Axborotlashgan jamiyat - Axborotlashgan jamiyat — bu globallashgan ijimoiy jarayon bo‘lib, uning o‘ziga hos asosiy xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida faoliyatning ustuvor turi sifatida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda axborot almashuvining xilma-xil vositalari asosida amalga oshirilayotgan axborotni izlash, yig‘ish, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishdir.
Axborotlashgan jamiyat:
bosma fondda hamda jamiyat a’zolarining ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa faoliyati turlarida jamlangan jamiyatning tobora kengayib borayotgan intellektual salohiyatidan faol foydalanishni;
ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlantirish va mehnat faoliyatini intellektuallashtirishga qaratilgan faoliyatning ilmiy va ishlab chiqarish turlariga axborot texnologiyalarini joriy qilishni;
axborotlashtirish xizmati darajasini yuqoriga ko‘tarish, jamiyatning barcha a’zolarini obyektiv va tezkor axborotga ega bo‘lish, foydalanilayotgan ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |