3. Psixologiya tarmoqlari. - Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu borada professor A.V. Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:
- Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
- Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
- Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud: - Mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o‘rganadi.
- Pedagogik psixologiya − uning predmeti o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish, o‘quvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o‘zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o‘rganadi.
- Tibbiyot psixologiyasi − shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi.
- Yuridik psixologiya − huquq tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik masalalarni o‘rganadi.
- Harbiy psixologiya − kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog‘liq hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini, psixologik targ‘ibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o‘rganadi.
- Sport psixologiyasi − sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq psixologik omillarni o‘rganadi.
- Savdo psixologiyasi − asosan, rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo‘lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta’sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi.
Mustaqil topshiriqlar: - Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi.
- Psixologik maktablar to‘g‘risidagi mulohazalar.
- Psixologiya rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ olimlar.
- Psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.
Foydalanilgan adabiyotlar: - Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5th Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608 p.
- Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. Т.: Ўқитувчи, 2010.
- Barotov Sh.R. Umumiy psixologiya darslik. Durdona. Buxoro 2019.
- E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |