1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


Lokal raqamli kutubxona faoliyati



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/116
Sana18.07.2022
Hajmi1,76 Mb.
#818843
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
Б.Ганиева. AKK VA F

Lokal raqamli kutubxona faoliyati

Yevropada bunday faoliyatning ikki turi mavjud: ulardan biri tarmoq orqali 
barcha kutubxona xizmatlari turlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchisi kutubxonaning 
raqamli faoliyatiga javobgardir. Bugungi kunda keltirib o‘tilgan ikkala tur ham 
keng tarqalgan. 
*Raqamli kutubxonalar bo‘yicha Yevropa konferensiyasi - European 
Conference on Digital Library (ECDL) ilk bor 1996 yil tashkil etildi. Keyingi 
yillarda mazkur konferensiya texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy masalalarga 
bag‘ishlangan Yevropaning bosh forumiga aylandi. Bu ta’lim tizimini media va 
axborot bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, Germaniya Fan va ta’lim vazirligi 
tomonidan qo‘llab quvvatlandi. Asosiy e’tibor Fan va ta’lim vazirligi, Germaniya 


205 
tadqiqotlar instituti, individual nemis federal yerlari va boshqa ilmiy tadqiqot 
institutlarini faoliyatini moliyalashtirishga bag‘ishlanadi. 
Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanish faoliyatini kuzatar ekanmiz, 
raqamli kutubxonalar yaratish bo‘yicha ko‘pgina boshlang‘ich loyihalar dastlab 
madaniy merosni saqlashga yo‘naltirilgani, keyingi bosqichlarda ijtimoiy 
gumanitar, matematika va boshqa ko‘pgina sohalarga e’tibor qaratilgani, bularning 
orasida, ayniqsa, tarixiy hujjatlarni raqamlashtirish muhim o‘rin tutgani haqida 
xulosaga kelish mumkin.Shuningdek, raqamli kutubxonalarni rivojlanishi bilan 
ko‘pgina jabhalar qamrab olina boshlagan. Kutubxonalarda mavjud qadimiy 
kolleksiyalarni internet orqali foydalanishga taqdim etish orqali tadqiqotchilar, 
keng ommani bahramand etish kabi maqsad ko‘zlangan. 
Ko‘pgina raqamli kutubxonalar loyihasi Milliy kutubxonalarning milliy 
tillardagi kolleksiyalariga bag‘ishlangan, bu albatta o‘z navbatida barcha tillar va 
madaniy qadriyatlarni saqlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda boshqa til 
va madaniy qadriyatlar vakillari uchun foydalanishga taqdim etish maqsadida, 
umumiy tillarga o‘giriladigan sahifalarning mavjud bo‘lishiga e’tibor qaratilgan. 
Bunda asosan, qadimda yaratilgan noyob kitoblar, qimmatbaho materiallarga 
alohida e’tibor qaratilishi, raqamlashtirish ob’ekti bo‘lib: noyob kitoblar, qadimiy 
qo‘lyozmalar tanlangani ahamiyatlidir. Masalan, jahonda atigi 4 dona nusxaga ega 
bo‘lgan, 1450-yilda pergamentda Gutenberg tomonidan kitob nashr etish kashf 
etilganda chop etilgan “Bibliya” originali ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va 
“birinchi real kitob”ni his etish maqsadida, Gettingen davlati va universitet 
kutubxonasi “Guttenberg” loyihasini 1999 – 2002 yillarda amalga oshirdi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida raqamlashtirish ishlari olib borilib, 
Guttenbergning Bibliyasi Internet orqali kitobxonlarga taqdim etildi. Shuningdek, 
Britaniya kutubxonasi tomonidan Bibliyaning ikkala nus’hasi ham raqamlashtirilib 
taqdim etildi. Bu esa foydalanuvchilar uchun foydalanish hamda taqqoslash 
imkoniyatini yaratdi. 
Daniil Grinshteyn va Raqamli kutubxona Federatsiyasining (DLF) sobiq 
direktori Syuzanna Ye.Torinlar tomonidan yozilgan “Raqamli kutubxona: 


206 
biografiyasi” kitobida raqamli kutubxona rivojlanishi 3 bosqichga bo‘linadi: yosh 
raqamli kutubxona, o‘rta yoshdagi raqamli kutubxona va yetuk raqamli kutubxona. 
Mazkur material AQShdagi DLF tashkiloti vakillarini so‘rovnomasi asosida 
yaratilgan bo‘lsada, Yevropadagi raqamli kutubxonalar rivojlanishining analogik 
rivojlanish bosqichlarini o‘tdi. 
Kutubxonalarni raqamlashtirish bo‘yicha deyarli barcha loyihalar o‘tgan asr 
oxirida yakunlandi. Bugungi kunda ham bu borada tadqiqotlar davom etmoqda, 
shu kabi loyihalar qo‘llab-quvvatlanib, o‘z amaliy davomiga ega bo‘lmoqda.
Yevropada raqamli kutubxonalar kutubxonalarning axborot infrastrukturasiga 
aylandi. O‘zaro bog‘liqligi, ko‘ptilliligi, multimedialiligi Yevropa raqamli 
kutubxonalari faoliyatining tendensiyasiga aylandi.
Hozirda O‘zbekistonda raqamli kutubxonalar yaratish bo‘yicha bir qator 
loyihalar bajarilyapti. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining 
bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari doirasida elektron 
kutubxonalar yaratish metodikasi tadqiq etilib, shoir va yozuvchilar, olim va 
tadqiqotchilarning elektron kutubxonalarini yaratish, shuningdek, turli fan 
sohalariga, jumladan, fizika, ximiya, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, 
adabiyotshunoslik, qishloq xo‘jaligi va h.k. sohalarga oid resurslarning to‘liq 
matnli ma’lumot bazalarini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur 
yaratilgan resurslarini “Ziyonet”, Elektron ta’lim tizimi va Alisher Navoiy 
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot resurslarida joylashtirilishi 
hamda OTM yoki uning bo‘linmalari saytlari resurslarida joylashtirish ishlari 
amalga oshirilmoqda.
Axborot-kutubxona 
muassasalari oliy ta’lim muassasalari tarkibiy 
tuzilmasining bir qismi hisoblanib, oliy ta’limning rivojlanish tendensiyalari bilan 
hamnafas holda shakllanishi, rivojlanishi hamda zamonaviy ta’lim jarayonida 
yetakchi o‘rinlardan birini egallashi lozim. 


207 
XULOSA 
O‘zbekistonda Axborot-kutubxona markazlari, axborot resurs markazlari 
kitobxonlar talabiga javob beradigan ilmiy, ommaviy va maxsus resurslari bilan 
faoliyat olib bormoqda. Respublikamizdagi mavjud kutubxonalar keng doiradagi 
kitobxonlarning talabiga javob beradigan resurslar: elektron nashrlar, kitoblar, 
gazeta, jurnallar va boshqa nashriyot mahsulotlari bilan to‘ldirilib boriladi. 
“Axborot-kutubxona faoliyati to’g‘risida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunining 
2011 yil 13 aprеl kuni Rеspublika prеzidеnti I.A.Karimov tomonidan imzolanishi 
kutubxonachilik ish faoliyatida katta voqеa bo‘ldi. Kutubxonachilik ishining tadbiq 
etilishi va hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalari qonun orqali muvofiqlashtirildi. 
Kutubxona fondini, mavjud resurslarni har tomonlama ochib berishda mazkur 
hujjatlarning tartibga keltirilganligi, ya’ni fan sohalari bo‘yicha klassifikatsiya 
qilinishi, bu jarayonning samarali tashkil etilishida ahamiyati beqiyosdir. 
Kataloglarning vujudga kelishi, taraqqiyoti, rivojlanishi o‘ziga xos tarzda tarixiy 
qonuniyatlar ta’siri ostida vujudga kelgan. Sharqda o‘ziga xos, G‘arbda o‘ziga xos 
prinsiplar asosida rivojlangan, taraqqiy etgan. Har bir davrning kutubxonashunos 
olimlari o‘z davrlariga hamnafas holda klassifikatsion sistemalarini yaratganlar. Bu 
esa axborot-kutubxona fondlarini to’g’ri shakllantirish Axborot-kutubxona 
muassasasi ish faoliyatini samarali tashkil etishga asos bo’lib hisoblangan. 


208 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish