1-Mavzu: Yurist yozma nutqining shakllantirish talablari Reja: Yurist yozma nutqining shakllantirish


- Mavzu: Jamoada ishni to`g`ri tashkil etish usullari



Download 4,54 Mb.
bet11/66
Sana31.12.2021
Hajmi4,54 Mb.
#202568
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66
Bog'liq
Ma`ruza matn Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya(1)

3- Mavzu: Jamoada ishni to`g`ri tashkil etish usullari

Reja:

1. Jamoaning ishchi guruhidan farqi.

2. Jamoa ishining afzalliklari.

Jamoaning ishchi guruhidan farqi.

Jamoa ishini muvaffaqiyatli tashkil etishda jamoa nima ekanligi,

jamoa ishi qanday tashkil etilishi, jamoa a’zolari va liderning

xususiyatlari, jamoa a’zolarining rollarini bilish muhim sanaladi.

Jamoa – turli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va turli vazifalarni

bajaradigan, umumiy loyiha, ish yoki maqsad ustida birgalikda

ishlaydigan va vazifalari umumlashtiriladigan, bir-biriga xisobot

beruvchi shaxslar jamlanmasi.

Jamoaning ishchi guruhdan farqi nimada?

Ishchi guruhning xususiyatlari quyidagilardan iborat:

 Zaif kommunikativ aloqa, guruh a’zolari o‘rtasida bir-birini

o‘zaro yaxshi tushunmaslik;

 Birgalikdagi ishlarda rasmiy vazifalarga egalik;

 Ish natijasiga har bir a’zoning individual tarzda, ish qismlarini

alohida-alohida bajarishi orqali erishiluvi;

 Individual natijagagina javobgarlik;

 O‘z ish qisminigina bajarish istagi;

 Rasmiy rahbar tomonidan qabul qilingan topshiriq va qarorlarni

bajarish amaliyoti.

Jamoaning xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

 Mustahkam kommunikativ aloqa, umumiy til, o‘zaro aloqa

kanallarining tashkil etilganligi;

 Hamkorlik formal bo‘lmagan aloqalar, ko‘pincha do‘stlik bilan

qo‘llab-quvvatlanadi;

 Ishning yakuniy natijasi bo‘yicha umumiy xulosaga kelish,

funksional topshiriqlarni birgalikda bajarish;

 Umumiy natija uchun birdek mas’uliyat, javobgarlik;

 Kollektivlik hissi (biror-bir ishda umumiy qatnashish);

 Umumiy qaror qabul qilish amaliyoti.

Jamoa ishi – qo‘yilgan vazifalarni birgalikda samarali bajarish

uchun jamoadoshlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish hisoblanadi. Jamoa

ishi ish faoliyatidagi muvaffaqiyatlarning muhim bo‘lagidir.

Ma’lumki, basketbol jamoaviy o‘yinida nafaqat to‘pni

muvaffaqiyatli otish, balki jamoa har bir a’zosining o‘z vazifalarini

bajarishi muhim hisoblanadi. Masalan, mazkur sport turida bir o‘yinchi

basketbol to‘pini savatga tushirib hisobni ochgani bilan, aslida bu

o‘yinchining ochkosi jamoa a’zolarining shunga qadar amalga oshirgan

harakatlari – tez rejalashtirish, muvofiqlashtirish va hamkorlik kabi

ko‘nikmalari orqali olingan bo‘ladi.

Ish beruvchilar, odatda, nafaqat boshqalar bilan yaxshi ishlay

oladigan odamlarni, balki, jamoada hamma ham to‘pni qo‘lga kiritish

qobiliyatiga ega emasligini tushunadigan odamlarni izlaydi. Ish joyidagi

har bir kishi maqsadlarni amalga oshirish uchun birgalikda harakat

qilganda, maqsadga ko‘proq erishiladi.

Quyidagi bir necha muhim ko‘nikmalar va odatlarni qo‘llash orqali

odamlar bilan ishlashni va munosabatlarni o‘rnatish mumkin:

 Hamkorlikda ishlash;

 G‘oyalar, takliflar va harakatlar bilan guruhga yordam berish;

 Muloqot ko‘nikmasi (fikr berish va olish);

 Mas’uliyat hissi;

 Turli fikrlar, urf-odatlar va shaxsiy imtiyozlarga nisbatan hurmat

hissi;


 Guruh qaror qabul qilishda ishtirok etish ko‘nikmasi.

Xodimlar bilan bir maqsadga erishish uchun birgalikdagi mehnat

barchaga foyda keltiradi. Ish beruvchilar buni turli yo‘llar bilan

“ko‘rishlari” mumkin.

Masalan, ish joyidagi jamoa a’zolari oldindan rejalashtirib,

birgalikda ishlagan holda vazifalarni belgilash, o‘sishni baholash va o‘z

vaqtida topshirish uchun birgalikda ishlashadi. Ular turli xil

yondashuvlar va fikrlarni hurmat bilan qarab chiqish va baholash

mumkin bo‘lgan professional munozaralarga kirisha oladilar. Hatto ba’zi

xodimlar boshida o‘zlariga yuklanmagan vazifalar ijrosi bilan ishni

yakunlashsa ham, ishlar jamoaviy ruhda bavjarilgani va umumiy maqsad

bilan bog‘liqligi tufayli, bu borada hech qanday shikoyat tug‘ilmaydi.

Jamoa liderining o‘zi ham ko‘pincha jamoa ishini bajaruvchi

sifatida xizmat qilishi mumkin. Bunday holda, jamoa a’zolari muammo

muhokamasiga o‘zaro hurmat bilan kirishishadi, tayinlangan vazifalarni

hamkorlikda bajarishadi va maqsadga erishish uchungina liderga

bo‘ysunadi. Jamoa lideri, o‘z navbatida, ahil va effektiv jamoani saqlab

qolish, uni yanada kuchaytirishga xizmat qiladigan taklif va qarorlarni

qo‘llab-quvvatlaydi, ularning tezroq ro‘yobga chiqishiga yordam beradi.



Vakolatlilik prinsipida rollar taqsimoti samaradorligi shundaki, har

bir rol majburiyatlari ushbu rolni bajaruvchi jamoa a’zosining malaka va

bilimidan yuqorilab ketmaydi. Jamoa a’zolari o‘zlarining induvidual

ehtiyojlari uchun ahamiyatga ega bo‘lgan rollarga ko‘proq urg‘u

beradilar.

Afzallik prinsipiga ko‘ra, shunday maqsadli rollar taqsimotini

samarador deb hisoblash mumkinki, unda jamoa a’zolarining ko‘pchiligi

o‘zlari afzal ko‘rgan rollarni bajaradilar. Boshqacha aytganda, jamoa

a’zolarining o‘zlari maqsadli rollarga ideal ravishda mos keladigan

rollarni tanlashlari mumkin.

Bunday hol kelgusida jamoa a’zolari faoliyati samaradorligining

pasayishiga olib keladigan, jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlarida

buzilishlarni keltirib chiqaradigan ziddiyatlarni bartaraf etadi.

Salbiy ichki raqobat boshlanishi va samarali ish energiyasi isrof

bo‘lishining oldini olish maqsadida jamoa lideri rollarni tayinlashda yoki

tanlashda bu ikki tamoyil o‘rtasida muvozanatni saqlashga intilishlari lozim.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish