1.2. Ibn Sino – Jahon fani taraqiyotiga ulkan xissa qo’shgan o’rta оsiyolik
buyuk qomusiy olim..
Abu Ali ibn Sino ilm taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan, O`rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk allomaning fanlar olamida tajriba o`tkazmagan va qalam tebratmagan sohasi yo`q desa ham bo`ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo`shgan ulkan hissasi bebahodir. Ibn Sino ko`p qirrali ilm sohibi bo`lgan buyuk siymodir. Tibbiyot olamida ibn Sinoning tabarruk nomi Gippokrat va Galen kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi. Tabobat ilmining sultoni bo`lmish ibn Sino (370 xijriy yili safar oyining boshida, ya`ni, 980 yil avgust oyining 2 yarmida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan, 5 yoshgacha ibn Sino Afshona qishlog’ida yashagan. Keyin esa ibn Sino oilasi bilan birgalikda Buxoroga ko`chib kelgan.
Ibn Sinoning to`liq nomi Abu Ali - Al Husayn Ibn Abdullox ibn Al - Hasan ibn Ali Ibn Sino (13 ta so`z 47 ta harfdan iborat). Yevropada ibn Sino Avitsena nomi bilan mashhur bo`lgan. 10 yoshida ibn Sino Qur`on, til va adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr, hisob, falakkiyot kabi fanlarni to`liq o`zlashtiradi. Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17 yoshida Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanilgan.
Kecha - kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o`z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradi. U o`z davridagi yirik olimlardan biri hisoblangan Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048) bilan ilmiy munozaralar o`tkazgan.
1002 yilda Ibn Sinoning otasi Abdulloh vafot etadi. Oqibatda buyuk alloma o`z tug’ilib o`sgan yurti Buxoroni tark etib , Xorazm (Urganch)ga ketadi.
1014 yil Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Kazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va Buvahiylar hukmdori Shams ad-davla (997 - 1021) xizmatiga kiradi. 1023 yilda Isfaxonga ko`chib keladi va "Kitob ash - shifo" ning qolgan qismlarini yozishni davom etadi. Boshqa bir qancha asarlar bilan bir qatorda fors tilidagi falsafiy kitobi "Donishnoma" ni tasnif etadi.
Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o`z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilganbo`lsa ham, zamonlar o`tishi bilan ularning ko`pi yo`qolib ketgan va bizgacha faqat 242 ta asari yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi astrologiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan.
Nihoyatda murakkab va mas’uliyatli vazifani Ibn Sino katta mahorat bilan amalga oshiradiki, uning “Tib qonunlari” va bu asarning jahon tibbiyot ilmi tarixida tutgan mavqei va qozongan shuhrati yorqin guvohlik berib turadi. “Tib qonunlari” sharq mamlakatlarida shu qadar yuksak ahamiyatga molik bo`lib ketdiki, tabobat ilmini usiz tasavvur qilib bo`lmas edi. Sharqda e`tibor qozongan "Tib qonunlari" ko`p o`tmay g’arb mamlakatlarida ham shuhrat topdi. Ma`lumki o`rta asrlarning to uyg’onish davrigacha Yevropa mamlakatlarida ilm-fan sharq mamlakatlarga nisbatan ancha orqada edi. XII asrdan boshlab Yevropada sharq fani, adabiyoti va madaniyatiga bo`lgan qiziqish orta boradi va sharq olimlarining asarlari arab tilidan lotin tiliga tarjima qilish ishlari yo`lga qo`yila boshlandi. Umuman sharq madaniyatining Yevropaga kirib kelishi Ispaniya va Sitsiliya orqali bo`ldi. Tib qonunlari Yevropa vrachlari qo`lida asosiy qo`llanmaga aylangan va universitetlarda meditsina fani shu kitob bo`yicha o`qitila boshlangan, to 1650 yilgacha meditsina fakultetlarining o`quv dasturini yarmini Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari asosida tashkil qigan. Yirik Yevropa olimlarining tabobatga oid kitoblari ham Ibn Sino asarlari ta`sirida edi. Hatto buyuk Leonardo Da Vinchi ham shular jumlasidan bo`lib, uning asarlarida qator arab tibbiy atamalari uchraydi. Qisqacha qilib aytganda "Tib qonunlari" asosiy qo`llanma va darslik sifatida 600 yildan ortiqroq vaqt mobaynida xizmat qildi va hozirga qadar o’z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. Bu kitobga bo`lgan talab shunchalik zo`r ediki, XV asrda kitob chop etish kashf etilgach, birinchi bosilgan kitoblar ichida "Tib qonunlari" ham bor edi.
O`sha davrda bir necha fanlarni ayniqsa, tibbiyotni o`z zamonasida yangi va yuqori bosqichga ko`tarilishida Abu Ali ibn Sino o`zining ulkan hissasini qo`shgan. O`z davridagi fanlarning deyarli barcha sohalarida chuqur iz qoldirgan entsiklopedist olim Ibn Sino ayniqsa, tabobat ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Shu bilan birga Ibn Sino o`zining "Tib qonunlarini puxta kuzatishlari va amaliy
ishida qozongan yutuqlari bilan boyitadi. Ibn Sino o`zi yashagan davrdagi ko`p olimlar singari chalkash mulohazalar ta`siriga berilmay faqat tajriba va amaliyotgagina haqiqiy ilmning ob`ektiv asosi bo`la olishini talqin etadi. Ibn Sino yashagan davrda bunday ilg’or g’oyani ilgari surishga jur`at etgan buyuk olim insoniyatning katta hurmatiga sazovordir. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" kitobi hozirgi zamon tibbiyotida ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |