Qiyshiq burchakli dimetriyada texnik rasm chizish uchun oldin x va z o’qlar o’zaro perpendikulyar qilib chizib olinadi va ularga nisbatan u o’q o’tkaziladi.
Misol. Muntazam oltiburchakning texnik rasmi H, V va W tekisliklarda chizilsin (12-shakl).
Oltiburchak V tekisligida o’zining haqiqiy ko’rinishida tasvirlanadi, qolgan tekisliklarda u qisqarib tasvirlanadi. Shuning uchun oltiburchakning H va W dagi texnik rasmini V dagi haqiqiy ko’rinishiga qarab chiziladi. Ma’lumki, qiyshiq burchakli dimetriyada u o’qqa o’lchamlar boshqa o’qlarga nisbatan ikki marta qisqartirib o’lchab qo’yiladi. SHuning uchun AV ni u o’qqa ikki marta qisqartirib qo’yiladi. barcha yasashlar chizmaning o’zidan yaqqol ko’rinib turibdi.
Misol. Aylananing texnik rasmi qiyshiq burchakli dimetriyada yasalsin (13-shakl, a). Aylana V tekisligida o’zgarmay o’zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Qolgan tekisliklarda cho’ziqroq ellips ko’rinishida chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |