Pazandachilik o‘quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari.
1.Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin ishlatiladigan elektr asboblari va jihozlarining foydalanishga yaroqligini tekshirish.
2.Elektrjihozlarini tok manbaiga ulashda qo‘l quruq bo‘lishi shart.
3.Go‘sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish.
4.Pichoq boshqa kishiga sop tomoni bilan uzatiladi.
5.Kastryulka yoki qozonda suyuqlik qaynatishda uni to‘ldirib solish mumkin emas.
6.Qaynab turgan idishning qopqog‘ini narigi tomondan ochish.
7.Tovadagi qizigan yog‘ga mahsulotni sekin-asta, tovaning bir chetidan solinadi.
8.Qaynayotgan suyuqlikka turli mahsulotlarni sachratmasdan, ehtiyotkorlik bilan tashlash.
9.Issiq idish-tovoqlarni maxsus qo‘lqop yoki moslama bilan ushlash.
10.Oshxonada tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siriko‘chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik.
Pazandachilik xonasida sanitariya-gigiena qoidalari.
Ovqat pishirishda maxsus kiyimlar — oq xalat va oq qalpoq kiyish yoki oq ro‘mol o‘rab olish.
Ovqatni tayyorlashga kirishishdan, oldin qo‘llarni sovunlab yuvish, tirnoqlarni olish.
Ovqat tayyorlashda imkon qadar yangi, sifatli mahsulotdan foydalanish.
Go‘shtga, baliqqa birinchi ishlov berishda maxsus taxtakach va pichoqlardan foydalanish.
Ish o‘rnini tez-muntazam tozalash va ozoda saqlashga harakat qilish.
Pazandachilik o‘quv xonasidagi tartib-qoidalar.
O‘quvchilar xonaga qo‘ng‘iroqdan oldinroq kirishlari kerak, va bu yerdan o‘qituvchining ruxsati bilangina chiqiladi.
Navbatchi barvaqtroq kelib ish o‘rinlarini tayyorlaydi.
Dars boshlanishidan avval ish kiyimlari kiyiladi.
Hamma o‘quvchilar o‘zining belgilangan joyida o‘tirishi, o‘qituvchining ruxsatisiz hech kim o‘rnidan turib yurmasligi lozim.
Ish o‘rinlari tartibli va ozoda saqlanishi zarur.
Mehnat xavfsizligi va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish kerak.
Xonadagi asboblar va moslamalarga e’tibor va ehtiyotkorlik bilan qarash lozim.
Mashg‘ulotdan keyin har kim o‘z mashg‘ulot o‘rnini tozalab, tartibga keltirishi shart.
( 2-ilova )
II-guruh- PAZANDACHILIK TARIXI VA TARAQQIYOTI.
Pazandalik insoniyatning eng qadimiy san'atlaridan biri bo'lib, uning kelib chiqishi olovdan foydalanish, dehqonchilik va chorvachilik kabi sohalarning ilk davri bilan birga boshlanadi va shu sohalarning ravnaqiga bog'liq holda rivojlanadi.
Pazandalik- pishirish san’ati dcmakdir.Ko'p yillar davomida pazandachilik rivojlanib kelmoqda va turli xalqlarda bu san'at vositasi bilan son-sanoqsiz taom va mahsulotlar ijod etilgan. Bu san’atning rivojlanishi oziq-ovqat masalliqlarini etishtirilishi vaturli tuman oziq-ovqat mahsulotlarini sanoatda ishlab chiqarilishiga bog'liqdir.
Ovqailanish inson hayolining asosiy sharti hisoblanadi. Ovqat tayyorlash usullari va ulaning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy hamda iqlim bilan, shuningdek, jamaiyat tarixi va xalqning madaniy turmushi darajasi bilan belgilanadi.
O'zbek milliy pazandaligi ham faoliyatning boshqa turlari kabi doimo o'zgarib va takomillashib borgan. XIX asrga kclib O’zbekistonda ham pomidor, karam. kartoshka. lavlagi kabi sabzavotlar; malina. qulupnay kabi rezavorlar etishurila boshlandi. Taomlarning turlari ko'paydi.Sabzavotlar, mevalar, ko'katlar ko'pligi sababli bizning taomlar xushbo’yligi, mazaliligi bilan ajralib turadi. Taomlarning xilma-xil va lazzatli bo'lishini ta'minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |