Ajratkich kartochkalarni rasmiylashtirish
Yo‗naltirgichlarning ko‗rsatib o‗tilgan hamma turlari ajratkich kartochkalarda ham keltiriladi. Kitobxonlarning sistemali katalog strukturasini bilib olishiga va o‗zlari uchun kerakli bo‗limchani topa olishiga yordam beradigan bo‗limlarning sarlavhalari, asosiy bo‗linmalar hamda yo‗naltirgichlarning ro‗yxatlari ajratkich, kartochkalarni aniq rasmiylashtirishni talab etadi.
Kitobxonlarga sistemali katalogdan foydalanishda yordamlashish
Sistemali katalogni juda puxta va chuqur o‗ylab rasmiylashtirish kitobxonga hamma vaqt ham uning uchun kerakli bo‗limni qidirib topish imkonini beravermaydi. Fondning mantiqiy jihatdan yoritilishida yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan barcha afzalliklarga ega bo‗lgan sistemali tartib kitobxondan klassifikatsiya sxemasini yaxshi bilishni, o‗zini qiziqtirgan temani qidirib topa olishni, umumiy bo‗limdan uning bo‗limchalariga izchillik bilan o‗tishni talab qiladi. Kutubxona katalogdan foydalanishni osonlashtirish uchun bir qancha qo‗llanmalar ishlab chiqishi kerak; bu qo‗llanmalar orasida sistemali katalogga doir alfavit-predmet ko‘rsatkichi ko‗proq ahamiyatga ega.
Alfavit-predmet ko‘rsatkich
Bu ko‗rsatkich kutubxona klassifikatsiyasi jadvallariga ilova qilingan xuddi shunday ko‗rsatkich bilan ko‗pgina umumiy tomonlarga ega. Alfavit- predmet ko‗rsatkichining jadvallarga ilova qilingan ko‗rsatkichidan farqi faqat uning vazifasidadir – jadvallarga ilova qilingan ko‗rsatkichdan kutubxonachi klassifikatsiyalash jarayonida foydalaniladi, katalogga doir alfavit-predmet ko‗rsatkichi esa, garchi kutubxonachi katalogdan har xil ma‘lumotlarni bilib olish uchun undan foydalansada, asosan kitobxonlarga yordamlashishga
.mo‗ljallangan.
Alfavit-predmet ko‗rsatkichida bilimning asosiy, yetakchi sohalarining, juz‘iy fanlarning va shu sohalarga oid alohida masalalarning, eng muhim ilmiy problemalarning, alohida tushunchalar hamda fanlar o‗rganadigan asosiy ob‘ekt bo‗lib qolgan predmetlarning nomlari va hokazolar umumiy alfavit tartibida keltiriladi. har bir nomdan keyin bo‗limning indeksi ko‗rsatiladi, undan muayyan temadagi kitobni qidirib topish kerak bo‗ladi. Temaning nomi bilan indeksi birgalikda ko‗rsatkich rubrikasini tashkil etadi.
Ko‗rsatkichning har bir rubrikasi alohida kartochkaga yozib qo‗yilgan, kartochkalar esa katalog yashiklarida alfavit tartibida joylashtirilgan vaqtda ko‗rsatkichning kartochka formasi juda qulay bo‗ladi.
Ko‗rsatkichning asosiy vazifasi – kitobxonga sistemali katalogdan foydalanish paytida spravka qo‗llanmasi tariqasida xizmat qilish va uning kerakli bo‗limni topishiga yordamlashishdir. Biroq ko‗rsatkichning yordamchi xarakteriga ega bo‗lishi sistemali katalog tuzishga kanday talablar qo‗yilsa, uni tuzishga ham shunday talablar qo‗yish kerakligini istisno qilmaydi. Rubrikalardagi sarlavhalarning ifodalanishi fanda va ijtimoiy tajribada qabul qilingan terminologiyaga qat‘iy mos bo‗lmog‗i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |