Tinch, baxtli oilalar o‘z vazifalarini bajara oladilar; ijtimoiy pedagog yordamiga deyarli muhtoj emas. Bunday oilalar moslashish qobiliyatlari hisobiga, ya’ni moddiy, psixologik va boshqa ichki imkonoyatlariga aoslangan qobiliyati hisobiga o‘z bolasining talab-ehtiyojlariga tezlikda moslashib oladi va uni tarbiyalash, rivojlantirish masalalarini muvafaqiyatli hal etadi. Muammolar paydo bo‘lgan hollarda ularga ijtimoiy pedagogning bir martalik yordami (maslahati) etarli bo‘ladi.
Xavfi bor guruhi oilalari. Qoidalaridan bir qancha chetlanishi bilan ifodalanadi (to‘la bo‘lmagan oila , kam ta’minlangan oila va shu kabilar.) bular oilaning moslashish qobiliyatini pasaytiadi. Ular bolalarni tarbiyalash vazigfalarini o‘zlarining ko‘p kuchlarini ishlatib bajaradilar, shuning uchun ijtimoiy pedagog oila holatini kuzatib borishi kerak va kerak bo‘lganda o‘z vaqtida yordamini taklif etishi zarur.
Notinch oilalar. Bu hayot faoliyati biror bir sohasida yoki birvaqtda bir nechtasida past ijtimoiy mavqe’ga ega bo‘lgan oilalr, masalan oila daromadi past darajada yomon psixologik muhit, oilada madaniyat darajasi past. Bunday oilalar ularga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning moslashish qobiliyatlari past, bolani oilaviy tarbiyalash jarayoni katta qiyinchiliklar bilan o‘tadi, natijasi kam bo‘ladi. Bunday turdagi oila uchun ijtimoiy pedagog tomonidan faol davomiy yordam kerak bo‘ladi.
Asosional oilalar. Bu ota-onalari xulqi buzuq, qonunga hilof ravishda hayot kechirayotgan oilalar va bu oilalarda yashash –turmush sharoitlari eng oddiy sanitary gigienik talablarga javob bermaydi. Bunday oilalarda odatda bolalar qarovsiz qoladilar, yarim och, yarim yalang‘och bo‘lib rivojlanishda ortda qoladilar, ota-onalar, boshqalar tomonidan ham jabrlanadilar, ijtimoiy pedagoglarning bunday oilalar bilan birgalikda, hamda vasiylik qilish hmkorlikda olib borilishi kerak. Oila tarbiyasi kabi katta ma’suliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. Shu o‘rinda bir narsani alohida aytish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta’sir chan kuch-qudrat bu – Onadir. Ota ko‘pchilik xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlariniqondirish va ta’minlash,qolaversa oilaning xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi. Bu o‘zbek oilalarining tarixidan ma’lum bo‘lgan haqiqat va ota-bobolarimizdan maros bo‘libqolgan an’anadir. SHunga ko‘ra bola bilan ko‘proq ona birga bo‘ladi. Axir xalqimiz: “Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi” deb bejiz aytmagan. Yuksak axloq-odob aqidalari bola ruhiga ko‘proq ona suti bilan kiradi.
Oila tarbiyasida to‘g‘ri yoki egri o‘sishga bog‘bon mehnati va mahoratiga bog‘liq. Egri o‘sayotgan niholningqaddini rostlabqo‘ymasa, u noto‘g‘ri o‘sadi. Yangi tug‘ilgan go‘dak tarbiyasi bilan shu yosh nihol holati o‘rtasidaqandaydir o‘xshashlik mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki axloq-odobning normalari – kattalarga xurmat, kichiklarga shafqat, xalollik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik va ush kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikrqilingan pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘liqdir. Deylik, dehqon dunyoqarashi uning halol mehnatqilib, dastlab oila to‘kinligi so‘ng xalq farovonligini ta’minlashda ko‘rinadi. Uning barcha faoliyati shu liyjanob tuyg‘u bilan uyg‘unlashgan. Bu oilada bola mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanadi. Turmushning hammaqiralari mehnat bilan ravshanlashadi. Zotan mehnatkash inson har sohada o‘z yo‘lini topa oladi.
Oilada bolaga ma’naviy axloqiy tarbiya berishning asosiy maqsadi ularda axloqiy fazilatlarni hosilqilish va ularni rivojlantirish, ularni yaxshi xulq-atvorga o‘rgatish, ularda ijobiy xatti-harakatlar ko‘nikma va odatlarni vujudga keltirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |