investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonun
O’zbekistonda ish olib borishni istovchi barcha ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar
yaratadi.
Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda moliyaviy ko’mak alohida o’rin tutadi. Shu
maqsadda tashkil etilgan kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish jamg’armasi
«BIZNES FOND» eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Bu fond mablag’lari byudjetdan
ajratilgan, davlat va munitsipal mol-mulklarni xususiylashtirishdan topilgan daromadlar va
huquqiy, jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bergan mablag’laridan va boshqalardan tashkil topgan.
Fond ana shu mablag’lardan kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun
qaratilgan dasturlar, loyihalarni va tadbirlarni moliyalashtiradi, imtiyozli kredit olishga
yordamlashadi.
«BIZNES FOND» i bilan «MADAD» sug’urta agentligi bevosita hamkorlikda ish olib
boradi. Davlat bu sug’urta tashkilotining hammuassisi bo’lib, kichik va o’rta korxonalar
faoliyatini kreditlash bilan bog’liq kattagina xatarning moliyaviy ta’minotini o’z zimmasiga
oladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning davlat dasturi» (28 avgust 1995 yil)
qabul qilinishi O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida diqqat-e’tibor
qaratilayotganining ifodasidir. Bu dasturda ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirilishi
respublikamizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor
munosabatlarini shakllantirish, ish bilan bandlik, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish borasidagi qator muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Kichik va
xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi: qonuniy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, ya’ni huquqiy ta’minot,
moddiy-texnikaviy sharoit yaratish, moliyaviy-kredit, sug’urta ta’minoti, kadrlar tayyorlash,
malaka oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash, axborot-maslahat ta’minoti va
boshqalar.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonun, Prezident
farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik va o’rta biznes, fermer va dehqon
xo’jaliklari faoliyatining huquqiy asosini mustahkamladi. Tadbirkorlikni rag’batlantiradigan va
uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Hisobot berish tartibi soddalashtirildi. Kichik, o’rta
biznes, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslar uchun soliq tizimiga sezilarli darajada
engillik kiritildi. Kredit berish tizimi yaxshilandi. Tadbirkorlar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan o’z
pul mablag’larini tijorat banklaridan naqd pul holida olish imkoniyati yaratildi. Buning natijasi
o’laroq mamlakatimizda kichik va o’rta biznesning barqaror rivojlanayotganini quyidagi
ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |