1-mavzu: xotira haqida umumiy tasavvurlar. Xotiraning neyrofiziologik asoslari va bioximik nazariyalari. Xotira murakkab psixik jarayon sifatida reja



Download 75,24 Kb.
bet2/5
Sana31.10.2022
Hajmi75,24 Kb.
#858625
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 mavzu Xotira haqida umumiy tasavvurlar Xotiraning neyrofiziologik

yo’nalishda o‘rganilgan: psixologik, neyro-fiziologik, bioximik.
Xotiraning psixologik nazariyalari inson faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan xotira jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi. Ulardan birinchisi assosiativ nazariyadir.
Ma'lum bir bilimlar inson ongida birin ketin o‘rin olishi tufayli ularda assosiativ bog‘Iiqlikni yuzaga keltiradi va ushbu bog‘liqlikda biror bir narsa esga tushiriladi.
Ushbu assosiasiyalami 3 turga bo‘lish mumkin, ya'ni obyektlarning fazoviy bog‘liqligi, bir-biriga mosligi va qarama-qarshiligidir. Bundan 3 ta assosiasiya kelib chiqadi: bir-biriga bog‘liqlik, o'xshashlik va qarama-qarshilik. Assosiasiya nazariyasi bo‘yicha xotira assosiativ bog'lanishlar asosida mavjud ma'lumotni saqlash va qayta tiklash imkoniyatiga ega. Ikkinchi psixologik nazariya xotiraning geshtalt nazariyasidir. Ushbu nazariyaning asosiy ta‘limoti narsaning negizir yaxlitligi, yig‘indisidir. Ushbu nazariyaga asosan xotira yaxlit hodisa sifatida tahlil etiladi.
Bixeviorizm - inson xotirasida, esda olib qolishda takrorlashning ahamiyatiga diqqatni qaratadi. Freydizm xotirani emosiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog‘iaydi. Xotiraning mantiqiy nazariyasi A.Bine va Byullerlar tomonidan ilgari surilib, ular xotiradagi materialni xotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog‘iaydi. A.N.Leontev, N.I.Zinchenko. A.A.Smimovlar tomonidan faoliyat nazariyasi ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog‘liqlik esda olib qolingan materialning qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog‘liqdir.
Bioximik nazariya tashqi ta'sir ostida nerv hujayralarida yuz beradigan o‘zgarishiami qayd qilish va xotira jarayonida DNK va RNK ahamiyatini aniqlashga qaratilgandir. DNK xotirani genetik tug‘ma tashuvchi sifatida, RNK esa individual xotiraning ontogenetik asosi sifatida qabul qilinadi. Kibernetik nazariya bo‘yicha xotira ma'lumotni qabul qilib olish, qayta esga tushirish va unutishdir. Adabiyotlarda keltirilishicha, navbatdagi nazariya xotira jarayonlari asoslari haqidagi fiziologik nazariyadir. Vaqt oraliqida esda olib qolish, saqlash va esga tushirish xotiraning asoslari fiziologik nazariyasini tashkil qiladi. Har qanday tashqita'sir nerv tizimida izsiz o‘tmaydi va qandaydir "iz" qoldiradi. "Iz"ning fizik ta'siri qayta impuls harakatini engillashtiradi. Vaqtinchalik nerv munosabatlarining yuzaga kelishi, ulaming izini va keyinchalik faollashtirilishini xotira jarayonlari asoslari nazariyasi sifatida ko‘rib chiqiladi.
80-yillarda nemis psixologi German Ebbingauz o‘z ‖sof‘ xotira qonunlarini o‘rganish imkonini beruvchi, boshqacha so'z bilan aytganda, tafakkurga bog‘liq bo‘lmagan holda izlaming esda qolish jarayoni tadqiq etishning yangi uslubini taklif qilgan, ya‘ni ma'nosiz bo‘g‘inlami yod olishdan iborat bo‘Jgan bu uslub Ebbingauzga materialni esda olib qolishning egri chiziqiga oid qonunni kashf qilishga, uning asosiy qoidalarini bayon etishga va ana shularning asosida izlami xotirada saqlanish muddatini hamda asta-sekin so‘nish holatini tekshirishga imkoniyat yaratgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Amerikalik psixolog Eduard Tomdaykning tekshirishlari paydo bo‘ldi. U birinchi bo‘iib tekshirish predmeti sifatida hayvonlarda ko‘nikmalami paydo bo‘lish jarayonini tanlagan edi.
XX asming birinchi 10 yilida xotirani tekshirish yangi ilmiy talqinga ega bo‘ldi, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi muaminolarga mohiyati jihatidan mutlaqo boshqacha yondashish ro‘yobga chiqdi.
Xuddi shu davr xotira psixologiyasida keskin burilish nuqtasini vujudga keltiradi. Akademik I.P.Pavlov shartli reflekslarni o‘rganishning ilmiy metodini taklif etadi, bu narsa o‘z navbatida bosh miya yarim sharlarida yangi bog‘lanishlar paydo bo‘Iishiga va mustahkamlanishning asosiy fiziologik mexanizmlarini tekshirish imkoniyatlarini tug‘dirdi. Ana shunday qilib, ushbu bog‘lanishlar paydo bo‘lishiga va saqlab qolishga yordam beradigan shart-sharoitlar, shuningdek, bog‘lanishlaming saqlanishiga ta‘sir qiluvchi holatlar, omillar va mexanizmlar tasvirlab berildi.
Xotiraga oid atamalar va ularning sharhi.

  1. Mnema (yunoncha mnema-xotira) mnema; xotiraning o‗ziga xos moddiy asoslarini belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov ta‘limotiga ko‗ra, xotiraning moddiy asosi bosh miya qobig‗ida hosil bo‗lgan muvaqqat asab bog‗lanishlaridir. Shuningdek, bog‗lanishlarning hosil bo‗lishi, ularning mustahkamlanishi va keyinchalik jonlanishi yoki faollashuvidir.

  2. Mnemometr-mnemometr; xotira sohasidagi tajribaviy ilmiy tekshirishlarda esda qoldirilishi zarur bo‗lgan so‗z, harf, son hamda tasvirlarni qat‘iy ma‘lum vaqt oralig‗ida avtomatik ravishda ko‗rsatish uchun qo‗llaniladigan mexanik yoki elektr apparati.

  3. Mnemonika-mnemonika; esda qoldirishni engillashtirish maqsadida sun‘iy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qo‗llaniladigan usullar yig‗indisi. Mnemonika ko‗proq assotsiativ (o‗xshashlik, yondoshlik va qaramaqarshilik) qonunlariga asoslangan bo‗lib, faqat o‗zaro bog‗langan ma‘lumot va materiallarni esda qoldirish uchun qo‗llaniladigan yordamchi usullar yig‗indisi.

  4. Assotsiatsiya (lotincha associstio-birlashish, qo‗shilish) birlashish, uyushish ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar bog‗lanishi, shu bog‗lanishlar tufayli ongimizda paydo bo‗ladigan muayyan tasavvurlar o‗xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga ko‗ra, shunga bog‗liq bo‗lgan boshqa tasavvurlarni hosil qiladi. Masalan, «besh karra besh» degan iborani idrok qilganimizda, bosh miya qobig‗ida shunday bir vazifalar bog‗lanish hosil bo‗ladiki, natijada biz «yigirma besh» degan miqdorni eslaymiz. Ruhiy uyushmalar tashqi taassurotlar tufayli hosil bo‗lib, voqelikdagi narsa va hodisalarning yaqqol bog‗lanishlarini aks ettiradi. Inson ruhiy hayotida ularning ahamiyati katta; bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirish o‗sha uyushmalarga asoslanadi. Ularning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobig‗idagi muvaqqat asab bog‗lanishlaridir.

  5. Eydetizm (yunon. eidos obraz) eydetizm; avval idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlarini (timsollarini, tasvirlarini) ongda aniq, to‗liq va yorqin holda uzoq vaqt saqlab qola olish qobiliyatida ifodalaydigan ruhiy hodisa.

Narsalarning tasvirlaridan deyarli farq qilmaydigan tasavvur sifatida.

  1. Induksiya (lotincha inductio - keltirib chiqarish)-induksiya; juz‘iy, xususiy, yakka hollardan umumiylikka o‗tish jarayonidir. Asab jarayonlarining induksiyasi

- oliy asab faoliyatining qo‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlari o‗rtasidagi o‗zaro munosabat; markaziy asab tizimida qo‗zg‗alish paydo bo‗lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishni keltirib chiqaradi yoki aksincha.

  1. Reproduksiya (lotincha re - qaytadan, pradicjo esga tushirish)-reproduksiya; ongda mavjud narsalarni qayta tiklash yoki esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.

  2. Retenziya (lotincha -retecio tutib turish)-retensiya; xotiraning idrok qilingan narsa va hodisalarni saqlab qolish vazifasi (funksiyasi).

Inson xotirasining qonuniyatlarini o‗rganish psixologiya fanining markaziy masalalaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Ma‘lumki, insonning har qanday kechinmasi, hatto xatti-harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, ma‘lum bir sharoitda qayta namoyon bo‗luvchi izlar qoldiradi. SHuning uchun xotira deganda, insonga tabiat, jamiyat, koinot to‗g‗risida ma‘lumot, xabar, axborot va taassurot to‗plash imkonini beradigan hamda ilgarigi tajriba izlarining esda olib qolinishi, esda saqlanishi, qayta esga tushirilishi, eslashi, tanishi tushuniladi. Bunga bog‗liq ravishda psixologiya fani oldida xotira jarayonlarini o‗rganish bilan aloqador bo‗lgan qator murakkab muammolar, masalalar tadqiq qilish vazifasi turibdi. Bular quyidagilardan iboratdir: izlar qanday esda olib qolinadi, esda olib qolishning fiziologik mexanizmlari qanday, esda olib qolishga qanday obyektiv (tashqi), subyektiv (ichki), tabiiy-biologik va ijtimoiy-psixologik sharoitlar ta‘sir qiladi va ularning chegaralari qanday kabilar. O‗tgan XIX asrning 70-80 yillaridan boshlab xotirani tadqiq qilishda tajriba, tekshiruv, sinov usullaridan foydalanila boshlangan. XIX asrning 80-yillarida nemis ruhshunosi German Ebbingauz «sof» xotira qonunlarini o‗rganish imkonini beruvchi, boshqacha so‗z bilan aytganda, tafakkurga bog‗liq bo‗lmagan holda izlarning esda olib qolinish jarayonini tadqiqot etishning yangi uslubini taklif qilgan. Ma‘nosiz bo‗g‗inlarni yod olishdan iborat bo‗lgan bu uslub Ebbingauzga materialni esda olib qolishning egri chizig‗iga oid qonunni kashf qilishga, uning asosiy qoidalarini bayon etishga va ana shularning asosida izlarni xotirada saqlanish muddatini hamda asta-sekin so‗nish holatini tekshirishga imkoniyat yaratgan. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida amerikalik ruhshunos Eduard Torndaykning tekshirishlari paydo bo‗ladi. U birinchilardan bo‗lib tadqiqot predmeti sifatida hayvonlarda ko‗nikmalarni paydo bo‗lish jarayonini tanlagan edi. XX asrmizning birinchi o‗n yilligida xotirani tekshirish yangicha ilmiy talqinga ega bo‗ldi, uning moddiy asosi to‗g‗risidagi muammolarga mohiyat jihatidan mutlaqo boshqacha yondashish ro‗yobga chiqdi. Xuddi shu davr xotira psixologiyasida keskin burilish nuqtasini vujudga keltirdi. Akademik I. P. Pavlov shartli reflekslarni o‗rganishning ilmiy metodini taklif etdi.
Bu narsa, o‗z navbatida, bosh miya katta yarim sharlari yangi bog‗lanishlar paydo bo‗lishiga va mustahkamlanishining asosiy fiziologik mexanizmlarini tekshirish imkoniyatini tug‗dirdi. Ana shunday qilib, ushbu bog‗lanishlar paydo bo‗lishiga va saqlab qolishiga yordam beradigan shart-sharoitlar, shuningdek, bog‗lanishlarning saqlanishiga ta‘sir qiluvchi holatlar, omillar va mexanizmlar tasvirlab berildi.
I.P.Pavlov oliy asab faoliyati ta‘limoti va uning asosiy qonunlari xotiraning fiziologik mexanizmlariga oid bilimlarning asosiy manbaiga aylanib qoldi.
Bolalarda xotiraning yuksak (yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy ravishda tadqiqot qilish taniqli ruhshunos L.S.Vigotskiyga nasib etgan (1896-1934). L.S.Vigotskiy XX asrning 20-yillarning oxirlarida maxsus tekshirishlarning predmeti qilib, xotiraning yuksak shakllarini rivojlanish muammosini tanlagan va u o‗z shogirdlariga L.N.Leontev (1903-1979) va L.V.Zankov bilan birgalikda xotiraning yuksak shakllari ruhiy faoliyatning murakkab shakli ekanligini, kelib chiqish jihatidan ijtimoiyligini ko‗rsatadi. SHuning bilan birga, u murakkab, mohiyatiga ko‗ra, esda olib qolishning asosiy bosqichlari rivojlanishini dalillab berdi. Ruhshunoslardan A.A.Smirnov, P.I.Zinchenkolar ham xotira bo‗yicha ilmiytekshirish ishlarini olib bordilar, uning yangi qonunlari va mexanizmlarini ochdilar, esda olib qolishning faoliyat maqsadiga bog‗liqligini yoritdilar, murakkab materialni esda olib qolishning oqilona usullarini ko‗rsatib berishga muvofiq bo‗ldilar. Xotirani psixologik tekshirishlarda qanchalik yuksak muvaffaqiyatlarga erishgandan qat‘iy nazar izlarni saqlab qolish jarayoni uning holatlari va hodisalar tabiati noma‘lumligicha qolavergan. Bu fan tarmog‗ida uzilishlar bir necha davr hukm surib kelgan. Mazkur holatning turli shaklda talqin qilish mumkin, lekin hech mahal uni saqlash to‗g‗risida mulohaza yuritib bo‗lmaydi. Ushbu muammo faqatgina XX asrning oxirgi o‗ttiz yili ichida izlarning saqlanishi uchun zarur bo‗lgan miya qismlarini ajratib ko‗rsatuvchi va esda olib qolishning va unutishning asosida yotuvchi mexanizmlarni ko‗rsatib beruvchi tekshirishlar o‗tkazila boshlandi. Qo‗zg‗atuvchi ta‘siri ostida hosil qilingan izlarning uzoq muddat saqlanish hodisasining hayvonot olamini taraqqiyoti jarayonida namoyon bo‗lish xususiyati tadqiqotchilar tomonidan tekshirilgan va muayyan darajada ma‘lumotlar to‗plash imkoniyatiga ega bo‗lganlar. Tajribada aniqlanishicha, poliplarning (meduzaga o‗xshash jonivorlar) asab tizimiga bir marotaba elektr toki bilan ta‘sir qilish orqali qo‗zg‗atishni vujudga keltirish bir necha soat davomida saqlanib qoluvchi ritmik elektr impulslarini hosil qiladi. Hayvonot olami yirik namoyandalarining markaziy asab tizimini tadqiqot qilish davomida xuddi shunga o‗xshash hodisa qayd qilingan. Masalan, bir marotaba birdaniga elektr lampochkasini yoqish bilan qo‗zg‗atish orqali uy quyonning yuqori ikki do‗ngligida uzoq muddat qayd etish mumkin bo‗lgan ritmik elektr razryadlarini hosil qiladi. Tadqiqotchilarning ko‗rsatishicha, ko‗p vaqt bir xil signalni takrorlab turish natijasida insonning unga moslashishi, ya‘ni orientir refleksining so‗nishiga, befarqlikka olib boradi (E. N. Boyko, E. N. Sokolov va boshqalar). Psixolog E.N.Sokolovning fikricha, bunday odatlanish, ko‗nikish hodisasini alohida olingan neyronning ko‗p marotaba ta‘sir etgan qo‗zg‗atuvchiga berayotgan javobini tekshirish davomida kuzatish mumkin. Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish kerakki, kuzatuvchining xarakteri yoki intensivligini biroz o‗zgartirish jarayoni oriyentir refleksini qayta vujudga keltiradi. E. N. Sokolov olib borgan tekshirishlari shuni ko‗rsatdiki, ilgari surgan orientir refleksining qayta tiklanishi faqatgina qo‗zg‗atuvchining xususiyatini o‗zgartirilgan zahoti emas, balki ma‘lum vaqt o‗tgandan so‗ng ham kuzatish mumkin. Agar teshiruvchilarda alohida bir qo‗zg‗atuvchiga nisbatan moslashish paydo qildirilgan, salgina qo‗zg‗atuvchining jadalligini, ta‘sir etish vaqti yoki xususiyati o‗zgartirilsa, u holda oriyentir refleksining vegetativ yoki elektrofiziologik simtomplari qayta tiklanadi. Bu orientir refleksining qayta tiklanishi uning so‗nganidan uzoq muddat o‗tgandan keyin ham kuzatiladi. Nerv tizimi ilgarigi kuzatuvchilarning izlarini aniq saqlay olish qobiliyatiga ega. Buning to‗laroq dalillash maqsadida misollarga murojaat qilamiz. Ma‘lumki, agar bir xil xususiyatga ega bo‗lgan signal qanchalik ko‗p uchrasa, sinaluvchi unga shunchalik tez moslashadi, xuddi shu tariqa tezkorlikda
(reaksiyaning latent vaqti juda qisqa bo‗lishiga qaramay) javob qaytaradi. Turli metodikalar bilan atroflicha tekshirishlar shuni ko‗rsatadiki, bu qonun eng oddiy sharoitlarda ham saqlanib qolar ekan. Keyingi davrdagi tekshirishlarning ko‗rsatishicha, insonning nerv tizimi alohida signal izlarini o‗ta aniqlik bilan uzoq muddat saqlash imkoniyatiga egadir, bunga E. N. Sokolov tajribalari yaqqol misol bo‗la oladi. Sinaluvchilarga bir marotaba ma‘lum bir balandligi 500 gs va jadalligi 20 db bo‗lgan eshitish signali berilgan, unga javob tariqasida qo‗lni qisish kerak bo‗lgan. Ular faqat shu signalga javob berib, boshqa signalga qo‗l harakatlari qilmasliklari zarur edi. Tajribaning navbatdagi bosqichida sinaluvchilarga shu balandlikdagi, lekin intensivligi 5 db dan 30 db gacha bo‗lgan turli tovushlar berilgan. Bunda bir davrning o‗zida elektroensefalogramma, elektromiogramma, teri-galvanik reaksiyalar qayd qilib borilgan. Ushbu tajriba oradan ikki, to‗rt va yigirma besh kun o‗tgandan so‗ng qaytadan takrorlangan, lekin bir marotaba berilgan etalon qayta takror namoyon bo‗lmagan. Tajriba natijalarining ko‗rsatishiga qaraganda, bir marotaba ko‗rsatilgan etalon sinaluvchilarda uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan va undan so‗ng ham ular etalonga mos signallarga aniq elektrofiziologik va harakat reaksiyalarini bildirganlar. Keltirilgan tajriba natijalari shuni ko‗rsatdiki, inson miyasi bir marta berilgan qo‗zg‗atuvchining izini uzoq vaqt aniq saqlashi mumkindir. Shunisi ajablanarliki, izlarning aniqligi vaqt o‗tishi bilan yo‗qolmaydi, balki u borgan sari kuchayib boradi.

Download 75,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish