4.Ontogenez davrlarini tabaqalash nazariyalari
Psixologiya fanida ontogenezni davrlarga tabaqalash bo‘yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.
Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari ifodalagan yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |