2. Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimining
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat talim standartlari
Umumiy orta talimning davlat talim standarti oquvchilar umumiy orta tayyorgarligiga, saviyasiga qoyiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
Davlat talim standarti talim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Talim mazmunining ozagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat korsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) talimning barqaror darajasini taminlash sharti amalga oshiriladi. Davlat talim standarti oz mohiyatiga kora oquv dasturlari, darsliklar, qollanmalar, nizomlar va boshqa meyoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bolib xizmat qiladi.
Umumiy orta talimning davlat talim standarti ozining tuzilishi va mazmuniga kora davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda , eng asosiysi, oquvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi. Davlat talim standartini bajarish Ozbekiston Respublikasi hududida faoliyat korsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy boysunishidan qati nazar, barcha talim muassasalari uchun majburiydir.
Davlat talim standartlari, shu jumladan, davlat tili davlat talim standarti ham talim jarayoni oldiga qoyilgan ijtimoiy talablardan kelib chiqqan holda belgilab beriladi. Davlat tili talimi oldiga qoyilgan ijtimoiy buyurtma oquvchi shaxsini fikrlashga, ozgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini ogzaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, yani kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga orgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda davlat tili talimi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qoyiladi.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimining davlat talim standartlarini tasdiqlash togrisidagi 187-sonli qarori talim-tarbiya sohasini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, oqitish sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida talim sohasi tubdan yangilanib, oqitishning ilgor usul va metodlarini amalda qollash boyicha ulkan tajriba toplandi. Talim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oquv-laboratoriya anjomlari, zamonaviy oquv-metodik baza tatbiq etilmoqda. Bugun zamon shiddatli tarzda rivojlanyapti. Demak, umumiy orta talim fanlarini oqitishga zamon talablari asosida yondashish, talimda eng ilgor texnologiyalarni qollash davr talabi. Umumiy orta talim fanlarini oqitishning uzluksizligi va izchilligini taminlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimi boyicha davlat talim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomilashtirish, oquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish maqsadida qabul qilingan mazkur qaror talim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirishda muhim omil boladi.
Talim togrisida gi qonun, Kadrlar tayyorlash miliy dasturi talablari asosida qabul qilingan qarorda umumiy orta talimning yangi davlat talim standartlari ilova tarzda berilgan. Yangi DTSning maqsadi umumiy orta talim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgor tajribalari hamda ilm -fan v a zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalariga asosslangan holda tashkil etish, manaviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Amaldagi davlat talim standartlarining mazmuni:
bilim, konikma va malakalar majmui ;
tayanch oquv reja;
oquv dasturlari;
baholash mezonidan iborat edi.
Yangi, yani kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat talim standarti tarkibidan:
oquv fanining maqsad va vazifalari;
umumiy orta talim fanlarini organishning mazmuni;
tayanch va fanga oid kompetensiyalar;
umumiy orta va orta maxsus, kasb -hunar talimi muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qoyiladigan malaka talablari;
tayanch oquv reja;
oquv dasturlari joy oldi.
Takidlash joizki, oquvchilarning egallagan bilim, konikma va malakalarini amalda qollash layoqatini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat talim standartlari va oquv dasturlari loyihasi uch yil davomia respublikamizning 70 ta talim muassasalarida va Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi 6 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumiy orta maktabida tajriba - sinovdan otkazilib, takomillash tirildi. Xususan, yangi DTSga fanga oid kompetensiyalar bilan birga kommunikativ, axborot bilan ishlash, oz -ozini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, miliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bolish hamda foydalanish kabi tayanch kompetensiyalar elementlari ham kiritildi.
Endilikda oquvchilar yoshi, ozlashtirish qobiliyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda egallashi lozim bolgan bilim, konikma, malaka va kompetensiyalar belgilanadi. Yani, majburiy minimal talim mazmuni har bir talim bosqichi uchun uzviylik,uzluksizlik asosida taqsimlandi. Jumladan, umumiy orta tizimida fanlarni organish bosqichlari shunday tartibda belgilandi:
umumiy orta maktablarining boshlangich talimi, yani 4 sinf bitiruvchilari A1daraja;
umumiy orta fanlari chuqurlashtirib oqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 4 -sinf bitiruvchilari A1+daraja;
umumiy orta maktablarining 9 - sinf bitiruvchilari A2 daraja;
umumiy orta fanlari chuqurlashti rib oqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 -sinf bitiruvchilari A2+ daraja;
umumiy umumiy orta fanlariga ixtisoslashtirilmagan orta maxsus, kasb - hunar talimi muassasalari bitiruvchilari B1 daraja;
umumiy orta maktablarining 9 -10-sinflari hamda umumtalim fanlariga ixtisoslashtirilgan orta maxsus, kasb - hunar talimi muassasalari bitiruvchilari B1+darajada bilimga ega bolishi zarur. Masalan, Davlat tili boyicha davlat talim standarti talablarini olaylik.
Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarida ozbek tili (talim ozbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan talim muassasalari uchun) fanini organish bosqichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |