11. Mavzu: Pol yuzalarini qoplovchi materiallar.
Reja
1. Qoplovchi material turlari
2. Plitali materiallar
3. Choksiz yaxlit pollar uchun materiallar
Tayanch iboralar:Pol,polimer,rulon,plitka,yaxlit,keramik,tejamli, sintetik,to’ldirgich, linolium,rezina,to’shash, asos, izolyasiya, namat, rang, polivininxlorid, relin,sirt,qoplash,choksiz,plastbeton,mineral moylar.
1. Qoplovchi material turlari
Xozirgi varqtda qurilishda pollarni yopish uchun polimer rulon va plitka materiallar keng tarqalgan. Bundan tashqari ulardan choksiz yaxlit pollarni qilish uchun foydalaniladi.
Polimer materiallar yog’och va keramik qoplamalardan bir necha marta yengil, ular mustahkam, bioturg’un va gigiyena talablariga javob beradi, shuningdek tashqi ko’rinishi chiroyli va suvni kam singdiradi. Rulon materiallardan qilingan pollar tejamli va qurilishni industriallash talablariga to’la javob beradi.
Pollar qoplanadigan rulon materiallar turli sintetik polimerlar asosida to’ldirgichlar, plastifikatorlar va pigmentlar kiritib tayyorlanadi. Ular linoliumlarga va sintetik gilam qoplamalarga bo’linadi, Dastlabki polimer turiga qarab linoliumlar polivinilxlorid, gliftal, kolloksilinli rezina (relin) va 6oshqa linoliumlarga bo’linadi.
Pollar qoplanadigan polimer rulon materiallar yeyilishga yaxshi qarshilik
ko’rsatadi, suvni kam singdiradi, egiluvchanligi yuqori va boshqa ijobiy xossalarga ega bo’ladi. Linoliumning o’ng yuzasi silliq, yaltiroq yoki yarim yaltiroq, dog’larsiz, tirnalmagan, ezilgan joysiz, kovaksiz va do’ppaygan joylarsiz bo’lishi kerak. Bir xil rangli linolium butun yuzasi bo’yicha tekis va bir xil tusga ega bo’lishi kerak. Ko’p rangli linolium chuqur bo’yalgan, ya’ni rasm yoyiladigan qatlamning butun qalinligidan o’tishi, aniq bo’lishi kerak. Linolium rangi ,nur, havo va suv ta’siri ostida o’zgarmasligi kerak.
Pollar linolium bilan faqat barcha pardozlash ishlari tugagandan keyin qoplanadi. Linoliumli pollar nuqsonlarining katta qismi asosning yuqori darajada namligi, uning iflosligi va bir tekis emasligining natijasi hisoblanadi. Linolium elastik, shu sababli u asosdagi ozgina botiqlik va qavariqlikni qabo’l qiladi, shu tufayli asosni tayyorlanish sifatiga ahamiyat berish lozim.
Linolium rulonlari vertikal vaziyatda kami bilan 10°S temperaturali quruq
xonalarda saqlanadi. Agar linolium pastroq temperatura bilan keltirilgan bo’lsa, u xonada 1 sutka davomida ochilmasdan saqlanishi kerak. To’shashdan bir necha sutka ilgari rulonlarda saqlanganda hosil bo’lgan to’lqinsimonligini bartaraf qilish uchun linoliumni yoyib qo’yish kerak.
Polivinilxlorid linolium mato asosida yoki asossiz ( 53-rasm) tayyorlanadi. Asosga material qo’yilmagan linolium bir, ikki va ko’p qatlamli bo’lishi mumkin. Bundan tashqari g’ovakli yoki namat asosida issiqlik tovush izolyasion linolium ishlab
chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |