Savol va topshiriqlar:
Programmalashtirlgan ta`lim – ta`lim-ning qanday formasi xisoblanadi.
Programmalashtirilgan ta`lim metodlari-ni tafsiflang.
Programmalshtirilgan ta`limdagi o`quv jaroyonini bosqichlarini taxlil qiling.
14-mavzu. TARBIYA NAZARIYASI VA USULLARI.
Reja:
1. Tarbiya usullari haqida tushuncha.
2. Tarbiya usullarining xilma-xilligi:
a. Ibrat-namuna usuli.
b. Ishontirish usullari.
c. Tushuntirish va uqtirish.
d. Uqtirish.
Tayanch tushunchalari: Usul. Ibrat-namuna. Tushuntirish va o`qtirish. Rag`barlantirish va jazolash.
1. Tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularning ongi va irodasiga ta'sir etish yo’llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgandir. Ajdodlarimiz davr sinovidan o’tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarini yaratganlar, shu asosda yoshlarni ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar qilib tarbiyalab kelganlar. Bolalarda insoniy his-tuyg’ularni tarbiyalashning asosi - kishilarga mehr-muhabbat qo’yish, izzat-hurmat bilan muomala qilish, insoniy huquqlarini himoya qilish, qadrlash, kishilar oldidagi o’z burchini anglash, odamlarga nisbatan samimiy, halol va rostgo’y bo’lish kabi odob va axloq qoidalarini o’z ichiga oladi.
O’zbek xalq pedagogikasining muhim ahamiyatga ega bo’lgan xususiyatlaridan yana biri folklor materiallarida xalq pedagogikasida qo’llaniladigan tarbiya yo’llari, usuli va vositalarining yoritilishidir. Mehnatkash xalq ommasi, yuqorida qayd qilib o’tilganidek, uzoq davrlar davomida vujudga kelgan tarbiya usullari va vositalaridan foydalangan. Chunonchi, tushuntirish, odatlantirish, rejim, ibrat ko’rsatish, maslahat berish, o’git-nasihat, undash, ko’ndirish, iltimos qilish, yolborish, tilak-istak bildirish, maqullash, maqtash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo’l tilash, taqiq qilish, man etish, ta'na, gina qilish, qoralash, Ollohdan qo’rqishga undash, tanbeh berish, uzr so’rash, majbur qilish, masxara-mazax qilish, zaxarxandalik, ayblash, uyaltirish, koyish, qarg’ash, qo’rqitish, nafrat bidirish, aybiga iqror qildirish, ont-qasam ichirish, la'natlash, so’kish, urish-kaltaklash; jamoa hukmiga havola qilish kabi usullar tarbiyada qo’l kelganligi ta'kidlanadi.
2. a) Ibrat-namuna usuli. Bolalar tarbiyasida ibrat-namunaning ahamiyati kattadir. Namuna yoki ibrat usuli bolalardagi taqlidchanlikka asoslanadi. Taqlid boshqalarning xulq-atvorini, yurish-turishini ongli yoki ixtiyorsiz ravishda takrorlash demakdir. O’qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalaning o’zlari, hammadan burun, bolaga namuna bo’lmoqlari, o’zlarida eng yaxshi fazilatlarni aks ettirmoqlari kerak. Shu bilan birga, o’qituvchilar ibrat uchun namunalarni xalq og’zaki ijodi, bolalar adabiyoti, maktab, sinf hayoti, ota-onalar faoliyatidan olmoqlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |