Rahbarning jamoa a`zolariga axloqiy ta`siri.
Har qanday jamoa ma`lum muddatidan keyin o`z faoliyatida jamoa
a`zolariga tanish, aniq axloqiy normalarga tayanib faoliyat ko`rsatayotganini sezadi. Bu jamoadagi ba`zi an`analarning, ma`lum kishilarning obro`- e`tibori, ularning ko`rinishi yoki qaysidir bir faoliyatga ijobiy yoki salbiy fikr bildirishi va o`sha shaxs shunday fikr bildiradi, deb oldindanma`lum yo`nalishda faoliyatni boshqarishdir.
Jamoaga ishga olinayotgan xodimning temperamenti, xulqi, mayllari
va qobiliyati, axloqiy qadriyatlari va boshqa sifatlarini oldindan
o`rganish rahbar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki jamoada uning ushbu
ijtimoiy ruhiy sifatlaridan tashqari hatto demografik xususiyatlari,
ya`ni ayol, erkak, yosh, qari va boshqa sifatlari ham jamoa tomonidan ma`lum kayfiyatda qabul qilinadi.Ishga qabul qilish odatda suhbatdan boshlanadi. Suhbat bo`lg`usi xodimto`g`risida jonli ma`lumot to`plashning birinchi va asosiy manbalaridanbo`ladi. Suhbat bo`lg`usi xodim to`g`risida, uning mutaxassislik qobiliyati, dunyoqarashi, muomala madaniyati va boshqa tomonlarini bilishga yo`l ochib beradi.
Ijtimoiy psixologiyada rasmiy bo`lmagan guruhlar ham mavjud.
Bunday guruhdagi kishilar bir-birlari bilan juda uyushgan bo`ladilar.
Chunki ularning harakterlari, qiziqishlari bir-birlariga mos keladi.
Bunday norasmiy guruhlar tanaffus paytlarida shakllanadi. Ular birga
choy ichadilar, bir-birlari bilan o`zaro munozara qiladilar, nuqtai
nazarlarini bildiradilar, latifalar aytadilar. 7-8 kishidan iborat
uyushma muloqot orqali birlashadi. Natijada norasmiy guruh paydo bo`ladi. Shunday guruhlar bayram konsertlaridan avval, dam olish zonalarida, kechqurun uyda to`planilganda o`z-o`zidan tashkil qilinadi. Insonda hissiy va vaqtinchalik imkoniyat chegaralangan. Shuning uchun kishi faqat 7-8 kishi bilan birgalikda muloqotda bo`la oladi. Shuning uchun katta jamoada rahbar bilan xodimlar o`rtasida ziddiyatlar tez kelib chiqadi. Norasmiy guruh tashkilotning ijtimoiy-psixologik tarkibining bir qismini tashkil qiladi. Norasmiy guruh a`zosi rahbardan ham guruh a`zolaridan ham bir xil hatti-harakatni kutsa ziddiyat kelib chiqmaydi. Agar rahbar boshqa talablarni, guruh a`zolari boshqa talabni qo`ysalar nizolar kelib chiqishi
mumkin. Jamoaning ruhiy muhiti buzilishi mumkin. Psixologik
tadqiqotlarning ko`rsatishicha, guruh a`zolarining ijobiy munosabati eng yaxshi mukofotdan ham yaxshiroq ekan. Ogohlantirish olganga nisbatan guruh a`zolarining hurmatidan qolish yomonroq ekan.
Guruh qanchalik uyushganbo`lsa, rahbar bilan ziddiyatga borish shunchalik uzoqlashadi. Chunki guruha`zosini jamoa bir tan bo`lib himoya qiladi. Demak, rahbar alohida odamniemas, balki butun bir guruhni boshqarishi kerak. Guruhning bilimisizrahbar shu jamoani boshqarishi qiyin bo`ladi. Demak, norasmiy guruhlardoimo rivojlanib, chuqurlashib boraveradi. Chunki uni tug`diradigansharoitlar-bu kishilarning qiziqishlari, qarashlari, bir-birlarini tushunishlaridir.
Guruhda kishilarning madaniyat darajasi bir xil bo`lsa,
bunday guruh referent (uyushgan) guruhga aylanib boradi. Referent
guruhdagi kishilarda bir-birlariga nisbatan attraksiya (o`ziga jalb qila olish), simpatiya (yoqtirish) tez shakllanadi. Guruhga yangi kelgan shaxsni guruh yaxshi kutib olmasa, qarashlarito`g`ri kelmasa ham ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin va bundamuloqotni barqarorlashtirish hisobiga guruhdagi nizolar bartaraf qilinadi.
Guruhning o`z qonun-qoidalari mavjud bo`ladi. Guruh a`zolari unga albatta bo`ysunishlari kerak. Aks holda ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Guruhdagi norma va qoidalar shaxsning shu guruhda o`z o`rnini topishiga, mavqeni egallashiga yordam beradi. Rahbarlar guruh a`zolarining fikri bilan hisoblashishlari, guruhning fikrini qo`llab-quvvatlashlari lozim. Shundagina jamoada ruhiy muhit yaxshilanadi, ziddiyatlar kamayadi.
Har bir guruh ichidan liderlar(etakchi) yetilib chiqadi. Rahbar
yuqoridan buyruq asosida tasdiqlanadigan administrator bo`lsa, liderlar norasmiy boshliq hisoblanadi. Guruh a`zolari mana shu norasmiy liderning aytganini qiladi. Undan barcha ishlarga rahbarlik qilishini, maslahat berishini kutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |