1-mavzu: XIX asrning II yarmi XX asr boshlarida adabiy manbalar va ularning qo’lyozma nusxalari


Mustaqillik yillarida qadimiy yozma manbalar fondiga ega bo‘lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish



Download 0,7 Mb.
bet2/4
Sana28.03.2022
Hajmi0,7 Mb.
#514886
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu prezentasiya

2. Mustaqillik yillarida qadimiy yozma manbalar fondiga ega bo‘lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish. Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda.
Ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda. Bu borada nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida g‘oyat noyob hisoblangan, YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qo‘lyozmalar fondiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, shuningdek, qadimiy yozma manbalar fondiga ega bo‘lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, ushbu nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga qulay sharoitlar yaratish, tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganish, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va tsivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodimizni xalqimizning buyuk ma’naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar turganini alohida ta’kidlash lozim.
Ana shu vazifalarni samarali hal etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan zamonaviy yozma manbalarni saqlash, o‘rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ‘ib qilish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Sharq qo‘lyozmalari fondini saqlash, ta’mirlash, boyitish va muayyan tizimga keltirish, arab yozuvidagi turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadqiq qilish, ularni asl holida hamda o‘zbek va xorijiy tillarda ilmiy izohlar, tarjimalar bilan nashr etish, ilmiy muomalaga kiritish;
boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy-intellektual merosimizni saqlash, ilmiy tahlil qilish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soha mutaxassislariga, tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarga batafsil ma’lumot berib borish, buyuk alloma va mutafakkirlarimiz asarlarini dunyo hamjamiyati o‘rtasida keng targ‘ib etish, zamonaviy ilm-fan, ma’naviyat va amaliyot rivojida undan samarali foydalanish va kelgusi avlodlarga yetkazish;
aholida saqlanayotgan qadimiy noyob qo‘lyozmalar, chet el fondlaridagi mavjud asarlar nusxalarini ayirboshlash yoki olish hisobidan Institutning qo‘lyozma va yozma manbalar fondini boyitib borish;
o‘rta asrlarda hozirgi O‘rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan alloma va mutafakkirlarning matematika, astronomiya, fizika kabi aniq fanlar, meditsina, kimyo, geografiya singari tabiiy fanlar, tarix, adabiyot, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar, islom dini va ilohiyotga oid merosini tadqiq qilishni kengaytirish va chuqurlashtirish;
matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratish;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti kabi mazkur sohada faoliyat ko‘rsatadigan oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qo‘lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli tayyorlash va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti singari oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslik kafedralari bitiruvchilari hisobidan Institutning kadrlar tarkibini yangilab borish, qo‘lyozmalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish;
xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganish;
O‘zbekiston Respublikasining turli tashkilotlarida saqlanayotgan arab yozuvidagi qo‘lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarning saqlanish va ta’mirlanish holatini monitoring qilish va ularning elektron bazasini yaratish.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yetakchi olimlari bilan uchrashuvi, qator ilmiy-tadqiqot muassasalarini Fanlar akademiyasi tizimida qaytadan shakllantirish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, chet ellarda malaka oshirish, xorijlik olimlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan farmonlari fan taraqqiyoti, xususan, ma’naviy merosimiz manbalari bo‘lgan qo‘lyozma asarlarni tadqiq etishni yangi bosqichga olib chiqdi. Ayni chog‘da mazkur uchrashuv va hujjatlar olimlarning ruhiyatini ko‘tarib yubordi.
. Yangicha g‘ayrat bilan qo‘lyozma merosimizni har tomonlama tadqiq va tashviq etish bo‘yicha tadbirlar tizimi ishlab chiqilmoqda. Vatanimizda qo‘lyozma merosimizni tadqiq va targ‘ib etish sohasida akademik ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tizimlarida samarali ishlar amalga oshirilayotganligiga qaramay, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar ham mavjud. Oliy ta’lim tizimidagi o‘zbek filologiyasi fakultetlarida mumtoz o‘zbek adabiyoti o‘qitiladi. Lekin ularda mumtoz adabiyotimizning ayrim jihatlari shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan arab va forsiy tildagi adabiyotning xususiyatlari haqida ma’lumot berilmaydi. Zero, Vatanimizdan yetishib chiqqan ko‘plab ijodkorlar o‘z davrida arab yoki forsiy tillarda ijod qilganlar va o‘sha tildagi adabiyotning rivojiga barakali ta’sir o‘tkazgan.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish