Tutqanoqli tip. Ba’zi xollardagina bu tipning xususiyatlari bolalikdan namoyon bo‘ladi. Bunday bola soatlab yig‘lashi mumkin, uni ko‘ndirishda shafqatsizlik ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi, bunday bolalar hayvonlarni qiynashi, kichiklarning jig‘iga tegishni, ojizlarning ustidan kulishni yoqtiradi. Maktabda o‘quv qurollarini tutishda juda tartibli. Ko‘pchilik hollarda bu tipning xususiyatlari o‘smirlik yoshida namoyon bo‘ladi. Ulardan asosiysi eng yomoni darg‘azab bo‘lgan davrda va zahrini sochish mumkin bo‘lgan insonni izlash hisoblanadi. Bunday holat soatlab, kunlab davom etadi. U jazava tutishi bilan bog‘liq. Affektiv portlash to‘satdan ro‘y berganga o‘xshaydi. Affekt uzok, asta-sekin sodir bo‘ladi. Arzimas narsa portlashga sabab bo‘lishi mumkin. Qattik xayajonlanish xolati faqat kuchli bo‘lib qolmay, u uzoq vaqt davom etadi.
Instinktiv hayot qattiq zo‘riqish bilan ajralib turadi. Kuchli jinsiy qiziqish shafqatsizlik layoqatlari bilan birlashishi mumkin. Sevgi bilan birga kuchli rashk ham mavjud. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish og‘ir janjallar bilan tugaydi. Mastlikda qilgan ishini bilmaydi. Qimor o‘yinlariga ishqiboz. Boyishga bo‘lgan qiziqish tez uyg‘onadi. To‘plangan narsasining moddiy boylik bo‘lgani uchun uni to‘plashga qiziqadi. Sport jismoniy kuchni rivojlantirishga imkon bergani uchun o‘ziga tortadi. Qo‘shiq aytish va musiqa bilan yolg‘iz shug‘ullanishni yoqtiradi, bunda u zo‘r hissiy orom oladi. Bunda imillab harakatlanish, besunaqaylik, harakat va hissiyotdan tortib, tafakkur va shaxsiy qadriyatlargacha hamma narsada ko‘rinadigan sustlik umumiy xususiyat hisoblanadi. O‘z ishiga zexni yetsa ham hamma qoidalarga birma-bir rioya qiladi. O‘z sog‘ligiga katta e’tibor berish, shaxsiy qiziqishlarga rioya qilish, gina saqlash, xafagarchilikni unutmaslik, qiziqishlarning ozgina cheklanishidan g‘azablanish bilan birikadi.
Jazavali tip . O‘zidan boshqani o‘ylamaslik, o‘zini hammadan baland qo‘yish (egocentrizm), atrofdagilarning har doim unga e’tibor berishlariga intilish, u bilan faxrlanishlariga, unga hayron qolishlariga, hurmatlashlariga, hamdard bo‘lishlariga intilish asosiy xususiyat hisoblanadi. Eng yomoni faqatgina kelajakda oddiy hech kim nazariga ilmaydigan, oddiy odam bo‘lib qolishidan ham cho‘chib, o‘ziga nisbatan nafrat qo‘zg‘iydi, g‘gazabi qiynaydi. Qolgan barcha sifatlar shu xususiyat bilan aniqlanadi. O‘ziga e’tiborni qaratish uchun o‘z shaxsini bo‘rttirib yolg‘on so‘zlaydi, xom xayol suradi. Haqiqiy chuqur hissiyot mavjud emas.
O‘smirlik yoshida xuddi shu: o‘rtoqlarining e’tiborini qaratish maqsadida xulq-atvor buzilishlaridan foydalanishi mumkin. Ular dars qoldiradilar, mehnat qilishni istashmaydi, ularni bir xil hayot qoniqtirmaydi, ularning obro‘talabligini qondiradigan ukish va mehnatda hurmatga sazovor bo‘lish uchun ham, tirishqoqlik ham yetishmaydi. U bekorchilik qilishi bilan bir vaqtda kelajakda zo‘r kasb egasi bo‘lishga da’vo qiladi. Jamoa joylarida kishining jig‘iga tegadigan xulq-atvorini namoyon qiladi. Odatda xulq-atvorning juda og‘ir buzilishidan qochadi.
Uydan qochib ketish bolalik davridan boshlanishi mumkin. Uydan qochgan bolalar, ularni izlab boradigan joylarda bo‘lishga yoki milisiyaning e’tiborini o‘zlariga qaratishga intilishadi. Spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilib, mast bo‘lishni yoktirishadi. Tengdoshlar bilan guruhlarga birlashganda rahbarlikka da’vo qiladi. Guruhning kayfiyatini juda yaxshi his qilganlari uchun bunday o‘smirlar undagi intilishlarni, takliflarni, xodisalarni birinchi bo‘lib ifodalaydilar, tashabbuskori bo‘ladilar. Qiziqishlar hammanikidan baland. Buning uchun badiiy havoskorlik ham yoglar gimnastikasi ham, zamonaviy falsafiy oqimlar tanlanishi mumkin, bunda bu mashg‘ulotlar ko‘p mexnat talab qilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |