Alturistik holatidagi o‘z-o‘zini o‘ldirish. Bu holatdagi o‘lim shaxsiy manfaatlarning tamoman sotsial manfaatlar tomonidan yutib yuborilishi, individning o‘z mustaqilligini sezmay qoladigan paytlarda sodir bo‘ladi. Bunday o‘lim turiga Dyurkgeym keksalar, kasallarning o‘z-o‘zini o‘ldirishi, eri o‘lgandan so‘ng tul xotinning o‘z-o‘zini o‘ldirishi, qul egasi o‘lgandan so‘ng qulning o‘zini-o‘zi o‘ldirishi kabilarni kiritdi. Bunday holatlar arxaik jamiyatda ko‘p sodir bo‘lgan.
Anomiya holatidagi o‘z-o‘zini o‘ldirish holatidagi o‘lim asosan yirik ijtimoiy inqiroz, iqtisodiy o‘pirilishlar paytida uchraydi. Individ sotsial qayta o‘zgarishlar, yangi sotsial talablarga nisbatan moslashish qobiliyatini yo‘qotadi. Jamiyat bilan aloqasini uzadi. Ijtimoiy anomiya holati davrida aniq qoidalar va axloq normalarining yo‘qligi eski davr qadriyatlari buzilgan, yangisi esa hali shakllanmagan davr bo‘lib, individlarning ayrimlarida axloqiy holatlar buziladi. Ijtimoiy struktura chayqalib parokanda bo‘lib turgan davrda ayrim individlar tezda yuqori lavozimlarga ko‘tariladi, boshqalar esa o‘z ijtimoiy mavqeini yo‘qotadi. Ijtimoiy muvozanat buzilishi bilan o‘z-o‘zini o‘ldirish ayniqsa, savdo xodimlari va ishbilarmonlar saflarida ko‘p uchraydi. Chunki Dyurkgeym fikricha, savdo va sanoat dunyosi vakillarining haddan tashqari boyib olishiga intilishi bu harakatga nisbatan qattiq chora-tadbirlarning yo‘qligi yoki hech qanday qarshilikka uchramasligi oqibatida ularning axloqiy va psixik muvozanati buziladi, axloq va psixikasida nomutanosiblik vujudga keladi. Shunday qilib, ijtimoiy tartibning bo‘shashganligi tufayli anomiya asosida o‘z-o‘zini o‘ldirish hollari ro‘y beradi. Agar jamiyat insongan nisbatan zaruriy ta’sir o‘tkaza olmasa, uni himoya qila olmasa munosabatli holatning sodir bo‘lishi muqarrar.
Fatalizm holatidagi o‘z-o‘zini o‘ldirish sabablari anomiya holati sabablarining aksidir. Bu formadagi o‘z-o‘zini o‘ldirish individ ustidan kuchli nazoratning, ortiqcha tartibotining mavjudligi, individ uchun chidab bo‘lmas holatning mavjudligi bilan bog‘liq. Individning barcha harakati, istagi ma’lum doira atrofida qat’iy belgilanadi.
Dyurkgeymning ta’kidlashicha o‘z-o‘zini o‘ldirish sotsial intizom, tartibot asosida individ tomonidan amalga oshirilgan ongli va maqsadli hodisa hisoblanadi.
Normal sotsial sub’ekt, normal sotsial xulq-atvor normal sotsial holatdan kelib chiqadi. Jamoa kuch va nazorat individni o‘z-o‘zini o‘ldirishga olib boradi. Individning psixologik motivlari ham sotsial muhitdan kelib chiqadi.
Dyurkgeym o‘z-o‘zini o‘ldirishga olib keladigan omillardan qutilish uchun ko‘ngilsiz hodisaning oldini olish va inqiroz holatdan chiqish uchun ahamiyatning axloqiy tartibini mustahkamlashga qaratilgan ishlab chiqarish korporatsiyalarini ko‘rsatib bergan.
O‘z-o‘zini o‘ldirish holatlari keskin ko‘payadi. Dyurkgeym fikricha, anomiyaga xos belgilar:
mamlakatdagi axloqiy inqiroz;
normativ xulq, tartibot buzilishining kuchayishi;
insonlarda hissiyot va tajovuzkorlikni yaqqol namoyon bo‘lishi;
shaxsiy muvozanat buzilishining kuchayishi;
shaxsning oila, jamoa va jamiyatga bo‘lgan tobeligini tobora kuchsizlanishi, shaxsning ulardan chiqishga intilishi;
boshqaruv, tartib intizomning haddan tashqari kuchsizlanib borishi;
ularning o‘z funksiyalarini bajara olmay qolishi yoki ularni ishlamay qolishi;
Bunday holat eng xavfli illat bo‘lib, u individual jamiyatdan ajratadi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, sotsial, ma’naviy tomonlardan begonalashtiradi. Ayniqsa, shaxsning mehnatdan, hokimiyatdan, jamoadan begonalashuvi kuchayadi. Jamiyat axloqi buziladi, qonun-qoida, tartib-intizom, farmoyishlari o‘z ta’sirini yo‘qotadi. Omma kuchga intiladi, ommaviy tartibsizlik, janjallar, guruhbozlik, sotsial tartibsizlik mamlakat bo‘ylab keng yoyila boshlaydi.
Dyurkgeym mehnat taqsimotidagi “nonormal” shakllarni qanday qilib bartaraf etish mumkin, degan masalasni qo‘ydi va shu masala bilan shug‘ullandi. Uning fikricha, bu masalani hal etish uchun:
konfliktni tinch yo‘l bilan kapitalizm doirasida hal qilish;
kurash va raqobatlarning amal qilish usullari, hajmi va ta’sirini pasaytirish;
qoidalar to‘plami ishlab chiqish;
adolat va tenglik joriy etilishi kerak.
Sotsial og‘ish sabablarini individ uning motivi va g‘oyasidan izlamasdan, sotsial muhitning har xil holatidan, bunga ishonish, oila siyosiy faoliyat, turmush, professional guruh va boshqalardan izlash kerak, chunki ana shu sabablarga ko‘ra, o‘z-o‘zini o‘ldirish sodir bo‘ladi, ko‘p va ozligi ham belgilovchi faktlar rolini o‘ynaydi.
Bundan tashqari u jamiyatning progressiv yo‘nalishi bo‘yicha rivojlanishi uchun imkoniyat beruvchi vosita hisoblanadi.
Dyurkgeym fikricha, yashash uchun kurashning boshqa bir nechta shakllari ham mavjud. Ularga:
A) aholi migratsiyasi.
B) kuchsizlar va ojizlarni zo‘rlik asosida jismoniy yo‘qotish.
C) fuqarolar (fuqarolik, rangli inqiloblar, siyosiy va ma’naviy inqirozlar nazarda tutilgan) urushini uyushtirish.
D) jinoyatchilik va boshqa salbiy harakatlarni kuchaytirish.
Lekin bu ishlarni amalga oshirish uchun individlarni qadriyatli yo‘nalishini o‘zgartirish talab etiladi. Chunki bu harakatning oqibati umumiy qadriyat tizimi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham yagona yo‘l professional va mutaxassislar funksiyalargina jamiyat qadriyatlarni oqlaydi, mustahkamlaydi va unga nisbatan ijobiy intilishlarni kuchaytiradi.
Dyukrgeym anomiya holatidan qanday qutilish mumkin degan savolga javob berishga harakat qiladi va bu kasallikdan tinchlik yo‘li bilan qutilish mumkin, buning uchun shaxsni ezmaslik, uni mashina holatiga olib bormaslik kerak degan xulosaga keldi.
Jamiyat gullab yashnashi uchun har bir shaxs ravnaq topish kerak. Jamiyat differensiallashuvi va zarar, uning asosida sotsial imtiyozlar emas, balki shaxsning individial qobiliyati yotishi kerak. Shundagina tenglik, odillik va erkinlik kabi asoslarda eng ilg‘or jamiyat barpo etilishi mumkin. Hozirgi kapitalistik jamiyatni takomillashtirib, shu uch asosiga qurmoq kerak deb yozdi.
“O‘z-o‘zini o‘ldirish” asarida esa anomiya, bu - axloq inqirozi, chunki bu davrda individual ehtiyojlarni, hissiyotlarni boshqaradigan tizim buziladi. Shaxs muvozanati chayqaladi. Shaxs qaysi guruhga mansubligini his qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Intizom va birdamlik buziladi. Natijada xulq, fe’l-atvor chetga og‘ish hollari ro‘y beradi, irq va etnoslar o‘rtasida ommaviy tartibsizlik harakati kelib chikadi. Eng harakatlisi - jamiyat va shaxs o‘rtasida ajralish, axloqiy bo‘shlik vujudga keladi. Chunki norma va qadriyatlar o‘z vazifasini bajara olmay qoladi. Yangilari esa hali mukammal ishlab chiqilmagan, mavjudlari ham o‘z ta’sirini jamiyatga, ommaga, individga o‘tkaza olmay turgan davr hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |