1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja


Voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning nazariy sabablari, mavjud muammolari



Download 244,82 Kb.
bet37/75
Sana12.04.2022
Hajmi244,82 Kb.
#544878
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Bog'liq
xulqi og`ishgan Majmua 2021

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning nazariy sabablari, mavjud muammolari
Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan bir necha yillik ilmiy izlanish va so‘rovlar natijasida, o‘z joniga qasd qilish holatlarini keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy omillar mavjudligi haqida to‘xtamga kelingan.

  1. Tushkunlik holati va asabiy buzilishlar;

  2. Alkogolizm va narkotik moddalarni iste’mol qilish, ular ta’siriga berilish;

  3. O‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylash, bunga tayyorgarlik ko‘rish, bunga taalluqli bo‘lgan zararli diniy g‘oyalar;

  4. Tanholik, qo‘llab-quvvatlashni yo‘qotish yoki himoyasiz qolish;

  5. Qisilishlar, og‘ir muammolarga yo‘liqish va ularni hal qilishdagi irodasizlik;

  6. Qariyalik davri;

  7. Modellashtirish, oilada o‘z joniga qasd qilish, irsiyat, bu borada kimgadir taqlid qilish;

  8. Iqtisodiy muammolar yoki ishdagi ziddiyatlar, ular bilan bog‘liq boshqa holatlar;

  9. Turmushdagi muammolar, oilaviy patologiya;

  10. Asab buzilishi faktorlari, javobsiz muhabbat, zo‘ravonlik, jahl, qo‘rslik;

  11. Jismoniy kasallik.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari sabablari AQShda voyaga yetmagan Djon ismli bolaning o‘z joniga qasd qilganligi holati misolida quyidagicha izohlanadi.
“Aziz ota-onam va boshqalar. Meni qilmishim uchun kechiringlar, sizlarni jondan ortiq yaxshi ko‘raman. Iltimos, mening qilmishim uchun o‘zingizni ayblamang. Bu mening aybim. Agar men bu ishni hozir qilmaganimda baribir keyinchalik qilar edim. Hamma bir kuni hayotdan ko‘z yumadi, faqat men vaqtliroq vafot etaman. Hurmat bilan Djon”.
Aynan shu tariqa bir yil ichida AQShda 2000 nafarga yaqin “tineyjerlar” o‘z joniga qasd qiladi. Bo‘lib o‘tadigan suiqasdlarni yarmidan ko‘pi klinik asabiylashish, o‘zini kamsitilgan sezish, nochorlik kabi sabablar bilan bog‘liqdir.
Ammo, ko‘pgina joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan “tineyjerlar” (13-18 yoshdagilar) o‘z jahllari, ichki qo‘zg‘olonlari bilan kurashishadi.
Bundan tashqari, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘smirlar ko‘pincha asabiy holatda bo‘lib, oilaviy muammolar, qo‘pol munosabatlar, ijtimoiy tanholik girdobida bo‘lishadi. Ularning harakatlari qattiq asabiylashishdan, ota-ona yoki o‘zining ishsizligidan, oiladagi moliyaviy qiyinchiliklardan, do‘stlari bilan munosabatdagi muammolaridan kelib chiqadi.
Maktabdagi asabiylashish orqali o‘z joniga qasd qilish “tineyjerlar” orasida eng keng tarqalgan suitsid holatidir.
O‘quvchilarning bir guruhi uchun darslarni o‘zlashtirish katta va hal qilib bo‘lmaydigan muammo bo‘lsa, boshqalari uchun jamoada o‘z o‘rnini topish yana bir katta muammo hisoblanadi.
Ba’zi olimlarning fikricha yoshlik, o‘smirlik davri o‘z o‘zidan muammoni keltirib chiqaradi.
Yoshlik tez o‘sish davri bo‘lganligi bois kundalik hayotdagi turli to‘siqlar va muammolar bilan bog‘liq kechinmalar va vaziyatlar bolalarni ularning yechimini topishga o‘zicha yondashishga undaydi. Yechimi topilmagan muammolar esa ko‘pchilik hollarda bola ongida o‘z joniga qasd qilish bu yo‘ldagi eng tez va qulay usul ekanligi kun sayin rivojlana boradi.
Yoshlar va o‘smirlar jamiyatdagi holatlarga boshqa yoshdagi kishilardan farqli o‘laroq qattiq asabiylashish va jahl bilan javob berishadi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarning boshqalarga taqlid, ko‘zlangan natijaga yeta olmaslik, o‘z navbatida voyaga yetmaganlar ongining ta’sirchanligi o‘z joniga qasd qilishga imkon tug‘diradi.
O‘tkazilgan izlanish va monitoring ko‘rsatkichlari dunyoda joniga qasd qilish holatlari ko‘pincha omadsiz tugashi va faqatgina 100/1 holatda mo‘’jiza ro‘y berishini ko‘rsatmoqda.
Joniga qasd qiluvchilarning biri hayotdan ko‘z yummoqchi bo‘lsa, boshqalari shu yo‘l bilan og‘ir vaziyatda bo‘lganliklarini namoyish etishib, atrofdagilarni qo‘rqitmoqchi bo‘ladilar.
Tahlillarga ko‘ra, dunyoda 1955 yildan (taxminan 60 yil) beri o‘z joniga qasd qilish holatlari 2 baravarga ko‘paygan.
Buning sabablari tahlil qilinganda, quyidalar ma’lum bo‘ladi.
Birinchidan, aholi, xususan, yoshlar sonining ko‘payib borayotganligi, o‘qish hamda ishga joylashishdagi raqobat munosabatlari, bunda “orzularning barbod bo‘lishi”, hayotdan qoniqishning yo‘qolishi hisoblanadi.
Ikkinchidan, kundalik qiyinchiliklar oiladagi muammolar o‘z-o‘zidan oilaviy hamjihatlikni buzadi va a’zolarini bir-biridan uzoqlashtiradi. Natijada, oilada o‘zaro nazorat qilish darajasi va ta’siri pasayadi hamda yoshlarni zararli ta’sirlar, xususan narkotik moddalar va spirtli ichimliklar iste’mol qilishiga olib keladi. Bu kabi zararli ta’sirlarga berilgan barcha shaxslar esa tushkunlikka berilib, irodasizlikni namoyon etishadi va oxirgi chora sifatida o‘z joniga qasd qilishni tanlashadi.
Ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyo bo‘yicha 75% (tineyjerlar) o‘smirlar narkotik va alkogolli mahsulotlar iste’mol qilishadi.
Oxirgi yillardagi mass-media, badiiy adabiyotlar va filmlar o‘smirlarga namuna bo‘lib, o‘z joniga qasd qilishni ongiga singdirishini tezlashtirayotgan asosiy omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Masalan, 1987 yilda Nyu-Djersida (AQSh) bir guruh (4 nafar bolalar) o‘z joniga qasd qilishadi va o‘nlab o‘smirlarga “namuna” bo‘lishadi. Bu voqeadan so‘ng bir hafta o‘tib, yana 2 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilib, vafot etadi.
Profilaktik izlanishlar va tadqiqotlar o‘tkazish orqali ushbu holatlar o‘rganib chiqilgan bo‘lsada, o‘z joniga qasd qiluvchilarning aniq sonini aniqlashga imkon bermaydi. Chunki, aksariyat hollarda bu mavhum holatda ro‘y berishi bilan muammoni chuqurlashtiradi.
Olimlar o‘z joniga qasd qilishning oldini olish tizimini ishlab chiqish ustida izlanishayotgan bo‘lsalarda, ammo hali bir to‘xtamga kelishmagan.
Shunday bo‘lsada, ular bu muammoga butun jamiyatning nazarini qaratibgina qolmay, balki uning yechimini topish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashmoqda.



Download 244,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish