1-mavzu. Yangilanish davrida ona tili talimini oqitishning
huquqiy-meyoriy asoslari.
Reja:
Ozbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ozbek tili talimini rivojlantirishning metodologik asoslarining yaratilishi.
Ozbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Talim togrisidagi Qonuni, Ozbekiston respublikasi xalq talimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantiirsh konsepsiyasi va boshqa rasmiy hujjatlarda filologik talim va tadqiqot samaradorligini oshirish masalalari.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida Biz oz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug maqsadni qoygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak”1, degan muhim vazifa qoyildi.
Yangilanish davrida Ozbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Talim togrisida”gi Qonuni hamda Davlatimiz rahbarining Farmon va Qarorlari ozbek tilini organish, uning davlat tili maqomini mustahkamlash, mamlakatimiz va jahonda keng targib qilish ishlarini yangi bosqichga kotarishda muhim tarixiy qadam boldi.
Rasmiy talim-tarbiya uzluksiz talim tizimini tashkil qiladi. Uning boshqa talim-tarbiyalardan farqi shuki, jamiyat talabi asosida ishlab chiqilib, davlat buyurtmasi, talablari mazmun mohiyatiga mos tasdiqlangan dastur, ishchi reja asosida amalga oshiriladi. Ozbekiston Respublikasining Talim togrisidagi Qonuni, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni, 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeiyni tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-son Farmoni, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni, 2020-yil 29-oktabrda qabul qilingan Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash togrisidagi PF-6097-son Farmonining 1-ilovasi 4-bob 4-paragraf, 2020-yil 6-noyabrdagi Talim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi PQ-4884-son Qarori qabul qilindi.
Malumki, 2019-yil 29-aprelda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepiyasida talimning mazmuni va metodlarini yangilash muhim vazifa sifatida belgilangan2. Ayni paytda Ozbekistonda 10 mingdan ziyodroq umumtalim maktabida 6 yarim million oquvchiga talim berib kelayotgan yarim millionga yaqin oqituvchining faoliyati boshdan oyoq shunga qaratilgan. Konsepsiyada belgilangan ulugvor maqsadlarni amalga oshirish uchun oqituvchining bilim va pedagogik mahorati, manaviy qiyofasi, saviyasi, innovatsion ozgarishlarga moyilligi yetarli bolishi lozimligi oz-ozidan ravshan.
Ozbekiston Respublikasi xalq talimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi xalq talimi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yonalishlarini belgilab beradi, jumladan:
Ozbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oquvchilarni baholash dasturi reytingi boyicha jahonning birinchi 30 ta ilgor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
uzluksiz talim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oqitish metodikasini takomillashtirish, talim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq talimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq talimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag bilan taminlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini taminlashda maktabdan tashqari talimning zamonaviy usullari va yonalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat talim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar talim-tarbiyasi uchun qoshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
xalq talimi tizimida faoliyat korsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy orta talim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tolash, moddiy ragbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.
Ozbekistonda birgina 2019-yilning ozida mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi, 19 ta yangi oliy oquv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi, OTMlarga 146 ming 500 nafar yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar kop talaba oqishga qabul qilindi. Prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi Ozbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida”gi PF-5847-sonli Farmonida Ozbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta orindagi oliy talim muassasalari royxatiga kiritish”3 belgilab qoyildi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida”gi PF-6097-son Farmonida ilm-fanni, shu jumladan, ozbek tili va adabiyoti sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, uning zamonaviy infratuzilmasini yaratish vazifalari belgilab berildi4. Farmon yangi davr poydevorini yaratishda tarixiy bosqichga qadam boldi.
Yangilanish davrida ozbek tilining obro-etibori va ahamiyatini oshirishda keyingi ikki yilda qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar goyat muhimdir. Birinchisi. Prezidentning 2019-yil 21-oktabrdagi Ozbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari togrisidagi PF-5850-son Farmonida 21-oktabr sanasi Ozbek tili bayrami kuni deb elon qilindi. Shuningdek, 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilib, uning vazifalari etib belgilandi, xususan, sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish; davlat tili togrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish; ozbek tilining yozma nutqi meyor va qoidalarini ishlab chiqish boyicha hamda lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosini toliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish; davlat tilini rivojlantirish boyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; davlat tilini rivojlantirish boyicha dasturlar va «yol xaritalari»ni ishlab chiqish va nazorat qilish; ilmiy asoslangan yangi soz va atamalarni istemolga kiritish, zamonaviy atamalarning ozbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qollanishini taminlash, geografik va boshqa toponimik obektlarga nom berilishini monitoring qilish va muvofiqlashtirish; davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qollab-quvvatlash masalalariga alohida etibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |