3. Turk jangchilari Bolqon yarim orolida g’oyat shafqatsizlik bilan ish ko’rdilar. Ular tinch aholini taladilar va o’ldirdilar. aholining ko’pchiligi qullarga aylantirilib, Sharqdagi qul bozorlarida sotildi, qadimgi unumdor Frakiyaning bosib olinishi sultonga harbiy-feodal yer egaligini yana kengaytirish imkonini berdi. Turklarning o’zlari ham, shuningdek turli xil turklashgan xalqlar yoki islom dinini qabul qilgan gayri turk vakillari ham katta yer egalariga aylana bordilar. Bu odamlarning aksariyat qismi Bolqon yarim orolining o’zidagi turli mamlakatlarga mansub bo’lib, ular fotihlar tomoniga o’tgan xoin feodallar edi. Turk dehqonlarining katta bir qismi ham Kichik Osiyodan bu yerga ko’chirib keltirildi; Bolqon yarim orolidagi tobe etilgan mahalliy aholidan tortib olingan yer-maydonlari ana shu ko’chirib kelingan dehqonlarga ulashib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |