Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Hoshimov K , N ishonova S. va boshqalar. “Pedagogika tarixi” (darslik) -T „ 1996 y.
2 .Hoshimov K Ochilov S. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (darslik) - T , 1995 y.
3. Abdurauf Fitrat. “O ila yoki uni boshqarish tartiblari” (o‘quv q o ‘llanma) -T., 2000 u.
4. Musurmonova O. O‘quvchilam ing m a'naviy m adaniyatini shakllantirish (o ‘quv qo‘llanma) - T., 1993 u.
5. Karimova O. O ilaning xuquqiy asoslari (o‘quv qo‘llanm a) - T. 2003 y.
6. Sodiqova T. 0 ‘g ‘lim senga aytam an, qizlarga atalgan so‘zlar (m etodik q o ‘llanm a). - T., 2005 u.
7. Xidirova F. O ilada qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash (metodik qo‘llanm a) - T., 2007
Elektron ta ’lim resurslari
1. www . tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www . Ziyonet. Uz
2-MAVZU: OILA TARBIYASI MAZMUNI VA MOHIYATI.
Reja.
Oila tushunchasi.
Oilaning vazifalari:
Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari;
Odamlarga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari.
Tayanch so’z va iboralar: oila, jamiyat, oila vazifalari, jamiyatdagi munosabat, odamlarga munosabat,rekreativ, psixoterapevtik,
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila-bu nikoh va qon-qaridoshchilikni asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila bu-ijtimoiy institut bo‘lib unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: intim munosabatlari,farzand ko‘rish va bolaning boshlang‘ich ijtimoiylashish, tarbiyalash, tibbiy hizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila-nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayoq (15-20 ming yij ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi paydo bo‘lgandayoq ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar bo‘lishiga qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qanadydir umumiylik bor. Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlilarigagina to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |