Darslarni tahlil qilish tartibi
1.Darslarning kundalik rejalari, bayonnomalari maktabning o’quv-tarbiya ishlari boyicha direktor o’rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi.
2.Darsning kundalik rejalari hamda dars tahlillari uchun alohida daftar yuritilib, sahifalanadi va shnurlanib, ta’limning boshqaruv idorasi rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
3.O’quv yili davomida har haftada o’qituvchilar tomonidan kamida bir soat, maktab rahbarlari va o’rinbosarlari, tuman xalq ta’limi bo’limi metodistlari tomonidan kamida 4 soat, xalq ta’limi boshqaruvi idoralari rahbarlari tomonidan kamida 2 soat dars tahlil qilinishi lozim.
4.Dars tahlillari daftarlari har oyda kamida bir marta ta’limning boshqaruv idoralari rahbarlari tomonidan o’rganilib, ishlab chiqarish yig’ilishlarida muhokama qilinadi hamda tegishli taklif va mulohazalar qayd qilib boriladi.
5.Darsning kundalik rejalari va dars tahlillari daftarlari tegishli maktab va ta’limning boshqaruv idoralari arxivida 3 yilgacha saqlanadi.
Darsni kuzatish va tahlil qilish ketma-ketligi
1)dars kuzatuvchining maqsadi;
2)dars jarayonini kuzatish va tahlil qilish;
3)dars jarayonida o’qituvchinig dars o’tish etaplariga amal qilish;
4)dars samaradorligi va o’qituvchining ish faoliyatini yanada yaxshilashga oid dars kuzatuvchining tahlillari hamda taklif va mulohazalari.
Darsning tahlilini quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
Ilmiy tahlil.
Metodik tahlil.
Didaktik tahlil.
Umumpedagogik tahlil.
Psixologik tahlil.
Ilmiy tahlil- berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, o’quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiqligini aniqlash demakdir.
Dars kuzatuvchi, har bir rahbar darsning ilmiy tahlilida quyidagilarga e’tibor berishi maqsadga muvofiq:
1.O’qituvchining ilmiy jihatdan (o’zi mutaxassis bo’lgan fanni ilmiy asosda chuqur bilishi ) qurollanganligi.
2. Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati.
3.O’z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy-nazariy axborotlar bilan qurollanib borishi.
4. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to’g’ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning o’quvchilarga singdirib borilishi.
5. Darsda ta’limning o’ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi.
6. Darslik materiallarining qo’shimcha adabiyot materiallari bilanboyitilishi.
7.O’quvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy yo’nalish boyicha maqsadga muvofiqligi.
O’quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to’g’ri, qisqa va mukammal bayon etilishi hamda uni o’qituvchi tomonidan nazorat qilinishi.
Dars davomida, yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim- tarbiya bilan bog’lanishi.
10.O’qituvchi va o’quvchilar nutqining ilmiyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |