Bo‘sh tip . Bolalikdan quloq solmaslik bilan ajralib turadi, hamma joyga «burnini tiqadi», lekin ular jazodan qo‘rqib, boshqa bolalarga osonlik bilan bo‘ysunishadi. Xulq- atvorning oddiy qoidalarini qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Ulrni har doim kuzatib turish kerak. Ularda birinchi sinfdayoq o‘qish istagi yo‘q. Qattiq nazorat qilishganda ilojsizlikdan bo‘ysunishadi, lekin ilojini qilib, darsdan qochishga harakat qiladi. Kattalar buyurgan har qanday ishda, burch va majburiyatlarni bajarishda to‘liq irodasizlik namoyon bo‘ladi. Bekorchilikka, maxmadonagarchilikka, o‘yin-kulgiga, kayf-safoga kuchli intilish juda erta seziladi. Darsdan qochib, kinoga kiradi yoki ko‘chada o‘ynab yuradi. O‘rtoqlari tomonidan gijgijlangani uchun, ulfatlarni deb, yengiltak xulq-atvor egalariga bajonidil taqlid qiladilar. Har bir kunni ko‘chadagi ulfatlar orasida o‘tkazishga tayyor. Bolalik davridanoq chekishni boshlaydi. O‘smirlik davrida bezorilarcha harakat qiladi. O‘yin-kulgi qilish uchun xulq-atvor buziladi. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish erta (ba’zan 12-14 yoshdan) boshlanadi. Ular hech kachon yaqin kishilarni chin dildan sevmaydilar. Oilaviy tashvishlarga beparvo qaraydilar. Uning uchun yaqin kishilari eng avvolo o‘yin-kulgi manbai hisoblanadi. Ko‘chadagi yomon bolalarga erta qo‘shilishga intiladi. Bo‘sh o‘smirlarda tashabbuskorlikning yetishmasligi va qo‘rqoqlik, ularni bunday guruhlarning quroli bo‘lib qolishiga olib keladi. Guruhiy qonun buzishda ular «yemagan somsasiga pul to‘laydilar». Qandaydir mexnatni talab qiladigan qiziqishlarga ular erisha olmaydilar. Shuning uchun tasodifiy uchrashib qolgan kishi bilan soatlab gap sotadilar.
Moslashuvchan tip . Asosiy xususiyat tevarak-atrofga doim moslashish xos. Ularning hayot qonuni-»hammaga o‘xshab» o‘ylash, «hammaga o‘xshab» harakat qilish, hamma narsa hammanikiday bo‘lishiga intilishdir. Bunda «hamma» deb tevarak atrofdagi kishilar tushuniladi. Ular «hammadan» qolib ketishni istamaydi. Bu ayniqsa kiyimlar modasida aniq ko‘rinadi. Qandaydir yangi moda chiqqanda, uni moslashuvchan tip vakilaridan ko‘p qoralovchilar bo‘lmaydi. Ular yangi modani o‘zlashtirib olganlari zaxoti bu kiyim ularga yoqib qoladi, ilgari bu kiyimni yomonlaganliklarini ham unutib yuborishadi.
Tevarak-atrof har doim mos bo‘lishga intilib, hech kachon unga qarshi chiqa olmaydilar. Shuning uchun yaxshi kishilar orasida yaxshi bo‘lib, hamma ishlarni bekamuko‘st bajarishadi. Bezorilar orasiga tushib qolganlarning xulq-atvoridagi barcha odatlarni va qiliqlarni o‘rganib olishadi. Moslashuvchan o‘smirlar «ulfat uchun» ichaverib piyonista bo‘lib ketishi va guruhiy qonunbuzarlikka tortilishi mumkin.
Moslashuvchan tipning bolaligi kattalar tomonidan nazorat qilib turilsa, yaxshi o‘tadi. Bu tip faqat o‘smirlik yoshida ko‘rinadi. Ular o‘rganib qolgan o‘smirlar guruhini qadrlashadi, bu guruhning muntazamligini, tevarak-atrofning doimiyligini yoqtirishadi. Kasb tanlashda yoki o‘qishni qaerda davom ettirishni tanlashda, ko‘pchilik o‘rtoqlari qaerni tanlashsa, u ham shu yerni tanlaydi. Agar moslashuvchan o‘smirga o‘rganib qolgan guruhni nima uchundir ruyixushlik bermasa, bu eng og‘ir psixik kasallikdayok idrok etiladi. Ular ota-onalari yoki tarbiyachilari, o‘rganib qolgan o‘rtoqlari muhitdan qaytarib olingandagina bundan qutilishadi. Moslashuvchan tipning xarakteridagi bo‘sh joy-bu keskin o‘zgarishlarga chiday olmasligidir. Hayotiy stereotipning buzilishi, o‘rganib qolgan muhitdan ajralishdan qattiq azob chekishi mumkin. Bu o‘smirlarning o‘z-o‘zini baxolashi yomon emas. Ularning ko‘pchiligi uz xarakteridagi asosiy xususiyatlarni to‘g‘ri baxolashadi.
Bu savolnoma 13-21 yoshdagi o‘smirlar va yoshlarni tekshirishga mo‘ljallangan. A.E.Lichko va uning xodimlari taklif etgan tiplarga bo‘lish yordamida xarakterga urg‘u berish (aksentuaciya) tipiga bog‘liq ravishda tuzatish ishlarini olib borish mumkin.
Xarakteri o‘zgargan o‘smir bilan ishlashning usullaridan biri aksentuatsiya tipiga bog‘liq ravishda unga yaxshi tashqi sharoit yaratishdir. Masalan, shizoid o‘smirlarni faol jamoatchilik faoliyatiga jalb etishning, ko‘p odamlar qatnashadigan jamoa tadbirlariga chorlashning foydasi yo‘q. Uni chuqur individual mashgulotlarni talab etadigan aqliy yoki jismoniy ishning biror turiga jalb etish ko‘proq foydaliroq bo‘lur edi. (Masalan, matematik tugaraklarga qatnashish, kompyuter uchun o‘yinlar va programma tuzish va xakozo).
Biz yuqorida tarbiyasi qiyin bolalarni va o‘smirlarini har xil toifalarga ajratishdan ba’zi qarashlarni bayon qildik. Psixolog ishning u yoki bu yo‘nalishini tanlab olishi, u o‘z oldiga kuygan vazifalarga bog‘liq ravishda «tarbiyasi qiyin» bolalarni ajratishning uz metodlarini ham ishlab chiqish mumkin. Ko‘pincha har xil nuqtai nazarlarni qo‘llash foydali bo‘ladi.
Tarbiyasi og‘ir bolalar muommosi azaldan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan.
Bu muammoning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug‘ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan, u qanday ijtimoiy muhitda tug‘ilib voyaga yetib, ulg‘ayotganligiga e’tiborni qaratishimiz lozimdir. Sobiq Ittifoq davrida shaxs xulq-atvoriga irsiy omillar va uning tabiiy xususiyatlarini ta’sir qilishi haqidagi qarashlar inkor etilar edi. Biroq N.P.Dubinin, V.P.Efroimson, N.S.Kanstonistov, B.F.Sergeyev va boshqa genetiklarning bildirishicha, shaxsning genetik xususiyatlari, undagi ba’zi tug‘ma kasalliklar va xususiyatlar ham shaxs xulq-atvorining shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etilishini e’tirof etganlar.
Ko‘pchilikning fikriga qaraganda oxirgi paytlarda tarbiyasi og‘ir bolalar bilan bog‘liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular sonining keskin oshganligi ta’kidlanadi. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog‘lash mumkin, ya’ni, hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi (uzluksiz televizor ko‘rish, kompyuterdagi har xil o‘yinlar epizotlariga taqlid qilish, Internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o‘zlashtirishi) yoki kattalarning e’tiboridan chetda bo‘lishi, oiladagi krizis va hokazolar. Bu omillarni inkor etmagan holda, mazkur muammoning tub sabablarini bolaning psixik taraqqiyotidan qidirish lozim.
Hech kimga sir emaski bugungi kun bolalari o‘zlarining yigirma yil oldingi tengdoshlaridan farq qilishadi. Hozirgi yoshlar tez ta’sirlanuvchan, mustaqillikka moyilligi yuqoriligi va shu bilan birga nisbatan befarq, o‘z vaqtlarini mazmunli ijtimoiy foydali faoliyatga sarflagilari kelmaydi. Vaholanki inson tabitan o‘ziga xos oson va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga moyil bo‘ladi. Inson xulq-atvori tarkibining aksariyati tabiiy instinktlari tazyiqi ostida bo‘lishini inobatga olinishi kerak. Ushbu tazyiqlarni to‘g‘ri muvofiqlashtirish insondan irodaviylikni talab qiladi. Bu holatni zamonaviy texnikaning rivojlanganligi ta’siri deb ham izohlash mumkindir. Ko‘pchilik hollarda bolalardagi bu o‘zgarishlarga e’tiborsizlik va befarqlik ularning xulq-atvorida salbiy og‘ishlarining boshlang‘ich sababi va asosi bo‘lishi mumkin.
Amerikalik amaliyotchi psixologlar tomonidan psixologik xizmat doirasida bolani tarbiyasidagi salbiy o‘zgarishlarni oldini olishda eng avvalo bolaga ta’sir ko‘rsatish zarurligi ta’kidlanadi. Buning uchun bolani o‘zini o‘zgartirishga tayyorlash, ya’ni:
-tashqi muhit ta’siridan sarosimaga tushmaslikka;
-turli xil qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘rgatish lozim.
Demak, olimlarning fikricha bolada mavjud noto‘g‘ri salbiy o‘zgarishlarni ruhiy rivojlanishning me’yor darajasiga yetkazish orqali bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarni yo‘qotishga erishish mumkin ekan.
Shu o‘rinda psixologiya faniga murojaat etib, inson psixikasida ongning tarkib topishi xususiyada qisqacha to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik. Ma’lumki, inson ongining yuksak belgilaridan biri uning o‘zini anglashidir. Uning o‘zini anglashi o‘z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Inson o‘z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Insonning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu nuqtai-nazardan olganda, insonning o‘zini anglashi sub’ektiv ravishda o‘zini «men» deb his qilishida ifodalanadi.
Inson ijtimoiy zot bo‘lganligidan unga o‘zligini anglash qobiliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o‘zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o‘zini anglashi, o‘zini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o‘zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o‘zining o‘tmishi va kelajagini anglashi, o‘z huquq va burchini anglashi va nihoyat o‘zining fazilat hamda kamchiliklarini anglashi o‘zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o‘zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil − inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tug‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida tizimli beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir.
Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bog‘liqdir. Bu faktor nasliy yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va ko‘zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug‘ma ravishda berilishi mumkin. Ma’lumki, odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan berilmaydi, deb izohlanadi. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, real hayotda ko‘pincha insonning xarakter xususiyatidagi salbiy og‘ishlar uninng nasliy tarkibi bilan bog‘liq ekanligiga amin bo‘lamiz.
Insonning shaxs sifatida shakllanishi uning biologik va ijtimoiy omillariga bog‘liq ekan. Demak, bolalar xulq- atvorining salbiy tomonga og‘ishida ham bevosita o‘ziga xos yuqoridagi ikki omilning o‘rni bor. Bolaning xulq-atvori ko‘pincha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, qiziqishlari, idealari va e’tiqodlari majmuida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xulq-atvordagi o‘zgarishlar bevosita yosh krizis davrlarining kechishi bilan bog‘liq yuz berishi tabiiydir.
Shunday qilib boladagi salbiy illatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |