1-Mavzu. “Turopereyting” fanining maqsadi va vazifalari Reja



Download 66,61 Kb.
bet3/5
Sana26.04.2020
Hajmi66,61 Kb.
#47336
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Turopereyting” fanining maqsadi va vazifalari
falsafa, falsafa, falsafa, THE, Цели урока, uz041uz, chet el adabiyoti , F J. Testlar 2., str, 2, Якинлари билан яшаётган болалар, 2-Mustaqil ish, Abdulla Avloniy, Abdulla Avloniy
Faoliyat joyiga ko‘ra:

1.Mahalliy (ichki) turoperatorlar. Ular o‘zi yashayotgan mamlakat chegaralari doirasida yo‘nalishlar bilan birgalikda turpaketlar tuzadilar.

2.Chiqish turoperatorlari turpaketlarni xorijiy davlatlarga yo‘naltiradilar.

3.Qabul qiluvchi turoperatorlar. Ular turistlsrlar boradigan mamlakatda joylashgan bo‘ladi va ularga xizmat ko‘rsatishadi.

Bundan tashqari, turoperatorlarni Initsiativ va Retseptiv turoperatorlarga ham bo‘lish qabul qilingan.

Initsiativ turoperatorlar - bular turistlarni qabul qiluvchi (Retseptiv) operatorlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri turistik korxonalar bilan shartnoma asosida xorijga yoki boshqa regionlarga jo‘natadigan operatorlardir.

Bu operatorlarning faqat o‘zgalar turlarini sotish bilan shug‘ullanadigan turagentlardan farqli tomoni ular BTT me’yorlari bo‘yicha kamida uchta xizmatlardan (joylashtirish, turistlar transportirovkasi va yuqoridagi ikkitasidan boshqa istalgan xizmat turi) tashkil topadigan turmahsulot komplektatsiyasi bilan shug‘ullanishadi. Klassik Initsiativ turoperator turli joylardagi mahalliy turoperatorlar xizmatlaridan foydaianib, murakkab yo‘nalishli turlarni shakllantiradi, sayohat boshlanadigan joyga borishni va u yerdan qaytib kelishni ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda yo‘nalish ichida transport xizmati ko‘rsatilishini tashkil etadi.



Retseptiv turoperatorlar - qabul qilish joyida qabul qiluvchi va xizmat yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida ish olib boradigan turoperatorlardir.

Real turizm tadbirkorligida, ko‘pincha, turizm bozori uchun xarakterli bo‘lgan vazifalarning aralashuvi uchrab turadi. Turistik firma o‘zining ba’zi mahsulotlariga nisbatan ham Retseptiv, ham Initsiativ turoperator, ba’zi hollarda esa boshqa turoperator tomonidan shakllantirilgan tayyor turlarni sotish bo‘yicha turagent sifatida ham kelishi mumkin.

"Turizm to‘g‘risida"gi Qonun bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Bunday talablarni turfirma bajaradi. Yo‘llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko‘rsatish joyiga ko‘rsatiladigan asosiy hujjat - vaucherdir).

Retseptiv turoperator qabul qilish uchun turlarni shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Initsiativ maxsuslashgan turoperator, qoida bo‘yicha, bir necha punktlarda qabul qilishlardan mujassamlashtirib turlarni shakllantiradi. Bunga misol qilib ijaraga olingan maxsuslashtirilgan transportdagi transturlami olish mumkin.

Turoperator buyurtma yoki inklyuziv tur bo‘lishi mumkin bo‘lgan (sotish chog‘ida o‘zgarmaydigan, oldindan aniq bo‘lgan xizmatlar to‘plami) dasturlar paketi, turpaket (pekidj-tur) tuzadi. Mos ravishda birinchisi xizmat ko‘rsatish variantlari bilan, ikkinchisi - variantlarsiz, xizmatlar kompleksning to‘plami bilan sotiladi. Bu qabul qilish imkoniyatlari va sayohatlar yo‘nalishiga bog‘liq.


Download 66,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa