1-Mavzu. Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi. Reja Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi


 O‘zbekistonda turizmning rivojlanish



Download 238,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.01.2022
Hajmi238,1 Kb.
#398319
1   2   3
Bog'liq
1- Maruza mashgulotlari

2. O‘zbekistonda turizmning rivojlanish. 

O‘zbekiston  hududidagi  sayr-sayohatlar  bayon  qilingan  juda  ko‘p 

manbaalarni  uchratish  mumkin.  Ya’ni  qadimgi  ajdodlarimiz  ijtimoiy  turmush 

kechirish  davomida  ko‘chmanchi  sifatida  ham  har  tomonga  o‘tib  hayot 

kechirganlar. Oilaviy va urug‘-qabila bo‘lib, butun bor mol-mulkini turli ulovlarga 

(tuya, ot, eshak, xachir, ho‘kiz va hokazo) ortib yaylovlar, cho‘llar, tog‘li joylarda 

qo‘nib, ko‘chib yurganlar.  

Bunday  yurish-turish  albatta  ularga  oson  bo‘lmagan.  Lekin  tabiiy 

sharoitlarda,  yaylovlarda  mol  boqish,  hayot  kechirish,  zilol  suvlardan  miriqib 

ichish, oftob nurlarida  toblanish, sut-qatiq, go‘sht va mevalarni iste’mol qilishning 

o‘ziga xos lazzatlarini tatiganlar.  

Ajdodlarimizning  sayr-sayohatlarini  ko‘z  oldimizga  keltirish  uchun 

“Avesto”,  “Alpomish”,  “Go‘ro‘g‘li”,  “Qirq  qiz”,  “Tohir  va  Zuhra”  kabi  o‘nlab 

dostonlar,  “Temur  tuzuklari”,  “Boburnoma”  kabi  badiiy,  ilmiy,  geografik    asarlar 

misol  bo‘la  oladi.  Ayniqsa,  buyuk  sarkarda,  Sohibqiron  Amir  Temurning  jahonni 

kezishi,  Boburning  Hindiston  tomon  sarguzashtlari  va  u  yerda  kechirgan  hayotiy 

tafsilotlari sayr-sayohatning mazmunini yanada to‘ldiradi. 

Inson  kamolotini  ta’minlash,  sihat-salomatligini  doimiy  ravishda  yaxshilab 

borishda  sayohatlarning  (ko‘l  yoqalarida  tunash,  kemalarda  yurish,  tog‘larga 

chiqish  va  hokazo)  amaliy  mohiyatlarini  sharq  tabobatining  sultoni  Abu  Ali  ibn 

Sino  ilmiy  jihatdan  o‘rganib,  ularni  meros  qilib  qoldirganligi  bugungi  kunda 

muhim ahamiyatga egadir. 

Yurtimizning geografik tuzilishi  juda xilma-xildir.  Ya’ni  sharqda  Tyanshan 

tog‘larining shohobchalari (davomi), janubda Turkiston, Hisor tog‘lari o‘rtada esa 

Zarafshon, Nurota tizma tog‘larining suvli hamda ko‘kalamzor maydonlarida aholi 

ko‘proq  yashaydi.  Shu  sabab  u  yerlarda  dam  olish,  hordiq  chiqarish, 

sog‘lomlashtirish  maskanlari  ko‘plab  qurilgan.  Respublikaning  g‘arb  va  shimol 



tomonlari  cho‘l-sahrolar bilan tutashgan bo‘lsada past, yassi tog‘lar bilan o‘ralib, 

Chimqo‘rg‘on,  Arnasoy,  Kattaqo‘rg‘on  kabi  suv  omborlari,  katta-kichik  sun’iy 

ko‘llarning  nam  havosi  ekologik  jihatdan  tabiiy  muvozanatni  saqlab  turadi.  Orol 

dengizi muammolari ham asta-sekin hal qilinish arafasidadir.  

Respublikada turizmning shakllanishi va rivojlanishi haqida bir qator ilmiy-

ommabop kitoblar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan. Ular orasida mutaxassis 

olimlar  R.Abdumalikov,  T.X.Xoldarov  va  boshqalar  tomonidan  tayyorlangan 

dasturlar, o‘quv-qo‘llanmalar  muhim ahamiyatga ega. Respublika turizmi tarixida 

I.G‘.Xolmurodov,  V.I.Kucheryavix  (Samarqand),  V.Rasek,  A.V.Kolbinsev 

(Toshkent) kabi iqtidorli mutaxassislarning o‘rni e’tiborga loyiqdir. 

O‘zbekistonda turizmni rivojlanishi yuqoridan berilgan ko‘rsatmalar asosida 

faoliyat ko‘rsatib keldi. Endilikda davr talablariga mos ravishda tarixiy shaharlarga 

sayr  (ekskursiya)  uyushtirishga  katta  e’tibor  berilmoqda.  Bu  yo‘lda  katta–katta 

shaharlar va  chet  ellardan  tashrif buyurgan  sayohatchilarni  Toshkent,  Samarqand, 

Buxoro,  Xiva  kabi  shaharlarda  qabul  qilish,  ularga  madaniy  xizmat  ko‘rsatish 

borasida yuqori tajribalarga erishildi.  

Mahalliy  sharoitda  o‘quvchi-yoshlar  talabalar  va  mehnatkashlarning  sayr-

sayohatlarini uyushtirish ham yuqori saviyada amalga oshirildi. Ayniqsa yoshlarni 

markaziy  shaharlardagi  (Moskva,  Leningrad,  Kiev  va  hokazo)  tarixiy-madaniy 

joylar bilan tanishtirishda katta faoliyatlar ko‘rsatildi.  

O‘tgan  bo‘limda  bayon  etilganidek,  respublikadagi  turistik  faoliyatlarga 

asosan  kasaba  uyushmalari  kengashlari  rahnamolik  qildi.  Turizm  ishlari  asosan 

jamoatchilik  asosida  boshqarildi.  Ya’ni  yirik  shaharlar  va  viloyat  markazlarida 

tashkil  etilgan  turistik  klublar,  seksiyalar  turizm  harakatining  asosini  tashkil  etdi. 

Ilg‘or  tajriba  va  imkoniyatlarga  ega  bo‘lgan  ishlab  chiqarish  korxonalari,  oliy  va 

o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ba’zi bir umumta’lim maktablarda turistik 

klub (seksiya) tashkil etildi. Ularning faoliyatida ommaviy piyoda yurish sayohati 

va  turizm  bo‘yicha  musobaqalar  (slyot)  tashkil  etish,  viloyat  hamda  respublika 

musobaqalarida  ishtirok  etish  ustuvor  turar  edi.  Bunday  jamoalarda  turistik 

faollarni (aktiv) tayyorlashga ham alohida e’tibor berildi.  

Respublika  turizmining  rivojlanish  tarixida  Samarqand  sayohatchi 

tashkilotchilarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu to‘g‘rida R.Abdumalikov 

va  T.X.Xoldarovlarning  ba’zi  bir  ma’lumotlari  bilan  tanishish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Samarqand eng qadimiy shahar sifatida tarixiy obidalarga boy bo‘lishi bilan 

jahonga  mashhurdir.  Shu  sababdan  bu  yerga  eramizdan  oldingi  327  yilda 

bosqinchilik  maqsadida  kelgan  Aleksandr  Makedonskiy  talon  tarojlik  bilan 

shug‘ullangan bo‘lsada, 1865-1870 yillarda rus bosqinchilari, sobiq ittifoq davrida 

esa markaz rahbarlari ham shaharni va baland minoralarni ko‘rib lol qolishgan.  



Umuman  olganda  Samarqand  o‘zining  qadimiy  arxitektura  qurilishi  va 

tarixiy  madaniy  obidalari  orqali  yurtimizning  shon-shuhrati  hisoblanadi.  Shu 

sababdan o‘tgan davrda ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalarida tashkil 

etilgan  sayr  (ekskursiya)  va  piyoda  yurish  turizmi  mazmun  va  mohiyat  jihatdan 

e’tiborga loyiq edi. 

Ikkinchi  jahon  urushidan  avvalgi  davrlarda  (1930–1940  y)  o‘quvchi 

yoshlarning  piyoda  yurish  sayohatlari  asosan  Ohalik  (shahardan  20–25  km 

janubda),  Omonqo‘ton  (40km.janubda)  va  Zarafshon  daryosi  yoqasidagi 

Cho‘ponota  (shaharning  g‘arb  tomonida  6–8  km)  ziyoratgohiga  ko‘p  tashkil 

etilgan.  Ularning  maqsadi  atrof-muhitni  o‘rganish,  jismonan  chiniqish, 

o‘simliklardan  gerbariylar  tayyorlashdan  iborat  edi.  Urushdan  keyingi  dastlabki 

davrlarda  (1950–1960)  Ohalik,  Mironko‘l,  Cho‘ponota,  Omonqo‘ton  va  boshqa 

manzarali  joylarga  guruh-guruh  (o‘quvchi-yoshlar)  bo‘lib  sayohat  qilish  odat 

tusiga aylandi. Ayniqsa Omonqo‘ton g‘ori (1946 yilda topilgan) mehnatkashlar va 

o‘quvchi yoshlarning diqqatini ko‘proq jalb etgan. Chunki mazkur g‘orda bundan 

40 ming yil avval yashagan odamlarning suyaklari topilib, uning tarixi ancha shov-

shuvlarga sabab bo‘lgan.  

1951 yil pedagogika bilim yurti negizida jismoniy tarbiya pedagogika bilim 

yurtining  tashkil  etilishi  (direktori  Yu.Yu.Yusupov  uzoq  yillar  rahbarlik  qildi) 

katta  voqelik  bo‘ldi.  Bilim  yurti  o‘quv  rejasi  asosida  turizm  maxsus  fan  sifatida 

o‘qitila  boshlandi.  Uni  geografiya  o‘qituvchisi  Ibrohim  G‘aybullaevich 

Xolmurodov  boshqardi.  Xolmurodov  bilim  yurtidagi  50  yildan  ortiq  xizmati 

davomida  juda  ko‘p  tajribali  sayohatchilarni  yetishtirish  hamda  ko‘p  mingli 

mutaxassis  kadrlarni  tayyorlashda  faol  xizmat  qildi.  E’tirof  etish  lozimki 

R.Abdumalikov  (1951–1955 

yil)  va 

T.X.Xoldarov 

(1965–1968 

yillar) 

I.G‘.Xolmurodovning ilk, qaldirg‘och shogirdlari hisoblanadilar.  

Jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurti o‘quvchilari bilan “bir kunlik” (dam 

olish  kunlari)  va  “ko‘p  kunlik”  (yozgi  imtihon  sessiyasi  oldidan)  sayohatlarni 

o‘tkazishning  asosiy  manzili  Cho‘ponota  va  Omonqo‘ton,  keyinchalik  esa 

Ohalikda  tashkil  etilgan  (1962  yil)  sog‘lomlashtirish  oromgohi    hisoblandi. 

“Piyoda yurish” sayohatlari jarayonida nazariy bilimlar (yurish, dam olish, tunash, 

ovqatlanish,  tabiatni  kuzatish  va  hokazo)  va  amaliy  ko‘nikmalar  chuqur  o‘rgatila 

boshlandi.  Shahar  va  viloyat  miqyosida  tashkil  etilgan  musobaqalarda  (slyot) 

barcha  o‘quvchi-yoshlarni  (500–600  kishi)  jalb  etish  yo‘lga  qo‘yildi.  Iqtidorli 

yoshlar  va  havasmand  turistlarni  jamlab  (15–20  kishi)  13–15  kun  davomida 

Ko‘likalon,  Iskandarko‘l,  Morg‘uzar  ko‘llariga  sayohat  uyushtirish  ishlari  yaxshi 

natijalar  bera  boshladi.  Natijada  shahar  turistlar  klubi  tashkil  etilib  (N.Boykoni 

rahbar)  turizmni  targ‘ibot  qilishda  muhim  burilish  bo‘ldi.  Uning  faollari 




V.I.Kucheryavыx, B.Klimov, A.P.Avanesov kabilar ta’lim muassasalari va ishlab 

chiqarish korxonalarida turistik to‘garaklar tashkil etishdi.  

Samarqandda  turizmning  ravnaq  topishi  1960–1970  yillarga  to‘g‘ri  keladi. 

Jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurti tajribalari va turizmni targ‘ibot qilishdagi 

ko‘pgina  faoliyatlar  shahardagi  xotin-qizlar  pedagogika  bilim 

yurti 


(R.Abdumalikov), 

oziq-ovqat 

texnikumi 

(J.Faxritdinov), 

tikuv 

fabrikasi 



(R.P.Suxareva) va boshqa jamoalarda turizmning ommalashuviga sabab bo‘ldi.   

Shu  sababdan  xam  viloyat  “Spartak”  sport  jamiyati  tarkibida  turizm 

seksiyasi (boshqaruvchi) tashkil etilib, unga A.P.Avanesov rahbarlik qildi.  

Samarqand  turizmining  rivojlanishida  xotin-qizlar  pedagogika  bilim 

yurtining  faoliyati  salmoqli  o‘ringa  ega.  1955–1960  yillarda  jismoniy  tarbiya 

o‘qituvchilari A.Sirojov, V.Tsintoe va rasm o‘qituvchisi S.S.Xegay boshchiligida 

Zarafshon  daryosi  sohillari,  Afrosiyob  qazilmalari  va  shahar  ichida  dam  olish 

kunlari  sayr-sayohatlar  tashkil  etilib,  o‘quvchi  qizlarning  bilim  doiralarini 

kengaytirishga  xizmat  qilishgan.  Hatto  ular  Ko‘likalonga  (Tojikiston)  sayohat 

uyushtirishga muvaffaq bo‘lishgan. 

1960  yil  sentabrda  bilim  yurtiga  tajribali  mutaxassis  R.Abdumalikov  taklif 

etildi.  Abdumalikov  avvalo  bilim  yurtining  shart  sharoitini  o‘rganib  chiqdi. 

So‘ngra Xegay va boshqa o‘qituvchilar bilan maslahatlashib birinchi marta 30 ga 

yaqin o‘quvchi qizlar bilan Omonqo‘tonga sayohat uyushtirildi. 

 Chunki, R.Abdumalikovning xotirasida (1951–1956) Omonqo‘ton chuqur iz 

qoldirgan edi. Sayohat mazmunli, qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Sayohat yakunida bunday 

sayohatlarni  har  bahor  va  har  kuzda  tashkil  qilish,  yozgi  ta’tilda  esa  Iskandar 

ko‘lga  sayohat  uyushtirishga  kelishib  olishdi.  Shu  tufayli  bilim  yurti  o‘quvchi 

qizlari  “Spartak”  jamiyati  turizm  seksiyasi  va  shahar  turistik  klub  tomonidan 

uyushtirilgan  qishki,  bahorgi  va  yozgi  ommaviy  sayohatlarining  eng  faol,  eng 

ommaviy jamoasiga aylandi. Qizlar har bir sayohatda 100-150 goho 300 dan ham 

ortiq  tarkibda  qatnashib,  ko‘rik  sinovlarning  g‘olibligini  qo‘lga  kirita  boshladi. 

Ayniqsa  Cho‘ponota,  Xishrov  GES,  Ohalik,  Mironko‘l  kabi  tog‘li  hamda 

xushmanzarali  joylarda  o‘tkazilgan  slyot  (musobaqalar)  dastur  g‘oliblarini 

(ommaviylik, albomlar namoyishi, qo‘shiq-raqs, chodir o‘rnatish, noma’lum joyni 

topish,  choy  qaynatish  va  hokazo)  Abdumalikov  rag‘batlantirib  bordi.  Bu  haqda 

bilim yurti jismoniy tarbiya o‘qituvchisi R.Abdumalikovning o‘quv qo‘llanmalari, 

gazetalardagi maqolalari guvohlik beradi. 

Eng  muhimi  va  e’tiborli  tomoni  shundaki,  R.Abdumalikov,  S.S.Xegay, 

B.G‘aniev  rahbarligi  va  ishtirokida  1962–1967  yillar  davomida  xotin  qizlar  bilim 

yurti  o‘quvchi  qizlari  bilan  Ko‘likalon,  Iskandarko‘l,  Morg‘uzar  (Tojikiston), 

Shohimardon  (Farg‘ona)  va  boshqa  ko‘p  joylarga  “ko‘p  kunlik”  sayohatlar 

uyushtirildi.  Shuningdek,  Navoiy  shahri,  Moskva,  Leningrad  shaharlariga  sayr 



(ekskursiyalar)  tashkil  etilib,  o‘quvchi  qizlarning  bilim  doiralarini  kengaytirish, 

ularning jismoniy barkamolligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shdi.  

1967  yil  Samarqandda  pedagogika  instituti  tashkil  etilib,  unda  jismoniy 

tarbiya fakulteti ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Bunda tajribali mutaxassis sifatida 

R.Abdumalikovning xizmatlari kattadir. Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda turizm 

fan  sifatida  o‘z  o‘rniga  ega  edi.  Shu  boisdan  o‘quv-amaliy  mashg‘ulotlarini 

o‘tkazish uchun eng avvalo Ohalikda turistlar bazasi, keyinchalik esa institut yozi 

oromgohi  tashkil  etildi.  Omonqo‘tondagi  sport-sog‘lomlashtirish  maskanida  ham 

oromgoh tashkil etildi. Bunda sayohatlar jarayonida tog‘ oraliqlari va cho‘qqilarida 

turli  xil  texnik  mashqlar  o‘rgatildi.  O‘quv  dasturi  asosida  bir  haftalik  amaliy 

mashg‘ulotlarni o‘tkazish va sayohatlarning ahamiyatini targ‘ibot qilish maqsadida 

1970  yil  yozgi  ta’tilda  talabalar  sayohatini  o‘tkazish  Issiq  ko‘lda  (Qirg‘iziston) 

amalga  oshirildi,  sayohat  jarayonida  Issiqko‘l  atrofi,  uning  sharqida  joylashgan 

Prijevalsk  shahri  bilan  tanishildi.  10  kundan  oshiq  davom  etgan  bu  sayohat 

talabalar  xotirasida  chuqur  iz  qoldirdi.  Keyingi  davrlarda  talabalarning  “ko‘p 

kunlik”  sayohatlari  yana  Iskandarko‘l,  Morg‘uzor  ko‘llari  sohillari,  baland  qorli 

tog‘ cho‘qqilarida mazmunli davom ettirildi.  

O‘zbekiston  turizmi  turnalar  kabi  baland  uchdi.  Yuqorida  ta’kidlanganidek 

Markaziy  “Spartak”  jamiyatining  turizm  seksiyasi  tomonidan  turli  hududlarda 

turistik  slyotlar  o‘tkazish  davom  etdi.  Keyinchalik  Kavkaz,  Boltiq  bo‘yi  va 

Markaziy  Osiyo  birinchiliklari  tashkil  etildi.  Markaziy  Osiyo  hududidagi  slyot 

Issiqko‘lda bo‘lib o‘tdi. 

Respublika  terma  jamoasi  (rahbar,  F.Tuxvatullin)  tarkibida  Samarqandlik 

turistlar  R.  Abdumalikov,  J.Faxritdinov,  R.Suxarevalar  ishtirok  etishdi.  Slyot 

avgust  oyining  birinchi  yarmida  boshlandi.  Slyot  dasturida  turistik  texnika  va 

taktika  mashqlari  bilan  tanishtirish,  jismoniy  chiniqtirish,  oziq-ovqatlarni 

jamg‘arish,  topografik  bilimlar  va  shu  kabi  zarur  tadbirlar  haqida  nazariy 

mashg‘ulotlar  o‘tkazildi.  Amaliy  mashg‘ulotlar  Ananeva  (Issiqko‘lning  sharqiy 

qismi)  Oqsuv  darasi  va  dovoni,  kichik  Olma  ota  ko‘li  Olmaota  shahri  –  Medeo–

Gorelnik marshruti (yo‘nalishi) bo‘yicha 180 km. Tog‘li masofani 4 kunda piyoda 

o‘tish amalga oshirildi. Gorelnik turistlar bazasida dam olib, hordiqlar chiqarilgach 

dasturning  asosiy  qismiga  o‘tildi.  Ya’ni  10  dan  ortiq  jamoa  (Moskva, 

Turkmaniston,  O‘zbekiston,  Dog‘iston,  Omsk,  Leningrad  va  hokazo)  o‘rtasida 

tehnik musobaqalar boshlandi. Bunda 50 m uzunlikdagi sim arqonda jarlik ustidan 

siypanib o‘tish, tortilib o‘tish, qiyaliklar va jarliklarda yugurib, belgilangan narsani 

chamalab  topish  (800  m),  pastlikka  tushib  “jarohatlangan”  kishiga  tibbiy  yordam 

ko‘rsatish,  chodirni  tez  o‘rnatish  va  boshqa  turlarda  O‘zbekistonlik  8  kishi  (14 

tadan) muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqalar tugagach, barcha jamoalar baland 

qorli  tog‘  dovonlardan  oshib,  tez  oqar  daryolarni  kechib  yana  Issiqko‘l  sohiliga 



(Ananeva  shahri)  qaytib  kelishdi.  Mazkur  slyotda  ishtirok  etgan  qatnashchilar 

xotirasida  bir  umr  saqlanib  qolishi  bilan  birgalikda  mamlakatda  turizmni  yanada 

ommalashtirishga katta xizmat qildi.  

Respublikaning  iqtisodiy,  madaniy  va  siyosiy  salohiyatining  o‘sa  borishi 

bilan  yangi viloyatlarni tashkil qilish  yuzaga  keldi. 1974  yil  yangi  Jizzax viloyati 

tashkil  etilib,  unda  Pedagogika  instituti  ham  ochildi.  Odatdagidek  fakultetning 

o‘quv rejasida turizm mustaqil fan sifatida o‘qitila boshladi. Fakultetni tashkil etish 

va  uning  faoliyatini  boshqarish  uchun  R.Abdumalikov  taklif  etildi.  Shu  bilan 

birgalikda  T.Xoldarov,  R.Bozorov,  M.Pardaqulov,  A.G‘ulomov  kabi  yosh 

mutaxassislar ham jalb etildi.  

Avvaldan  faoliyat  ko‘rsatayotgan  o‘qituvchilar  X.Komilov,  H.Meliev, 

Sh.Hasanov,  P.Rajabov  kabi  yoshlar  yangidan  kelgan  hamkasblari  bilan  jam 

bo‘lishib  fakultet  faoliyatini  shakllantirish  va  rivojlantirishga  kirishdilar.  Qishki 

imtihon  sessiyasi  tugagach  (1977  yil  fevral)  talabalarning  bir  haftalik  turistik 

mashg‘ulotini  o‘tkazish  uchun  institutning  Uchma  qishlog‘ida  (Forish  tumani) 

joylashgan  sport  sog‘lomlashtirish  maskaniga  (oromgoh)  yo‘l  olishdi.  Maskan 

baland  tog‘  oralig‘idagi  soy  yaqinida  joylashgan  bo‘lib  20  dan  ortiq  talabalar 

hamda 


o‘qituvchilar 

R.Abdumalikov 

va 

P.Rajabovlar 



boshchiligida 

mashg‘ulotlarda  ishtirok etishdi. Ular nazariy tushunchalarga ega bo‘lgach, amaliy 

mashg‘ulotlarni  bajarishdi.  Bunda  tog‘  sharoitidagi  10  km  masofani  yurish  va 

yugurish  bilan  o‘tish,  6  ta  nazorat  belgisini  (punkt)  avvaldan  qo‘yilgan  narsani 

(yozma  xat  quti  ichida)  topib  kelish  vazifa  qilib  qo‘yildi.  Ikki  jamoaga  bo‘lingan 

talabalar  masofalarni  belgilangan  muddatda  o‘tib  kelishdi.  Qirrali  toshlar, 

qoyalarga  chiqish,  jarliklardan  o‘tish,  qiyaliklardan  yiqilmay  tushish  kabi 

murakkab  texnik  mashqlar  talabalarning  mahoratini  oshirish,  tog‘  turizmi  bilan 

shug‘ullanish kabi faoliyatlarini uyg‘otishga katta hissa qo‘shdi.  

Shu tariqa Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirishning yangi qirralariga asos 

solindi. 

Respublikada  turistik  kadrlarni  tayyorlashda  O‘zbekiston  Davlat  jismoniy 

tarbiya  institutining  (O‘zDJTI)  hissasi  beqiyos  kattadir.  Institut  tashkil  topgan 

davrdan  boshlab  (1955  yil)  qishki  (1965  yilgacha)  va  yozgi  ko‘p  kunlik  turizm 

o‘quv  dasturida  turizmning  jismoniy  tarbiya  tizimidagi  o‘rni,  turizmni  tashkil 

qilish,  sayohatchilarni  topografik  bilimlar,  ilmiy  qidiruv  ishlari,  birinchi  tibbiy 

yordam  kabi  mavzularda  nazariy  mashg‘ulotlar  va  amaliy  tadbirlar  mazmun 

topgan.  Shu  asosda  bo‘lajak  o‘qituvchilar  va  murabbiylarning  turistik  faoliyatlari 

takomillashtiriladi.  Bu  o‘z  navbatida  barcha  turdagi  ta’lim  muassasalari,  ishlab 

chiqarish,  mehnat  jamoalari  va  turli  muassasalarda  sayr  (ekskursiya)  va 

sayohatlarni  (turizm)  tashkil  qilish  yo‘llarini  belgilab  beradi.  Institutdan  ko‘p 

kunlik  sayohatlar  Toshkent-Xo‘jakent  yo‘nalishida  poezdda  va  undan  keyin 




Xo‘jakent-Chimyon  yo‘nalishida  piyoda  borish  va  qaytib  kelish  (130  km)  sharti 

bilan  o‘tkazilib  kelindi.  So‘nggi  8–10  yil  davomida  esa  Toshkent-Kumushkon  

yo‘nalishida  avtobusda,  keyin  esa  u  yerdagi  institutning  sog‘lomlashtirish  sport 

maskani  atrofida  piyoda  yurish  bilan  dastur  talablari  bajariladi.  Bu  o‘quv-amaliy 

mashg‘ulotda  3-bosqich  talabalari  ishtirok  etib,  avvalo  hisob  (zachyot)  va  keyin 

esa  3-razryad  (“Turist”  inshoni)  normativini  bajarishdi.  Shu  tariqa  mutaxassislar 

turistik bilim va malakaga ega bo‘ldi.  

Yuqorida ta’kidlanganidek, “mehnat va mudofaaga tayyor” majmui talablari 

asosida  deyarli  barcha  turdagi  ta’lim  muassasalarida  yil  davomida  1–2  marotaba 

ommaviy  sayohatlar  uyushtirilar  edi.  Shu  sababdan  o‘quvchi-yoshlar  va 

talabalarning  80-90  %  sayohatlarda  ishtirok  etar,  bu  esa  “Alpomish”  va 

“Barchinoy” maxsus testlari talablarida ham o‘z ifodasiga ega edi. Lekin ommaviy 

sayr-sayohatlarni o‘tkazish talab darajasida emas. Buning u yoki bu sabablari bor. 

Qanday  sabab  bo‘lmasin  o‘quvchi-yoshlar  va  talabalar  jismoniy  barkamollikka 

erishish  va  kelajakda  mehnat  jamoasida  sayohatlarni  tashkil  etish,  ularda  ishtirok 

etish  va  shu  bilan  bog‘liq  faoliyatlarni  boshqarish  uchun  turistik  malakaga  ega 

bo‘lishlari lozim.  

Xulosa  qilib  aytganda  O‘zbekistonning  mustaqilligi  va  istiqlol  yo‘lidagi 

taraqqiyotida  sog‘lom  avlod  Davlat  dasturi  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda. 

O‘quvchi-yoshlar,  talabalar  va  mehnatkash  ommaning  sihat  salomatligini 

yaxshilash,  ularning  jismoniy  barkamolligini  oshirishda  jismoniy  tarbiyaning 

muhim  vositasi  sifatida  turizm  o‘ziga  xos  tarbiyaviy  ahamiyatga  egadir.  Shu 

sababdan barcha aholi turizmning u yoki bu turi bilan shug‘ullanishlari maqsadga 

muvofiqdir. 




Download 238,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish