3. Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi.
4. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o’rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi.
5. Kibernetika fani sohasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o’z o’rnida foydalanadi.
6. Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
7. Iqtisodiyot bilan yosh davrlari psixologiyasining o’zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi.
Psixolog Ananev psixikani o`rganish metodlarini 4 guruhga ajratadi.
tashkiliy
empirik (seminar)
natijalarni qayta ishlash (statik)
natijalarni sharxlash.
Tashkiliy – qiyoslash, longityud (uzluksiz) metodga kompleks (ko`pyoqlama) deb nomlangan metodlar kiradi.
A) qiyoslash-turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlarini , shaxs xususiyatlari, bilimlarnni o`zlashtirishi, aqliy kobilyati, rivojlanishi dinasmikasi, jinslarning tafovutlari va o`ziga xosligini o`rganishda kullaniladi.
2. Empirik metodlar - kuzatish, eksperiment, test, anketa, surov, sotsiometriya, suxbat, intervyu, faoliyat maxsuli va uni tahlil qilish. Ular sinash, tekshirish, diagnoz (aniqlash) prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.
Natijalarni qayta ishlash a) statistik va b) psixologik tahlil turlariga bulinadi.
a)Tajribalarda olingan kiymatlarning ishonchlilik darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
b)To`plangan materiallar psixologik tahlil qilinganda, barcha fikr va mulohazalar ishonchli omillar orqali isbotlab beriladi.
Sharxlash - genetik va donalash metodlaridan iborat. Genetik metod - sinaluvchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o`zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif va tavsif berish, psixik uzarishlar bilan rivojlanish belgilarining bevosita bog’likligining ildizi aniqlanadi. M: inson nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlari bir paytda katnashadi, ularning ahamiyati, ulushi, o`zaro bog’likligi asoslab beriladi.
Empirik metodlar – kuzatish ob’ektiv (tashqi) sub’ektiv (o`z-o`zini kuzatish).
Do'stlaringiz bilan baham: |