Bog’ot tuman moliya bo’limining tuzilmasi
mm
Byudjet ijrosi va hisobi sho’basi
1 shtat
Davlat maqsadli dasturlari monitoringi masalalari bo’yicha mudir o’rinbosari-sho’basi mudiri 0-1 shtat
Mudirning birinchi o’rinbosari – bo’lim boshlig’i
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish inspektori
1 shtat
Obodonlashtirish, kommunal va yo’l xo’jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho’basi. 0- 1 shtat
Mahalliy budjetni shakllantirish byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo’limi
1-3 shtat
Qishloq xo’jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho’basi. 0-1 shtat
Byudjet daromadlar bazasini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar bo’limi
1-2(1*) shtat
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho’basi. 1 shtat
Moliya bo’limi tuman byudjetining loyihasi tuzadi, tuman byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi, tuman byudjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo’lgan moliyaviy mablag’lar bilan taʼminlash, shuningdek tuman byudjeti bo‘yicha moliyaviy mablag‘lar bilan taʼminlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hudida ehtiyojlari uchun moliyaviy mablag‘larining safarbar qilinishi taʼminlaydi.
Moliya bo’limi O’zbekiston Respublikasining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, tuman byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o’ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarni taʼminlaydi.
Moliya bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Moliya bo‘limi ijtimoiy ishlab chiqarishning samarasini oshirish maqsadida moliyaviy mablag‘larni ishlatishni taʼminlaydi.
2. Iqtisodiyot taraqqiyoti hamda aholi hayoti miqiyosining moddiy va madaniy o‘stirish bo‘yicha tadbirlarni tasdiqlangan reja asosida mablag‘ bilan taʼminlashga moliyaviy mablag‘ yo‘llaydi.
3. Tuman byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘larni tejamli hamda maqsadli ishlatadi.
4. Tuman hududidagi birlashmalar, korxona va tashkilotlar byudjet oldida moliyaviy majburiyatlari hamda davlat moliyaviy intizomiga rioya qilishini taminlaydi.
5. Iqtisodiyot hamda ijtimoiy-madaniy sohalarni moliyaviy mablag’ bilan taʼminlaydi, tumanning tijorat, ijtimoiy va ishlab-chiqarish taraqqiyoti uchun moliyaviy baza yaratadi.
Moliya bo’limi o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ko‘rsatmalariga binoan xo‘jaliklarning moliyaviy – byudjet rejasi hamda moliyaviy mablag‘ bilan taʼminlashini metodik ravishda bajaradi: moddiy va pul mablag‘larining safarbar qilinishini aniqlash, iqtisod rejasini taʼminlash maqsadida tuman maxalliy xo‘jaliklari sohalarining iqtisodiy va moliyaviy ahvolini o‘rganadi.
Shuningdek, tuman hokimligi, belgilagani bo‘yicha kelasi yil tuman byudjeti loyixasining tuzish ishlarini tashkil qiladi,tuman byudjetining daromad va xarajatlari to‘g‘risida takliflar kiritadi, o‘zi moliyaviy mablag‘ bilan taʼminlaydigan tuman Xokimligi bo‘lim va boshqarmalarning maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy taʼminot va tuman byudjetidagi boshqa tadbirlar uchun belgilangan mablag‘larning jamlangan smeta loyixasini hamda tuman Hokimi Mahkamasi, shuningdek uning bo‘lim va boshqarmalarining mablag‘ bilan taʼminlovchi xarajatlar smetasini ko‘rib chiqadi.
Moliya bo‘limi tuman byudjetining ijrosini tashkil qiladi, byudjetining daromad va xarajat qismlarini bo‘linmalarga bo‘ladi, tuman byudjetining ijrosini bajaradi, tuman byudjetining daromad qismi uchun nazarda tutilgan mablag‘ tushishini taʼminlashini, byudjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishining iqtisodchi va ishlab chiqarish hamda moliyaviy rejalar bajarilishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi, byudjetining ijrosi masalalari bo‘yicha takliflarni tuman Hokimligiga olib chiqadi. Tuman Hokimi Mahkamasining boshqarma va bo‘limlari smeta xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi, tuman byudjeti ijrosi bo‘yicha hisobot tuzadi hamda viloyat Moliya boshqarmasiga taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |