Aim.uz
bakovullar, miroxo‘rlar, suv tarmoqlari nazoratchilari,mahalla, mavze va qishloq
oqsoqollari faoliyat yuritganlar.
Amirning ikkinchi vaziri qo‘shbegi poyon, ba’zi manbalarda mir poyon deb atalgan
bo‘lib,
unga yasovulboshi, miroxo‘rboshi, xazinachi, mirzalar,bakovulboshi,
zakotchilar bo‘ysungan. Miri poyon ularni bevosita o‘z nazoratiga olib turgan.
Buxoro amiri huzurida yuqori lavozimdagi mansabdorlar bilan birga quyi amaldagi
mansabdorlar ham mavjud bo‘lgan. Amir farmonlarini yetkazuvchi parvonachi,
amirga doimo hamroh bo‘lib
yuruvchi hidoyachi, amir maslahatchisi va xorijiy
mehmonlarni ko‘tib oluvchi shig‘ovul, amir osoyishtaligi va tinchligini muhofaza
qiluvchi tongotar(tunqator), amirga qaratilgan salom va ta’zimlarni qabul qiluvchi
javobgar salom og‘asi, amir dasturxoniga javobgar dasturxonchi, amir safari
chog‘ida nomozga chorlovchi imomi jilov, amir safari chog‘ida
qonun bilan
shug‘ullanuvchi mufti jilov, amir maslahatchilari guruhi jam’og‘a kabilar shular
jumlasidan. Amirga bo‘lgan sadoqati va xizmati uchun alohida shaxslar dodhoh,
inoq, to‘qsabo, otaliq, eshikog‘asi kabi unvonlarga ega bo‘lganlar.
XVIII-XIX asrning birinchi yarmida amirlikda eng oliy diniy mansab shayxulislom
hisoblangan. Ammo,bu davrda uning vazifalari ancha toraygan edi. XIX asr
o‘rtalaridan boshlab shayxulislom o‘rnini qozikalon egallaydi. YUqorida eslatilgan
amir huzuridagi kengashda din vakillaridan qozikalon, shayxulislom, naqib va rais
qatnashgan.
Amir Muzaffar davridan boshlab amirlikdagi barcha
huquqiy normalar qozilar
tomonidan hal qilingan. Barcha fuqarolik,xo‘jalik va jinoiy ishlar Qur’on asosida
ko‘rib chiqilgan hamda jazolar tayinlangan. Qozilar amir irodasiga ko‘ra qozikalon
tomonidan tayinlangan. Shariat bo‘yicha boshqaruv qozilar qo‘lida bo‘lgan.
Qozikalon amirlik poytaxtining bosh qozisi bo‘lishi bilan birga, davlatdagi boshqa
qozilar boshlig‘i hisoblangan.
Amirlikda rasman uchta diniy unvon – o‘roq, sudur va sadr mavjud bo‘lgan.
Manbalarga ko‘ra, madrasani tugutgan shaxs mulla, qozi, rais amallarini egallashi
mumkin bo‘lgan. YUqoridagi amallarda bir necha yil ishlagnidan so‘ng shariat
huquqlari sohasida to‘plagan bilim va tajribalari asosida bunday shaxslarga dastlab
o‘roq, keyin sudr va so‘ngra sadr unvonlari berilgan. Eng oxirgi diniy unvoni
bo‘lgan shaxslar qozikalon, muftiy, a’lam, oxun kabi diniy amallarni egallashi
mumkin bo‘lgan.
Amirlikda harbiylar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning shikoyatlarini shu
masalalar bilan shug‘ullanuvchi maxsus amaldor-qozi askar ko‘rib chiqqan. Harbiy
jinoyatlar bo‘yicha fatvo tayyorlash muftiy askar zimmasida bo‘lgan. Demak,
amirlikdagi harbiylar va fuqarolik ishlari alohida-alohida
mahkamalar tomonidan
ko‘rib chiqilgan.
Amir Nasrullo davrida amirlikda muntazam qo‘shin – sarbozlar qo‘shini tashkil
etilgan. Eng yuqori harbiy unvonlar sarkarda, amiri lashkar, dodxoh(qo‘shin
boshlig‘i) kabilar bo‘lib, qo‘ronbegi, to‘qsabo, mingboshi kabi oliy toifali harbiy
amaldorlar ham faoliyat yuritgan.