga siljitiladi, so‘ngra chiziq o‘tkaziladi. Chizmani reysshina yordamida bajarish ishini keskin tezlashtiradi va yasashda aniqlikni ta’minlaydi. Uchburchaklik va reysshina yordamida chizmada turli yo‘nalishda parallel va perpendikulyar chiziqlarni o‘tkazish mumkin.


Lekalolar. Sirkul yordamida chizib bo‘lmaydigan egri chiziqlarni chizish uchun lekalolar ishlatiladi.
Lekalolar yupqa fanerdan yoki plastmassadan yasaladi. Odatda, egri chiziqning topilgan nuqtalari qo‘lda qalam bilan ingichka chiziq yordamida birlashtiriladi. Egri chiziq ravon bo‘lishi uchun lekalo qirrasi chiziladigan egri chiziqning 3-4 nuqtasi (1, 2, 3, 4, 5, 6) ga mos qilib qo‘yiladi. Egri chiziqning qolgan qismini chizish uchun lekalo qirrasini navbatdagi 6, 7, 8, 9, 10 nuqtalarga to‘g‘ri keladigan qilib qo‘yiladi. So‘ngra bu nuqtalar tutashtiriladi. Keyin barcha nuqtalarni birlashtiruvchi ingichka chiziq ustidan qalam yoki tush bilan yurgizib chiqiladi. Lekalo yordamida chiziluvchi egri chiziq nuqtalarini ravon tutashtirish uchun bir nechta lekalo to‘plami bo‘lishi kerak.



Download 23,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish